Tarbiya tushunchasi millat tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega bo’lib, har xil tarzda izohlanib kelindi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiyani izohlashda yangi sog’lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Endilikda tarbiyaning irsiy-biologik jihatlari va milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya xalqning nomi va uning tarixi chambarchas bog’liqdir. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli sinchkovlik bilan o’rganilmoqda. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo’ladi. Ijtimoiy tarbiya bolada ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir.
Tarbiyadan ko’zlangan asosiy maqsad har tomonlama rivojlangan ma’naviy-axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Shunga ko’ra tarbiyaviy faoliyatning mazmuni, tashkiliy shakllari va usullari yuqoridagi aqsadlarga eisisni ko’zda tutadi. Tarbiyaviy ish ma’lum maqsadni ko’zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayon hisoblanadi.
Tarixdan ko’pgina allomalarimiz tarbiyaga katta ahamiyat berib jamiyatning asosiy vazifalaridan deb bilishgan va tarbiya muhum ijtimoiy jarayon sifatida ilmiy jihatdan o`rganilib kelinmoqda. SHunga ko`ra ko`plab olimlar tomonidan “tarbiya” tushunchasiga turlicha ta`riflar berilgan.