Dastur nomi
|
Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi
|
Ajratilgan soat
|
40
|
O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni
|
6
|
Dasturning maqsadi
|
O‘quvchilarda mehnatni muxofaza qilishning asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari haqidagi ma’lumotlarni shakllantirish. Ularda mehnat muhofazasining nazariy, huquqiy va tashkiliy asoslarini; xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rgatish.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
Ish sharoitida mehnat muxofazasiga rioya qilish, sanitariya – gigiyena qoidalari bo’yicha tashkil qilishni bilish
|
Bilimlar
|
-mehnat xavfsizligi qoidalarini;
mehnat qonunchiligini;
-mehnat gigiyenasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini;
-kasbiy faoliyatda shikastlanishga sabab bo‘ladigan holatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni;
-elektr tokining inson organizmiga ta’sirini;
-elektr xavfsizligi va elektr tokidan shikastlanishdan himoya qilish qoidalarini;
-temir yo‘llarda harakatlanishda xavfsizlikni;
-temir yo‘llarda ishlashda xavsizlik qoidalarini;
-yong‘in xavfsizligini va yong‘inga qarshi himoya tizimlarini.
|
Ko‘nikmalar
|
-kasbiy faoliyatda mehnat xavfsizligi talablariga muvofiq ishni tashkil etish va mehnat xavfsizligini ta’minlash;
-texnik tizimlar va texnologik jarayonlarda sodir bo‘ladigan xavflardan saqlanish;
-shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
-elektr tokidan yoki boshqa sababdan shikastlanganda birinchi yordam ko‘rsatish;
-yong‘inni o‘chirishda foydalaniladigan jihozlarni ishlatish.
|
| |