Dasturli-maqsadli boshqarish strukturasi (Divizional tuzilma)
Loyiha bo’yicha boshqaruv.
Mahsulotga ko’ra boshqaruv.
Matritsali struktura.
Loyiha bo’yicha boshqaruvdan yangi texnika va texnologiyani qisqa muddatda joriy qilish zaruriyati tug’ilgan paytlarda qo’llaniladi. Bunda vaqtinchalik maxsus xizmat bo’limi tuzilib, unga resurslar beriladi. Bu bo’lim loyiha tayyorlaydi va uning ijro etilishini nazorat qiladi. Ish bitgach loyihali struktura tugatiladi. Loyiha bo’yicha boshqarish muntazam rahbarlikni aniqlashtiradi. Kichik bo’limlarga ajratiladi yoki to’ldiriladi.