Noan’anaviy o‘qitish usullaridan foydalanishdan maqsad nima, uning afzalliklari darsning samaradorligini oshirish tamoyillari nimadan iborat degan savolga quyidagicha javob berish mumkin.
Noan’anaviy o‘qitish eng sodda qulay usul.
Har bir o‘quvchi bilan individual munosabatda bo‘ladi.
Xotirani kuchaytiradi.
Izlanishga chorlaydi.
O‘quvchilarni o‘z ustida ishlashga erishiladi
Oldindan natija kafolatlanadi.
O‘qitishdan ko‘zlanadigan maqsad bu davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarini o‘quvchiiga etkazishdan iborat. Qachonki o‘quvchni tomonidan bilim qabul qilinsa va mohiyati tushunib etilsa, o‘quvchi uchun mo‘ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina shunda muvaffaqiyatli deb hisoblasa bo‘ladi.
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘qituvchilar tomonidan pedagogik texnologiya nazariyasi, uning mohiyati, ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalash, boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini oldindan tashhislash, ular tomonidan tashkil etilayotgan o‘quv faoliyati mazmunini nazorat qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash, pedagogik faoliyat samaradorligini aniqlash borasidagi nazariy bilimlar amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Nazorat savollari.
«Texnologiya» so‘zi qanday ma’noni anglatadi.
Metod nima.
Pedagogik texnologiya qanday xususiyatlarni namoyon etadi.