O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, PROFESSIONAL TA’LIMI
BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA
TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI
OSHIRISH INSTITUTI O‘RTA PROFESSIONAL TA’LIMNING
40910202- Feldsher-laborantlik ishi
kasbi uchun Tibbiy parazitologiya va epidemiologiya asoslari
O‘QUV DASTURI
Kvalifikasiya(lar) nomi:
1.Tibbiy laborant
2.Qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalari feldsher-laboranti
3.Nur va funksional diagnostika kabineti feldsher-laboranti
O‘quv rejadagi tartib raqami:
1.14
Ajratilgan soat:
90
Toshkent – 2022 O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti _Sog’likni saqlash_ O‘quv metodik birlashmasining 2022 yil -avgustdagi 23 -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchi:
Taqrizchilar: Sh.M.Rasulov
TTA “Epidemiologiya” kafedrasi,
tayanch doktoranti
1. O‘quv dasturiga ko‘yiladigan talablar
O‘quv dasturining nomi
Tibbiy parazitologiya va epidemiologiya asoslari
Ajratilgan soat
90
Mavzular soni
14
Dastyrning maqsadi
Bo‘lajak mutaxassislarga inson organizmi uchun zararli bo‘lgan turli parazitlarni farqlashni, ularning tuzilishi, turi, tarqalishi, shuningdek keltirib chiqaradigan kasalliklari hamda bu kasallikalarning oldini olish choralari haqida chuqur o‘rganishga nazariy asosdir.
O‘zbekstonda va dunyoda parazitar kasalliklarni o‘rganish, o‘z vaqtida aniqlash, laboratoriyada zamonaviy usullaridan foydalanish, kasallanishlarni taxlil kilish va uni oldini olish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallash.
Epidemiologiya, epidemiologik jarayon va uning qismlari, epidemiologik tashxis, tadqiqot masalalari, hamda uslublari chuqur, aniq bilib olishni, davolash profilaktika muassasalari ishini tashkil qilishni, emlash uchun dori vositalarni hisobga olish va hisobot kilishni, zamon talabiga javob bera oladigan, jahon standartlariga mos keladigan, yuqori malaka va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, har tomonlama yetuk tibbiy xodimlarni tayyorlash.