Botanika
1.Gulli o’simliklar va o’simliklarni hayotiy shakllari.
1. Ikki yillik o’simliklarlarga qaysi o’simliklar kiradi?
a) sabzi, lavlagi, karam
b) lolaqizg`aldoq, yaltirbosh, sho’ra
c) karam, gulkaram, sabzi
d) lavlagi, jag’-jag’, karam
2.Yovvoyi yem-hashak o’simliklarni aniqlang.
a) yantoq, sebarga, shuvoq
b) yalpiz, rovoch, isiriq
c) sebarga, kiyiko’t, sallagul
d) shuvoq, kiyiko’t, sallagul
3. Ikki yillik o’simlikni belgilang.
1. toron 2. karam 3. izen 4.sabzi 5. tugmachagul 6. ajriq 7. sigirquyruq
a) 2.7.4
b) 6.4.1.3
c) 7.1.2.5
d) 1.7.5.2.3
4. Chala butalar qaysi qatorda keltirilgan?
a) izen, qoraqat, siren
b) anor, zirk, na’matak
c) teresken, bodom, atirgul
d) shuvoq, teresken, keyreuk
5. Barglari qor tagida qishlaydigan o’simliklarni aniqlang.
1. gulhayri 2. gledichiya 3.kuzgi bug’doy 4. aylant 5. achambiti 6. sebarga
a) 3.2.1
b) 3.5.4
c) 1.5.6
d) 1.3.5
6. Poyasining yerustki qismi qishda qurib qolib, o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simliklarni aniqlang.
1. kuchala 2. sebarga 3. kiyiko’t 4. aylant 5. achambiti 6. gledichiya
a) 3.2.1
b) 3.5.4
c) 1.5.6
d) 1.3.5
7. Ko’p yillik o’t o’simliklarni qatorini belgilang.
a) bodom, uchqat
b) izen, keyreuk
c) qoqi, shirinmiya
d) piyoz, sabzi
8. Barglari qor tagida qishlab, bahorda yana o’sishda davom etadigan o’simliklarni aniqlang.
a) ligistirum, atirgul
b) gulhayri, ituzum
c) gledichiya, aylant
d) achambiti, qurttana
9. Quyidagi yer ustki qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simliklarni ko’rsating.
a) baliqko’z
b) yaltirbosh
c) qoraqat
d) qamish
10. Quyidagi o’simliklarning qaysi biri hasharotlar bilan oziqlanadi?
a) bo’lsa
b) aldrovanda vezikuloza
c) javdar
d) qimizak
11. Poyasining yer ustki qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simliklarni ko’rsating.
a) andiz
b) sallagul butasi
c) izen
d) kuzgi bug’doy
12. Havo harorati iliq kelgan kuz oylarida ham gullashda davom etadigan yovvoyi o’simliklarni belgilang.
a) zubturum, kiyiko’t, kartoshkagul
b) atirgul, zubturum, qo’ypechak
c) atirgul, xrizantema, kartoshkagul
d) zubturum, sachratqi, qo’ypechak
13. Chala butalarga xos bo’lgan belgilarni aniqlag.
a) qishda poyasining uchki qismlari sovuqdan qurib qoladigan ko’p yillik o`simliklar.
b) tanasi yog`ochlashgan, asosan bitta yo`g`on tanali, baland bo`yli ko`p yillik o`simlik.
c) poyasining yer ustki qismi yo`g`onlashgan va gullab meva tukkandan keyin qurib qoladigan o`simliklar.
d) poyasi yog`ochlashgan, bo`yi 2-3 metrdan oshmaydigan, sershox ko’p yillik o’simlik.
14. Kuzda ham gullashda davom etadigan yovvoyi o’simliklarni belgilang.
1.zubturum. 2.sachratqi. 3.xrizantema. 4.qoqio’t.
5. kartoshkagul. 6. qo’ypechak.
a) 1,2,6
b) 1,3,4
c) 2,4,5
d) 4,5,6
15. O’rta Osiyoda tabiiy holda o’sadigan yuksak o’simliklarning nechtadan ortiq turi borligini aniqlang?
a) 4000
b) 8000
c) 6000
d) 5000
16. Iste’mol qilinadigan, yovvoyi holda o’sadigan o’simliklarni belgilang?
1. yalpiz. 2. sebarga. 3. rovoch. 4. do’lana. 5. izen.
