Boshlang’ich ta’limda aktdan foydalanish fanidan maruzlar matni


Mavzu: Internet tarmoqlarida axborot makoni haqida tushuncha berish. Elektron pochtalar bilan ishlashni o`rgatish



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə16/39
tarix25.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#194088
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Boshlang’ich ta’limda aktdan foydalanish fanidan maruzlar matni

Mavzu: Internet tarmoqlarida axborot makoni haqida tushuncha berish. Elektron pochtalar bilan ishlashni o`rgatish .
Reja:
1. Internet tarmoqlarining xizmat doirasi.
2.Internetda ma`lumotlar oqimini yo`naltiruvchi dasturlar.
3.Internet xizmati turlari.
4. Elektron pochtalar bilan ishlash .

Internet qachonlardir faqat tadqiqot va o`quv guruhlarigagina xizmat qilgan bo`lsa, hozirgi kunga kelib, u ishlab chiqarish doiralari orasida keng tarqalmoqda. Kompaniyalarni Internet tarmog’ining tezkorligi, arzon, keng qamrovdagi aloqa, hamkorlik ishlaridagi qulaylik, hammaning ishlashi uchun imkon beruvchi dastur hamda ma`lumotlarning noyob bazasi ekanligi o`ziga tortmoqda. Arzon xizmat narxi evaziga foydalanuvchilar AQSH, Kanada, Avstraliya va boshqa ko`pgina Yevropa mamlakatlarining tijorat yoki notijorat axborot xizmatlariga yo`l topadilar. Internet ning erkin kiriladigan arxividan insoniyat faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oladigan axborotlarni, yangi ilmiy yangiliklardan tortib, to ertangi kungi ob-havo ma`lumotigacha bilib olish mumkin.
Ayniqsa, kundalik kommunikatsiyaga muxtoj shaxslar, tashkilot, muassasalar uchun ko`pincha telefon orqali to`g’ridan to`g’ri aloqa nisbatan Internet infrastrukturasidan foydalanish anchagina arzon tushadи. Bu narsa, ayniqsa, chet ellarda filiallari mavjud bo`lgan firmalar uchun qulaydir, chunki Internetning konfidentsial noyob aloqalari butun dunyo bo`yicha imkoniyatga ega.
Shu bilan birga yana bir narsani ta`kidlash lozimki internetga gipermatn tushunchasi kirib keldi. 1965 yil Nel'son gipermatn so`zini qo`lladi. Van Dam va boshqalar 1967 yilda gipermatn tahrirlovchisini tuzib chiqdi. Nel'son 1987 yil ma`lumotlarning gipermatn tahrirlovchisini tuzib chiqdi. Jeneva TsERN (CERN) da ishlovchi fizik Tim Bernes Li 1990 yil gipermatnli loyihani taklif etdi. Bu loyiha fizik olimlarga Internet orqali tadqiqot natijalarini o`zaro almashish imkonini berar edi. SHunday qilib xalqaro axborot tarmog’i – World Wide Web (WWW)ga poydevor qo`yildi. 1993 yil Mark Anderson rahbarligida birinchi gipermatnli Mosaic grafik brauzeri ishlab chiqildi va u Netscape korporatsiyasiga o`tib Netscape brauzerini ishlab chiqdi.
SHunday qilib biz sevgan gazeta va jurnallarimizning oxirgi ma`lumotlarini WWW so`zlaridan boshlangan manzilda ko`rish va uni shu manzildan nusxasini ko`chirib olish mumkin, degan so`zlar ko`prok uchrab turibdi. SHu bilan birga elektron nashrlar tushunchalarining kamrovi oyma-oy kengayib bormo?da. Elektron usulda chop etilgan yangi-yangi jurnallar paydo bo`lmoqda.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin