4. Nazorat. Bu funktsiyaning maqsadi "tutib olish", "aybini ochish", "ilintirish" emas, balki boshqaruv ob'ektida sodir bo’layotgan jarayonlarni hisobga olish, tekshirish, tahlil qilish va ma'lum tartibda shu ob'ekt faoliyatini o’z vaqtida sozlab turishdir. Ta'sirchan nazoratni tashkil qilish har bir rahbarning funktsional ishidir. Muntazam nazorat yo’q joyda yuqori pirovard natijalarga erishib bo’lmaydi.
Boshqarish faoliyatining turlariga ko’ra, funktsiyalar quyidagicha bo’ladi:
boshqarishning iqtisodiy funktsiyalari;
boshqarishning sotsial funktsiyalari;
boshqarishning ma'naviy-ma'rifiy funktsiyalari.
Qayd qilingan funktsiyalar bir-biri bilan bog’liq va ma'lum darajada tartibga solingan ko’p unsurlardan, tarkibiy qismlardan iborat bo’lib, ular yaxlitlikka ega. Shuning uchun ham boshqarish jarayonida ularning birortasi ham e'tibordan chetda qolmasligi kerak.