6. yaltirbosh. 7. bug’doy. 8. arpa. 9. qo’ziqorin.
a) 1,4,5,6
b) 1,3,4,9
c) 1,2,4,7
d) 2,6,9,3
17. Chala butalar…
a) poyasining yer ustki qismi qishda sovuqdan qurib qoladigan ko`p yillik o`simliklardir
b) poyasining yuqori qismi qishda sovuqdan qurib qoladigan ko`p yillik o`simliklardir
c) urug`dan unib chiqib,birinichi yili yer ustida to’pbarg hosil qiladigan o`simlikladir
d) bir yil ichida gullab, o’sib, meva tugib, o’z hayotini tugatadigan o’simliklar
18. Qaysi daraxtning shox-shabbasi sharsimon bo’ladi?
a) olma
b) o’rik
c) yong’oq
d) sadaqayrag’och
19. O’simliklarni iqlimlashtirish ishlari bilan qaysi fan shug’ullanadi?
a) ekologiya
b) geobatanika
c) intraduktsiya
d) poleobotanika
20. Tanasida 200 l suv saqlaydigan o’simlik qaysi?
a) meksika yong’og’i
b) meksika kaktusi
c) rafleziya
d) ajdar daraxti
21. Ikki yillik o’t o’simliklarni aniqlang.
1. g’umay 2. ajriq 3. lavlagi 4. piyoz 5. qovun 6. arpa
7. gulkaram 8. sabzi
a) 1.2.3
b) 3.4.8
c) 1.5.6
d) 1.7.8
22. Hasharotxo’r o’simliklarni aniqlang.
1. rafleziya 2. pinikula 3. suvsunbul 4. aldrovanda 5. suv qaroqchisi 6. ko’zagul 7. nepentes
a) 7.4.2.5
b) 3.6.5.4
c) 1.2.4.5
d) 5.1.6.3
23. O`simliklarni hayotiy shakllariga ko’ra guruhlarga ajrating.
1. g’o’za 2. sholi 3. ismaloq 4. lola 5. yalpiz 6. beda 7. sabzi 8. baliqko’z
a) bir yillik b) ikki yillik c) ko’p yillik
a) a-1.2.3.8: b-7: c-4.5.6
b) a-3.1.5.7: b-2.6: c-6
c) a-2.4.6: b-6.7.1 c-8
d) a-1.5.8: b-3.7: c-3.5.7
24. Qaysi daraxtlarning shox-shabbasi g’uj bo’lib joylashgan?
a) qayrag’och
b) tol
c) qarag’ay
d) olma
25. Aylant va gledichiyaning hayotiy shaklini ko’rsating.
a) daraxt
b) o’t
c) chala buta
d) buta
26. Ajriq, g’umay, shirinmiya, qamish, kovrak, kuchala kabi o’simliklarning hayotiy shaklini belgilang.
a) bir yillik
b) efemer
c) ikki yillik
d) ko’p yillik
27. Baobab hayotiy shakliga ko’ra qanday o’simlik?
a) daraxt
b) o’t
c) chala buta
d) buta
28. Bir yillik (I), ko’p yillik (II) va buta (III) larga tegishli o’simliklarni juftlang.
1.oq sho’ra 2. baliqko’z 3. shashir 4. kiyiko’t 5. ligistirum 6. singirtak
a) I-1.3 II- 2.4 III-5.6
b) I-1.2 II-3.5 III-4.6
c) I-2.3 II-1.4 III-6.5
d) I-1.2 II-3.4 III-5.6
29. Bir yillik o’tlar keltirilgan javobni belgilang.
a) arpa, kungaboqar, zig’ir
b) piyoz, salomalaykum, arpa
c) zig’ir, zubturum, safsan
d) salomalaykum, shuvoq
30. Havo harorati iliq kelgan kuz oylarida ham gullashda davom etadigan yovvoyi o’simliklarni belgilang.
a) atirgul, zubturum
b) kampirchopon, singirtak
c) zubturum, qo’ypechak
d) kartoshka, moychechak
31. O`t o`simliklarga xos belgilarni toping?
1. poyasi qo`ng`ir 2. poyasi yashil 3. poyasini yer ustki qismi yog`ochlashgan 4. poyasini yer ustki qismi yog`ochlashmagan 5. gullab meva tukkandan keyin yer ustki qismi qurib qoladi
a) 1.3.5
b) 2.3.5
c) 1.4.5
d) 2.4.5
32. Tog` yonbag`rilarida o`sadigan buta o`simlikni toping.
a) shuvoq
b) uchqat
c) nastarin
d) teresken
33. Erta kuzda barglarini to`kadigan o`simliklar guruhini aniqlang .
a) jiyda, gledichiya
b) qoqio`t, akatsiya
c) qovun, tok
d) atirgul, nastarin
34. Barglarini ancha barvaqt to`kadigan o`simliklarni aniqlang.
a) yong`oq, nastarin
b) aylant, jiyda
c) olma, shamshod
d) eman, ligusturum
35. Yarim buta keltirilgan jovobni toping?
a) shuvoq, izen, teresken
b) oq quyruq, kampircho`pon, sho`ra
c) irg`ay, saksovul, shuvoq,
d) jingul, qo`g`ay, boqila
36. Qaysi o`simliklarning barglari ancha barvaqt to`kiladi?
1. na’matak 2. nastarin 3. zarang 4. tikan daraxt 5. shamshod
6. terak
a) 2.3.4
b) 4.5.6
c) 1.2.5
d) 3.4.6
37. Qaysi o`simlikni mevasi 6 - 10 yilda pishib yetiladi?
a) seyshel palmasi
b) volfiya
c) evkalip
d) raffleziya
38. Noyob mevali o`simliklarni ko`rsating.
a) yong`oq, safsan, pista, bodom
b) dolana, anjir, olma, saftoli
c) archa, nok, xurmo, shotut
d) majnuntol, tut, terak, gilos
39. Harorat iliq kelgan kuz oylarida ham gullashda davom etadigan o’simliklar guruhini ko’rsating.
1. qoqio’t 2. sachratqi 3. kartoshkagul 4. xrizantema 5. oq sho’ra 6. lola 7. qamish
a) 1.2.3
b) 4.5.6
c) 5.6.7
d) 3.5.6
40. Tabobatda foydalaniladigan o`simlik guruhini aniqlang ?
a) suvsumbul
b) bo`rigul
c) safsan
d) chinnigul
41.Tabiat ko`rki bo`lgan qaysi o`simlik “xolmon,, deb ham yuritiladi?
