Maktabgacha ta\'lim muassasasida ta\'lim-tarbiya ishlarini rejalas
2.2 MTTda tarbiyalanuvchilarni maktabga tayyorlash jarayonini tashkil etish. Bolalarning jamoa shaklidagi mehnatlarini tashkil qilish mazmuni va tarkibi
Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish Ta’lim-tarbiyaviy ishning mazmuni. metod iva usullari hamda uni tashkil etish turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, ularda madaniygigiyenik malakalarni shakllantirish, bolalar mehnati va o‘yinlariga rahbarlik usullari, bolaning bo‘sh vaqti, ko‘ngil ochar daqiqalarni tashkil etish , shuni ngdek, ota- onalar bilan ishlash turlari rejalashtirilishi lozim.
O‘qitislming har bir bo‘limiga doir mashg‘ulotlarni rejalashtirishda bilimlarni egallashning asosiy bosqichlari hisobga olinadi. Rejada bilimlar mazmunining takrorlanish ularni sekin asta murakkablashtirish nazarda tutiladi. Istalgan bo‘limga doir mashg‘ulotlarni rejalashtirishda mazkur bo‘ lim bilan bog‘ langan asosiy ta’lim tarbiyaviy masalalardan tashqari dasturning boshqa bo‘ limlaridan ayrim masalalarni kiritish kerak. Mashg‘ulotlarni bunday yaxlitlash ularni rivojlantiruvchi samarasini oshiradi.
Ta’lim-tarbiyaviy ishlar mashg‘ulotlardan tashqarida: kundalik turmush, o‘yin, mehnatda ham davom ettiriladi. Rejada bolaning xulq-atvorini: birbirlariga xayrixoxlik munosabatini, bir-birining o‘yiniga qiziqishlari bilan hisoblashishni, yuzaga kelgan nizolarni xaqgo‘ylik bilan hal qilish kabilarni tarbiyalash vazifalari nazarda tutiladi.
Rejada o‘yinda bolalarni o‘zaro munosabatlari va xulq-atvorlarini tarbiyalash vazifasini kiritib, tarbiyachi bolalar o‘yinlarining mazmuni ni, ularning o‘ynash ko‘nikmalarini hisobga oladi. Kun davomida tarbiyachsi xilma xii harakatli va didaktik o‘yin larni uyushtiradi, ularga rahbarl ik rejalashtiradi. Bolalarning mehmat faoliyatlarini tashkil etish shakllariga doir rejalashtirish muhimdir. Mehnatni tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda topshiriqlardan foydalaniladi. O‘z mazmuniga ko‘ra topshiriqlar turlicha bo‘lishi mumkin. Tarbiyachining ish rejasida yangi topshiriq mazmunini qayd etish, so‘ngra uni bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi bolalar navbatchiligiga rahbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi mehnat hajmi va mazmumi, bolalarga navbalchilik vazifalarini tanishtirishda foydalanadigan jihoz,metod va usullarni ko‘rsatadi. Rejada bolalaming jamoa shaklidagi mehnatlarini tashkil qilish mazmuni va tarkibi, o‘tkazish vaqti ko‘rsatiladi. Zarur jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi.
Mustaqillik bayramlari, mustaqil yurtimizdagi muhim sanalar va xodisalar bilan bog‘liq bayramlar, maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga Vatanga muhabbat, baynalminal xislarni tarbiyalash, ularni xalqimizning boy milliy va umumbashariy qadriyatlari asosida tarbiyalash maqsadida bayram ertaliklari o‘tkaziladi. Bayramlarni tarbiyaning muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirish lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar o‘rtasida pedagogik targ‘ibotni amalga oshiradi. Ularni oila va maktabgacha ta’lim muassasasining bolalarga ta’sir ko‘rsatishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadlarida ta’lim-tarbiyaviy ish mazmuni bilan tanishtiradi. Bolalarni oilada tarbiyalashning i lg‘or usullarini o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi. Bu ish izchil tarzda amalga oshiriladi va maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi tomonidan yillik rejada, tarbiyachi tomonidan ham rejalashtiriladi. Ishni tashkil etish usullari quyidagilarni: ota- onalar majlisi, bolani oilasiga borishni, ochiq eshiklar kunini, mashg‘ulotlar o‘kazishni, bolalar ishlari bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etishni nazarda tutadi.
Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish shakllarini ilova etamiz.
Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’ lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish tarbiyachidan tegishli tayyorgarlikni talab etadigan ancha murakkab ishdir. Tarbiyachi bolaning psixik-fiziologik rivojlanish darajasini, «Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»ni hamda u asosida yaratilgan ta’lim-tarbiya dasturini yaxshi bilishi kerak. Reja tarbiyachiga dastur talablarini bir yilga bir tekisda taqsimlashga yordam beradi hamda ta’lim- tarbiya berish va tarbiyalashning usullarini oldindan o‘ylab olish, maqsadni aniqroq ko‘rish imkonini beradi. Reja bo‘lsa, tarbiyachi bugun nima ish qilishi va qanday qilishini, qaysi qo‘llanmalardan foydalanishni biladi.
