Boshqaruv texnologiyalari reja: Majlislar o’tkazish texnologiyasi Vaqtni boshqarish



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#195316
1   2   3   4   5   6   7
15-mavzu

O’rta bo’g’in
Quyi bo’g’in rahbari
CHizma. Tashkilotdagi vazifalarni boshqarish va bajarishga sarflanadigan vaqtning 
turli bo’g’in rahbarlari orasida taqsimlanishi 
Rahbarning vaqtni boshqarishi muammoni malakali tarzda aniqlay olish
maqsad va vazifani to’g’ri belgilash, xodimlar o’rtasida ishni taqsimlay olish 
qobiliyatlariga asoslanadi.
Yuqorida sanab o’tilgan tadbirlar ko’proq texnologik mazmunga ega bo’lib, 
vaqt yetishmasligining psixologik sabablari xam mavjud. Kuyida sanab o’tiladigan 
shaxs psixologik muammolarini malakali hal etish orqali rahbar o’z vaqtidan 
yanada unumli foydalanishda qo’shimcha imkoniyatlarga ega bo’lishi mumkin:
1. Doimiy shoshilish. SHoshilinch holatdagi kimsa biron masala ustida to’xtab, 
batafsil mulohaza yuritolmaydi, manzur qaror qabul qila olmaydi va ko’p 
hollarda uchraganidek, ushbu masalaga yana va yana qaytish zarurati tug’iladi.
2. CHarchash. Doimiy shoshilinch sharoitida uzoq vaqt ishlash natijasida yuzaga 
keladigan holat.
3. Haddan tashqari ko’p vazifalarni o’z zimmasiga olish.
4.
Pala-partishlik. Ishni yomon tashkil etish, rejalashtirmaslik natijasidir. Ba’zi 
hollarda inson o’z hissiyotini boshqara olmaslik oqibatida xam namoyon bo’ladi.
ВАЌT 
90% 10% 
Бошќариш Бажариш 
30% 70% 


5.
Doimo uyga ish olish. Jismoniy va ruhiy charchoq paydo bo’lishi va natijada ish 
vaqtida mehnat qilish qobiliyatining susayishida namoyon bo’ladi.
6.
Ishni rejalashtirmaslik. Ko’p hollarda bu xislat alohida shaxs emas, balki u 
ishlaydigan tashkilot muammosi hamdir.
7.
Mehnat qilishga bo’lgan motivatsiyaning sustligi. Bu omil ish unumdorligining 
pastligiga va natijada me’yordagi vazifalarni vaqtida bajara olmaslikka sabab 
bo’ladi.
8.
Iroda sustligi. Diqqatni jamlay olmaslikda, beqarorlikda namoyon bo’ladi. qaror 
qabul qilishning qiyinligi uning ijrosini ham orqaga cho’zib yuboradi.
9.
Ishni bajarishda kasbiy mohirlik – professionalizmning yetishmasligi. Vaqtdan 
unumli foydalanishga salbiy ta’sir etuvchi shunday omillar ham borki, ular ko’proq 
ijtimoiy -psixologik mazmun kasb etadi: 

jamoada ijobiy o’zaro munosabatlarni saqlash va rivojlantirishga vazifadan 
ko’ra ko’proq e’tibor beriladi;

hamkorlikdan ko’ra musobaqa/qarama-qarshi turish siyosati ustunroq turadi.

Vazifani muvaffaqiyatli hal etishga ishonchning yo’qligi yoki kamligi 

Vaziyatni qanday hal etish haqida birovning ko’rsatmasini tazyiq ostida qabul 
qilish 

