Zararli dastur (zararli dasturiy taʼminot soʻzining portmanteausi (tovushlarni aralashtirib, ikkita soʻzning maʼnosini birlashtirgan soʻz)) bu kompyuter, server, mijoz yoki kompyuter tarmogʻini buzish, shaxsiy maʼlumotlarni oʻgʻirlash, maʼlumotlar yoki tizimlarga ruxsatsiz kirish, foydalanuvchining kompyuter xavfsizligi va maxfiyligi toʻsiqlarini buzib kirgan holda foydalanuvchilarni maʼlumotlarga kirishdan mahrum qiladigan har qanday dasturiy taʼminotdir[1][2][3][4]. Ushbu dastur keltirib chiqaruvchi holatga oʻxshash vaziyatlar ham mavjud. Baʼzi kamchiliklar tufayli zarar keltiradigan dasturiy taʼminot odatda dasturiy taʼminot xatosi sifatida tavsiflanadi[5]. Zararli dasturlar Internetda jismoniy shaxslar va korxonalar uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi[6][7]. Symantec kompaniyasining 2018-yildagi Internet xavfsizligi tahdidi hisobotiga (ISTR) koʻra, 2017-yilda zararli dasturlar soni 669 947 865 taga koʻpaygan, bu 2016-yilgi koʻrsatgichlarga qaragandan ikki baravar koʻp degani[8]. Zararli dasturiy taʼminot hujumlari va kompyuter orqali sodir etilgan boshqa jinoyatlarni oʻz ichiga olgan kiberjinoyatlar 2021-yilda jahon iqtisodiyotiga 6 trillion dollarga tushgan va ushbu miqdor yiliga 15 % miqdorda oshib bormoqda[9].
Zararli dasturlarning koʻp turlari mavjud. Kompyuter viruslari, qurtlar, troyan otlari, toʻlov dasturi, josuslik dasturlari, reklama dasturlari va oʻchiruvchi dasturlar shular jumlasidandir. Zararli dasturlardan himoya qilish strategiyala ularning turiga qarab farqlanadi, lekin ularning aksariyatini antivirus dasturlari, xavfsizlik devorlarini oʻrnatish, kunlik hujumlarni kamaytirish uchun muntazam himoyalarni qoʻllash, tarmoqlarni bosqindan himoya qilish, muntazam zahira nusxalariga ega boʻlish va zararlangan tizimlarni izolyatsiya qilish orqali oldini olish mumkin. Zararli dasturlar antivirus dasturlarini aniqlash algoritmlaridan qochish qobilyatiga ega qilib dasaturlanishga harakat qilishmoqda[8].