Metallarni qizitgich qurilmalarida qizdirish. Metallarni issiq holda bosim bilan ishlaganda, uning plastikligi yaxshilanadi. Metal qizdirilganda deformatsiyaga qarshiligi 15-20 marta kamayishi mumkin. Lekin metalni kerak bo‘lgan temperaturagacha qizdirish va ushlab turish vaqti metalni kuyidindiga chiqishdan saqlaydigan bulsin. Qizdirish noto‘g‘ri bo‘lsa, metalda nuqsonlar bo‘ladi (yoriq, uglerodsizlanish, ko‘p oksidlanadi, metal kuyib qolishi mumkin).
Metalni issiqlik o‘tkazuvchanligi uni qizdirilayotgan vaqtda katta rol o‘ynaydi. Chunki metalni yuza qismi oson qizib, ichki qismi yomon qizishi mumkin. Natijada uni qizdirish uchun ko‘p vaqt sarf bo‘ladi. Po‘lat tarkibida С ni % miqdori oshishi bilan issiqlik o‘tkazuvchanligi kamayadi.
Misol: 0.1 % С li po‘latni issiqlik o‘tkazish koeffitsiyenti 46.5 % bo‘lsa, 1.5 % С li po‘latniki esa 32 % bo‘ladi.
Legirlangan po‘latlarni issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘ladi. Legirlovchi elementning (%) miqdori ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi issiqlik o‘tkazuvchan bo‘ladi.
Metalni qizishi natijasida uning kengayishi har xil qatlamlarda hosil bo‘ladi. Metalni yuza qatlamini ichidagi qatlamga nisbatan ko‘prok kengayadi.
Tashqi qatlam kengayishini ichki qatlam bir muncha tormozlaydi va tashqi qatlam hisobiga majburan cho‘ziladi. Natijada ichki kuchlanish hosil bo‘ladi. Bunday kuchlanishni issiqlik kuchlanishi deb yuritish qabul qilingan. Bu kuchlanishlar qatlamlar o‘rtasidagi temperatura farqiga qarab ko‘p va oz bo‘lishi mumkin.
Ba’zan katta quyma va detallar qizdirilganda darz ketishi mumkin. Metalni qizitish natijasida oksidlanadi, natijada po‘latni yuza qismida kuyindi hosil bo‘lib, bu metallni miqdorini kamayishiga sabab bo‘ladi. Ba’zi vaqtlarda kerak bo‘lgan shakldagi detalni olishda zagotovka bir necha marta qizdiriladi va isrof 5% yetadi. Metalni kuyindiga chiqarishni kamaytirish uchun kam havoli yonilg‘i ishlatish, ya’ni toza kislorodli havodan kamroq foydalanish, metalni belgilangan vaqtda va temperaturada qizdirish bilan erishish mumkin.
Agar metalni 900 0 С da oksidlanishi 1 ga teng bo‘lsa, 1000 0 С va 12000 С da 5 ga teng bo‘ladi.
Metallni qizdirish natijasida uglerodsizlanadi, bu buyum sifatini yomonlashtiradi. Ba’zi vaqtlarda oksidsiz kameralarda qizdirish yo‘li bilan metal oksidlanishini va kuyindisini kamaytirish mumkin.
Metalni kritik nuqtalaridan yuqori temperaturada qizdirilganda uni strukturasidagi donlar o‘sa boshlaydi. Temperatura oshishi vaqt o‘tishi bilan donlar ham tez kattalashadi. Buni natijasida po‘latni mexanik xususiyati pasayadi. Bunday hodisani ortiqcha qizdirish deb ataydilar.
Temperaturani ko‘tarilishi natijasida metall strukturasida donlarning bog‘langanligi buziladi va po‘lat juda mo‘rt bo‘lib, cho‘zilgan vaqtda uziladi. Bunday hodisani normal temperaturadan 100-120 0 С yuqoriroq hollarda kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |