«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya Saylov kodeksining qabul qilinishi, oʻz navbatida, yangi Oʻzbekistonni
demokratlashtirish va liberallashtirish, fikrlar xilma xilligini qoʻllab-quvvatlash
hamda koʻp partiyaviylik yoʻlidan barqaror rivojlanish ifodasi sifatida namoyon
boʻldi.
Umuman olganda, 2019-yilda hokimiyat vakillik organlariga boʻlib oʻtgan
saylovlar davomida Saylov kodeksini amalda qoʻllash shuni koʻrsatdiki, u
fuqarolarning konstitutsiyaviy saylov huquqlarini qatʼiy ravishda demokratik
adolat, oshkoralik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida saylovlarda erkin
ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni, siyosiy partiyalar hamda ularning
nomzodlari uchun — saylov kampaniyasi davomida keng va teng imkoniyatlarni
yaratib berishga xizmat qildi. Oʻzbekistondagi demokratik oʻzgarishlar,
shuningdek, fuqarolar va fuqarolik institutlarining siyosiy-huquqiy ongining
tobora oʻsib borayotgani saylov tizimini yana-da takomillashtirishning asosidir.
Oʻzbekiston parlamenti Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyani
ratifikatsiya qildi. Konvensiyaning 29-moddasiga binoan, ishtirokchi davlatlar
nogironligi borlarning siyosiy huquqlari va ulardan boshqalar bilan teng
ravishda foydalanish imkoniyatini kafolatlaydi, xususan, toʻgʻridan-toʻgʻri yoki
erkin tanlangan vakillari orqali jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida boshqalar
bilan teng ravishda samarali ishtirok etish, jumladan, ovoz berish hamda
saylanish huquqi hamda imkoniyatiga ega boʻlishini taʼminlaydi.
Saylovchilarning elektoral madaniyati va faolligini oshirish, saylov institutiga
boʻlgan ishonchni kuchaytirish, davlat hokimiyatini shakllantirish va
konstitutsiyaviy tamoyillarni yangi sharoitlarda amalga oshirishning yagona
zamonaviy hamda demokratik mexanizmi ekaniga boʻlgan ishonchini mus-
tahkamlashdir.
Saylovchilarning elektoral madaniyatini sifat jihatidan yuksaltirish uchun bir
qancha vazifalarni amalga oshirish zarur:
Tashkilotchilarning kasbiy mahoratini oshirish, shuningdek, saylovchilar va
saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining huquqiy maʼrifat tizimini
mustahkamlash hamda takomillashtirish, bu ishlarga maqsadga muvofiq
ravishda, ommaviylik va keng qamrovlilik xususiyatini berish;
Saylov jarayonining turli toifadagi ishtirokchilari, ayniqsa, yoshlarning umumiy
huquqiy va elektoral madaniyatini oshirish;
Ommaviy axborot vositalari bilan ishlashni takomillashtirish, ularning saylov
jarayoni toʻgʻrisidagi bilimlarini oshirish, ularni saylovlarning barcha bosqichida
ishonchli maʼlumotlarni tarqatish jarayoniga jalb qilish, shuningdek, jamiyatda
media madaniyatini yuksaltirish;