Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat


— tashkiliy tuzilishni takomillashtirish, boshqarish darajalarini ka maytirish, boshqaruvning o‘rta bo‘g‘inini qisqartirish



Yüklə 100,5 Kb.
səhifə2/9
tarix26.04.2023
ölçüsü100,5 Kb.
#102774
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1.Raimnazarov K

— tashkiliy tuzilishni takomillashtirish, boshqarish darajalarini ka maytirish, boshqaruvning o‘rta bo‘g‘inini qisqartirish;
— qarorlar qabul qilish jarayonini iloji boricha quyi darajagacha ixchamlashtirish;
— vazifalarning bir qismini vositachilar, xomashyo yetkazib beruvchilar, maslahatchilarga topshirish;
— har bir ish o‘rnida mehnatning sermazmunlik darajasini oshirish;
— mehnat unumdorligini oshirish maqsadida mehnat jarayonlarini avtomatlashtirish;
— ishlab chiqarishda va noishlab chiqarish sohasida ish kuchini tejash;
— yuqori ma’muriyat va korporatsiya tuzilmalarida ish bilan band bo‘lgan personalni birmuncha qisqartirish;
— xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, mahoratini oshirish dasturlarini investitsiyalash va hokazolar.
Personalni boshqarish vazifalari u yoki bu boshqaruv jarayoni doirasida odamlarni boshqarish tadbirlaridan farq qilib, boshqarishning muayyan funksional mustaqil jarayonlaridan iborat. Ularning maqsadli yo‘nalishi ishlab chiqarish tashkiloti umumiy strategiyasining tarkibiy qismi bo‘lgan ijtimoiy strategiya bilan belgilab berilgan. Personalni boshqarish tizimining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
— firmaga o‘z maqsadlariga erishishida yordam berish;
— firmani malakali va manfaatdor xodimlar bilan ta’minlash;
— personalning mahorat va qobiliyatlaridan samarali foydalanish;
— personalning asoslash tizimlarini takomillashtirish;
— barcha kategoriyadagi personalning mehnatdan qoniqish darajasini
oshirish;

— qulay axloqiy vaziyatni saqlash; — personalning malakasi va kasbga doir ma’lumotini oshirish tizimini rivojlantirish va yuqori darajada saqlash;
— martabani - xizmat sohasida ko‘tarishni rejalashtirish;
— personalning ijodiy faolligi, firmaning innovatsiya rejalarini amalga oshirishda yordam berish;
— personalning faoliyatiga baho berish va boshqarish hamda ishlab chiqarish sohasidagi personalni attestatsiyadan o‘tkazish usullarini takomillashtirish, boshqarish personalining barcha xodimlar bilan aloqasini o‘rnatish;

Yüklə 100,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin