Boshqaruv qarorlarini qabul qilish reja: Boshqaruv qarorlari va ularni qabul qilish bosqichlari. Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish



Yüklə 148,48 Kb.
səhifə3/7
tarix18.05.2023
ölçüsü148,48 Kb.
#116488
1   2   3   4   5   6   7
Boshqaruv qarorlari

12.2-rasm. Korxonalarda boshqaruv qarorlariqabul qilishning asosiy bosqichlari

Boshqaruv qarorlari qabul qilishning dastlabki bosqichida korxona bo‘linmalari amaliyotidagi muammolarni aniqlashga e’tibor qaratiladi. Bu bosqichda korxona buxgalteri tomonidan mavjud muammoni hal etish yo‘nalishlari ishlab chiqiladi.


Muammolar yechimlarining muqobil variantlari aniqlangandan keyin buxgalter har bir muhokama qilinayotgan variantlarni xarajatlarni hisoblash, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarini tejash imkoniyati hamda xo‘jalik muomalalarining moliyaviy natijalarini aniqlashga ta’sirini tahlil qiladi. Boshqaruv qarorlari qabul qilishning har bir bosqichida turli xil hisob axborotlaridan foydalaniladi.
Boshqaruv hisobida oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilishda mavjud muammolar yechimiga ko‘p variantlilik tamoyili asosida yondashish talab qilinadi. Bunda muhokama qilinayotgan masalaning ikki yoki undan ortiq variantdagi yechimi mavjud bo‘lsa, ular orasida eng maqbulini tanlab olish boshqaruv hisobidagi muhim vazifalarda hisoblanadi.
Tanlash jarayonida menejer uchun boshqaruv samaradorligini baholash muhim hisoblanadi.
Qo‘yilgan muammoni yechish uchun talab qilinadigan barcha axborotlar olingach, menejerlar qarorlar qabul qilishning samarali variantlarini tanlashlari mumkin.
Keyingi bosqichda korxona buxgalteri qabul qilingan qarorlar natijalarini tahlil qiladi va o‘z xulosalarini rahbariyatga taqdim etadi.
Agar mavjud muammolarning yechimlarini topish borasida boshqa choralar ko‘rish zarurati bo‘lmasa, boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoni tugallangan hisoblanadi, aks holda barcha bosqichlar qaytadan amalga oshiriladi.


2. Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish
Bozor munosabatlari sharoitida har qanday ishlab chiqarish korxonasi rahbari turli xil oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilishga majbur bo‘ladi.
Xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi - foyda” (Cost-Volume-Profit) o‘zaro aloqadorlik tahlili zararsizlik nuqtasini aniqlashda menejerlar uchun muhim vosita hisoblanadi. Shuningdek, mazkur tahlil tizimi yordamida buxgalterlar, auditorlar, ekspertlar va maslahatchilar korxona moliyaviy natijasini haqqoniy baholash va yaxshilash uchun muhim tavsiyalar berishlari mumkin.

Yüklə 148,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin