Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo’yiladigan talablar
Qisqa xulosalar Qaror bu bajarilishi lozim bo’lgan ishning aniq bir yo’lini tanlab olishdir. Boshqacha qilib aytganda, qaror - bu u yoki bu yo’lni tanlab olishda bir to’xtamga yoki muayyan bir fikrga kelishdir.
Qaror qabul qilish bu tashkilot rahbarining oldidagi maqsadga erishish uchun o’z vakolati va omilkorligi doirasida qarorning mavjud variantlaridan eng maqbulini tanlash jarayonidir.
Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil mohiyatga va mazmunga ega bo’lgan minglab qarorlar qabul qilinadi.
Nazorat funktsiyasi rahbarning eng muhim vazifasidir. Rahbar qabul qilinadigan qarorlarning tashabbuskori bo’lganligi sababli u shu qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qilishning ham tashabbuskori bo’lishi kerak.
Asosiy adabiyotlar
Yo’ldoshev N.Q., Umarjonov A.M. Iqtisodiyot va menejment. - T.: TDIU, 2005
Sh.N.Zaynutdinov, N.R.Qodirxodjaeva. "Menejment" fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmua. "Iqtisodiy ta'limdagi o’qitish texnologiyasi" seriyasidan. T.: TDIU, 2006, 156 b
Sh.N.Zaynutdinov, N.R.Qodirxodjaeva. "Menejment" fani bo’yicha o’quv uslubiy ta'lim texnologiyasi. Uslubiy qo’llanma. "Iqtisodiy ta'limdagi o’qitish texnologiyasi" seriyasidan. T.: TDIU, 2006, 185 b
Yo’ldoshev N.Q., Qozoqov O.S. Menejment. Darslik. - T.: Fan, 2004.