a) jumagul
b) ituzum
c) atirgul
d) olma
42. Machin o`simligi yashash shakli jihatidan …
a) bir yillik
b) ko`p yillik o`t
c) daraxt
d) chala buta
43. Yer yuzidan 5-20 sm ko'tarilib o'sadigan o'simlikni belgilang.
a) qo'ytikan
b) tugmachagul
c) iloq
d) qo'ypechak
44. Jumagulning barglari poyada qanday joylashgan?
a) navbat bilan
b) qarama-qarshi
c) halqasimon
d) spiralsimon
45. Gulli o’simliklarning xilma-xilligi nimaga bog’liq?
a) ekologik sharoitning o’zgarishi
b) sharoitning o’zgarmasligi
c) irsiyat
d) degeneratsiya
46. Seyshel palmasining mevasini aniqlang ?
a) qo`zoq
b) dukkak
c) yong’oq
d) pista
47. Qaysi o`simliklarning bargi qor tagida qishlab qolishi mumkin ?
a) achambiti va gulxayri
b) g`o`za va kanop
c) ituzum va jag` - jag`
d) tugmachagul va yeryong`oq
48. Shimolda uchraydigan darahtlar janubda uchraydigan darahtlardan nimasi bilan farq qiladi?
1. shoh-shabbasi ko’pligi 2. shoh-shabbasini kamligi 3.bo’yini balandligi 4. bo’yini pastligi 5.shoh-shabbasini kengligi 6.ildizini uzunligi
a) 1.5.6
b) 1.3.5
c) 1.4.5
d) 1.3.5.6
49. Ko’p yillik o’tlarni aniqlang?
a) qoraqat, andiz va mosh
b) shashir, kanakunjut va kanop
c) oq sho’ra, jag’-jag’ va baliqko’z
d) beda, pskom piyozi va andiz
50. Poyasi suv tagida bo’lib, guli suv yuzasida ochiladigan o’simlikni aniqlang.
a) jumagul
b) nilufar
c) suv qirqqulog’i
d) safsan
51. Bir yillik o`tlarni aniqlang.
a) shashir, kanakunjut va kanop
b) beda, pskom piyozi va andiz
c) qoraqat, andiz va mosh
d) oq sho`ra, jag`-jag` va baliqko`z
52. Ligustrum (1), gulsafsar (2), kanakunjut (3) o`simliklari hayotiy shakli jihatidan qaysi guruhlarga mansub?
a) yarim buta b) buta c) bir yillik o`t d) ko`p yillik o`t
e) daraxt
a) 1-b, 2-d, 3-c
b) 1-b, 2-c, 3-d
c) 1-a, 2-d, 3-c
d) 1-e, 2-a, 3-c
53. Ko`p yillik o`tlar keltirilgan javobni belgilang.
a) qoqio’t, shashir, ajriq
b) xina, salomalaykum, yantoq
c) sigirquyruq, shirinmiya, boqila
d) xolmon, singirtak, isiriq
54.Qishda ham barglarini to’kmay yashil turaveradigan o’simliklarni ko’rsating.
a) nastarin, atirgul, ligistirum
b) nastarin, ligistirum
c) ligistirum, shamshod
d) shamshod, nastarin
55. Bargini yashilligini uzoq vaqt yashilligini saqlab turadigan o’simliklarni aniqlang.
a) nastarin, atirgul, ligistirum
b) nastarin, ligistirum
c) ligistirum, shamshod
d) shamshod, nastarin
56. Poyasini pastki qismida mevalari pishib, yuqorigi qismidan gullab ketaveradigan o’simliklarni ko’rsating
a) g’oza, baliqko’z
b) jag’-jag’, sholi
c) ituzum, kartoshka
d) g’o’za, ituzum
57.Ikki yillik o’tlar ikkinchi yili (1), birinchi yili(2) nima hosil qiladi?
1. to’pbarg 2. gul 3.meva 4.urug’ 5. ildizmeva 6. tuganak
a) I-1.5.6 II-2.3.4
b) I-1.5 II-2.3.4
c) I-1.5.6 II-2.3
d) I-2.3.4 II-1.5
58. Daraxtni ko’rsating.
a) saksobul
b) salagul
c) juzg’un
d) nastarin
59. Daraxtlar…
a) poyasining yer ustki qismi qishda sovuqdan qurib qoladigan ko`p yillik o`simliklardir
b) poyasining yuqori qismi qishda sovuqdan qurib qoladigan ko`p yillik o`simliklardir
c) asosiy poyasi bitta, yog’ochlashgan, baland bo’yli o’simliklar
d) asosiy poyasi bir nechta, yog’ochlashgan, bo’yi 2-3 m dan oshmaydigano’simliklar
60. Yarim butalar ahamiyati jihatidan qanday o’simliklar?
a) dorivor
b) em-xashak
c) istemol qilinadigan
d) manzarali
61. Havo harorati iliq kelgan kuz oylarida ham gullashda davom etadigan madaniy o’simliklarni belgilang.
a) atirgul, zubturum
b) kartoshkagul, xrizantema
c) zubturum, qo’ypechak
d) karto`shka,atirgul
62. Chakanda o’simligi ahamiyati jihatdan qanday o’simlik?
a) dorivor
b) em-xashak
c) noyob mevali
d) tabiat ko’rki
63.Gulli o’simliklar qancha turkum va oilani tashkil etadi?
a) 533/250000
b) 533/13000
c) 13000/533
d) 500000/533
64. Hasharotxo’r osimliklarni ko’rsating.
a) nepentes, nilufar
b) chakanda, drosera
c) ko’zagul, nilufar
d) drosera, nepenttes
65. Ko’zagul ahamiyati jihatdan qanday o’simlik?
a) dorivor
b) em-xashak
c) noyob mevali
d) tabiat ko’rki