Ta’lim-tarbiyaviy ish rejasi tarbiyachi tomonidan tuziladi. Reja oy boshlanishidan besh kun avval metodistga tasdiqlash uchun beriladi, oylik ish reja daftarida avvalo haftalik mashg‘ulotlar jadvali, bir oylik rejaning taqsimoti beriladi. Har o‘n besh kunga mo‘ljallangan badan tarbiya mashqlari, ota-onalar bilan ishlash rejasi va kundalik faoliyatining yuritilishi ochib beriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiyaviy ishini rejalashtirish pedagoglar, tarbiyachi-metodist,mudira faoliyatining muhim turlaridan biridir.
Rejalashtirish ta’lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini ko‘rsatib, ta’lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.
Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta’lim muassasasi ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini ta’kidlab, bunda u inson shaxsini shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egal igi haqida asosiy qoidalarga tayanadi. Rivojlanishning asosiy omili bo‘lgan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar hamda harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi. Rej alashtirishningmaqsadi-«Bolaj on»dasturining baj arilishini ta’minlashdir.
Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi rejalashtirishda etakchi hisoblanadi.
Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshiga ko‘ra pedagogik ta’sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalar hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga yo‘ llangan bo‘ lishi kerak
Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlariga oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rish metod va usullarni yaxshilab o‘ylab olish, kerakli material va jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi lozim. Shu bilan birga reja qotib qolgan narsa bo‘lmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga o‘zgarishlar kiritish mumkin.
MTMning yillik rejasi, istiqbol rejasi va tarbiyachin ing kalendar rejasi. Yillik reja asosan MTM mudirasi, metodist tarbiyachi tomonidan tuzil ib, bolalar m uassasasida amalga oshiril adigan barcha ishlami o‘ z ichiga oladi.
Istiqbol rejasi 1-3 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, undan ko‘zlangan asosiy maqsad bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini tarti bga solish va uning ma’lum maksadga qaratilgan va samarali bo‘lishini ta’minlashdir.
Unda « Bolajon dasturi »ning hamma bo‘limlari o‘z aksini topadi.
Istiqbol rejasida dasturning hamma bo‘limlari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ta’lim-tarbiya ishlari tizimi bolalar faoliyatining hamma turlarida anik mavzular buyicha belgilab chiqiladi.
Kalendar reja 10-12 kunga tuziladi kun davomida amalga oshiriladigan ta’lim tarbiya mazmunini aks ettiriladi. Uni tuzishda dastur talablari, bolalarning rivojlanish va tarbiyalanish darajalari, maktabgacha ta’lim muassasasining ish sharoiti hisobga olinadi.
Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasavvurlarni egallash jarayoni va ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar to‘g‘risida umumlashgan
bilimlarni shakllantirish, bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni o‘ stirish, axloqiy ongini shakllantirish, axloqiy xulq, odat va malakalarni egallashi va boshqalar kiradi.
MTM tarbiya dasturini yaxshi bilish kalendar rejani muvaffaqiyatli tuzishning asosiy garovidir.
Pedagog va ruxshunoc olimlar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining xulosalari bolalarning malaka va ko‘nikmalarni egallashi ma’lum yosh bosqichida yuzaga kelishini ko‘rsatdi.
Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo‘ldan boy bermay, bolani har tomonlama rivojlantirishga erishmog‘i zarur. Tarbiyachi o‘zi ishlayotgan gurux, shuningdek o‘zidan oldingi va keyingi guruxlar dasturi talablari va mazmunini yaxshi bilishi kerak. Masalan, dasturning kichkina guruh bolalarini tevarak-atrof bilan tanishtirish bo‘limida bolalarni hayvonlar, o‘simliklar va shunga o‘xshashlar tug‘risidagi eng oddiy bilim va tushunchalar bilan tanishtirish vazifasi belgilangan.
Katta va tayyorlov guruxi bolalarini narsa-buyumlar, vokea hodisalar tug‘risidagi xaqiqiy tasavvur va tushunchalarini, ularning tabiiy sabablar bilan bog‘lik ekanligini shakllantirish dasturning muxim vazifasidir.
Xulosa
Xulosa qilib aytamanki agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug'i maktab bo'lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o'qituvchilik va murabbiylikdir, desak o'ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz". Chindanda o'z ertangi kelajagiga befarq bo'lmagan millat yorug' va farovon kunlarini uning egalari bo'lmish yosh avlod istiqbolida ko'rgan millat ta'lim-tarbiyaga alohida e’tibor qaratadi. .
1.Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sifatini oshirish. Maktabgacha tayyorlov guruhlarini sonini ko’paytirish.
2.Oliy ma’lumotli kadrlarni ko’paytirish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog’lom va xavfsiz ovqatlantirish va vitaminli mevalarni ko’paytirish.
3.Maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlariga mashg’ulotlar o’tish uchun tarqatma materiallar sonini ko’paytirish.
4.O‘zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta’limni tashkil etishning asosiy bosqichlari, asosiy xususiyatlari va maktabgacha ta’lim bo‘yicha yuqori malakali rahbar, uslubchi, nazoratchi va tarbiyachilarni tayyorlash vazifalari, usul-uslublari, xalq ta’limi bo‘limining asosiy vazifalari metodik rahbarlik qilish tamoyillari bu o‘quv dasturining mazmunini tashkil etadi.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotida tarmog‘ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi bog‘chalar qurish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi hisobga olinib, nodavlat ta’lim muassasalari, jumladan, nodavlat bog‘chalar tarmog‘ini kengaytirishga ham katta ahamiyat qaratilmoqda. Bu esa tizimda sog‘lom raqobatni shakllantirish hamda ta’lim xizmatlari turini ko‘paytirishga xizmat qiladi.