Vazifani 
qanday 
hal 
etish 
bo’yicha 
rahbarlikning, 
yo’riqnomaning 
shakllanmaganligi
Demak, vaqtni to’g’ri taqsimlash va ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish 
insondan ma’lum psixologik bilimlarni bilishni talab qilish bilan birga ushbu 
muammolar bo’yicha shaxsning o’z ustida muntazam ish olib borishi orqali hal 
etish imkonyatini beradi. Yuqorida taklif etilganidek, qog’oz va qalam olib qaysi 
muammolar tufayli vaqt yo’qolishi sabablarini aniqlang va shu sababni bartaraf 
etish bo’yicha yangi xulq shakllarini o’zingizda rivojlantiring. Bu tadbirni amalga 
oshirishda kichik bir psixologik mashq taklif etishimiz mumkin. U yoki bu 
tadbirga kirishar ekansiz, masalan, tez qaror qabul qilmokchisiz va qabul qilingan 
qarorga boshqa qaytmoqchi emassiz. hayotingizda ishonchli va tez qaror qabul 
qilgan biron vaziyatni eslang. SHu vaziyatni eslash orqali o’sha paytdagi holatni 
qayta paydo qilishga harakat qiling. Ishonchli qaror qabul qilganingizda qanday 
vaziyatda edingiz, atrofingizda qanday odamlar bor edi, turgan joyingizni ko’z 
odingizga keltiring, qanday tovushlar kelayotganini eslang va jonlantiring. o’sha 
vaziyatdagi atrof muhit va tasavvurlarni maksimal darajada qayta tiklash natijasida 
shu vaziyatga xos bo’lgan hislar yana tiklana boshlaydi. Mana shu qayta tiklangan 
ishonch hissi bilan mavjud muammoga qarang va yechim o’z-o’zidan, tez 
kelganini his etasiz.
Ushbu mavzuni yakunlar ekanmiz, vaqtni samarali boshqarish bo’yicha har bir 
rahbar va xodim yodda tutishi lozim bo’lgan qoidalarni eslatib o’tmoqchimiz: 


1.
Vaqtingizni haqiqatan ham juda muhim vazifalarni hal etishga sarflang 
2.
Kuningizni rejalar bilan to’ldirib yubormang, belgilangan ishlaringiz orasida 
tasodifiy va tezkor ishlar uchun oraliqlar qoldiring 
3.
Muhim (3 tagacha) va ikkinchi darajali (5 tagacha) ishlarni rejalashtiring 
4.
Kuningizni qiyin, muhim va yoqimsizroq ishlardan boshlang va yakunlashda 
oddiyroq, yoqimliroq ishlarga o’ting 
5.
Vaqtni shoshiltirmang. Ish vaqtidan keragidan ortig’ini siqib chiqarishga harakat 
qilmang 
6.
Agar vaqtingiz bo’lsa vazifani hal etishga bugunoq kirishaqoling. Muammoni 
tezroq va batafsilroq hal etishga kirishing. qolgan vaqtni dam olish yoki boshqa 
ishlarni hal etishga sarflaysiz. 
7.
Vazifani yoki uning bir qismini xodimlarga bo’lib berish imkoniyatini izlang
8.
Eski ishni tugallab keyin yangisiga kiriishing. Yangi ishni boshlar ekansiz, har 
qanday sharoitda uni tugatishga ishonchingiz komil bo’lsin. 
9.
Vaqtingizni oladigan yoki o’z vaqtini sizning hisobingizga tejaydigan kimsalardan 
uzoqroq bo’ling. 
10.
Vaqtni boshqarishga oid qobiliyatlaringizni tahlil qilishga o’rganing 
11.
Vaqtning hatto eng kichik bo’laklarini ham tejang. 
12. O’zingizni 
«harakatsizlikda» 
ayblayvermang. 
Rahbar 
faoliyatida ijodiy tanaffuslar bo’lib turishi kerak.
 
 
5.4. 
Boshqaruvda
 
nazoratni
 
takomillashtirish
 
Nazoratning ikki usuli farqlanadi: 
1. Sifatni nazorat etish 
2. Xodimlarni nazorat etish 
Sifatni nazorat etish: 
Bunday yondoshuvda markaziy o’rinda bajarilayotgan mehnat va 
chiqarilayotgan mahsulot turadi 
Xodimlar bajarilayotgan ish ma’lum sifatda ado etilishiga kafolat bo’lib 
xizmat qiladilar. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin