BOTIROVA MOHIGUL DAVRON QIZI
711-GURUH
1. Boshlang„ich sinflar o„quv
dasturida ona tili
,
o„qish bolalarning lug„atini boyitish
2. O„quvchilarni so„zning yangi ma‟nolari
bilan tanishtirish
3. O„quvchilar tilida kam qo„llaniladigan
so„zlar ma‟nosi ustida ishlash.
4. Yangi paydo bo„lgan so„z ma‟nolari ustida
ishlash.
5.Grammatik atamalar ma‟nosi bilan
tanishtirish.
Reja:
•
O„quvchilarni notanish so„z va iboralar bilan tanishtirish.
O„quvchilar darslikdagi so„z va iboralarga birinchi marta duch
kelayotgan bo„lishi mumkin.
Bu so„z yangi paydo tbo„lgan so„z bo„lmasa ham o„quvchi
uning ma‟nosini bilmaydi, demak, o„quvchi uchun yangi so„z
hisoblanadi.
Masalan, 1-sinf “Ona tili” darsligida xabib (do„st) darparda
(oyna o„rniga shaffof qog„oz yopishtirilgan deraza parda),
(mag„rur (kekkaygan, mag„rur-kamtar), kamol (har
tomonlama yetuk, to„kis, kamol topmoq-xazon bo„lmoq),
xaroba (qarovsiz qolgan vayrona), qardosh (do„st, birodar,
qarindosh-urug„), safdosh (harbiy xizmatda birga, tashkilotda
birga), xavza (daryo va ko„llarga qo„yiladigan, uni tashkil
etadigan irmoqlar yoki majmui rasm ko„rsatiladi), sarkarda
(qo„mondon, lashkarboshi), zeb (bezak, ko„rk, husn), ziynat
(go„zallik uchun xizmat qiluvchi buyum), qasr (xashamatli
saroy, ko„shk) kabi so„zlarga duch keladilar
1. Boshlang„ich sinflar o„quv
dasturida ona tili
,
o„qish bolalarning lug„atini boyitish
2. O‘QUVCHILARNI SO‘ZNING YANGI
MA’NOLARI BILAN TANISHTIRISH
•
O„quvchilarni so„zning yangi ma‟nolari bilan tanishtirish.
O„quvchilar ko„p ma‟noli so„zlarning bir ma‟nosini tushunsa,
boshqa ma‟nosini bildirmasliklari mumkin. Bolalar so„zlarning
hamma ma‟nolarini birdaniga o„zlashtirib ololmaydilar. Ularning
ma‟nosini o„zlashtirish bosqichma bosqich amalga oshiriladi. 1-2
sinfda ko„p ma‟noli so„zning bir-ikki ma‟nosi bilan tanishsa, 3-4-
sinflarda yana boshqa ma‟nolarini bilib oladi. Tilning barcha
sathlarini: fonetika, leksika, so„z tarkibi, morfologiya, sintaksis
(boshlang„ich sinfda bu bo„limlar “Tovushlar va harflar”, “So„z”,
“Gap”, “Bog„lanishli nutq” deb nomlanadi)ni o„rganish jarayonida
tasviriy ifodalar,
iboralar
, ma‟nodosh, shakldosh, qarama-qarshi
ma‟noli so„zlarning ma‟nolari turli ish turlari asosida tushuntirib
boriladi. 1-sinf ona tili darsligida fikr buzuq-ko„chma ma‟noli ibora
berilgan, uni soat buzuq birikmasi bilan taqqoslang. Qaysi birikma
boshqa ma‟noda qo„llanayapti? (soat buzuq) Qaysi birikma
boshqa ma‟noda qo„llanayapti? (fikri buzuq). Fikri buzuq birikmasi
qanday ma‟noni ifodalayapti? Bolalar o„ylab, niyati yomon
kishilarni fikri buzuq deyishadi deb izoh beriladilar.
O‘QUVCHILAR TILIDA KAM QO‘LLANILADIGAN
SO‘ZLAR MA’NOSI USTIDA ISHLASH.
•
O„quvchilar tilida kam qo„llaniladigan so„zlar ma‟nosi ustida ishlash. Adabiy tilga
oid ba‟zi so„zlar o„quvchilar nutqida kam qo„llaniladi. Bu so„zning ma‟nosini
o„quvchi yetarli darajada tushunmaydi. Uning o„rnida oddiy so„zlarni qo„llaydi.
O„qituvchi ularni kitobiy so„zlar bilan almashtirish uchun nutqida qo„llashga majbur
etadigan vaziyat yaratishi, ehtiyojni yuzaga keltirish zarur. Masalan, jim –tinch, -
osuda-osoyishta, yurakdan-dildan, soat strelkasi-soat millari, -garmdori-
qalampir,
minut-daqiqa
, rayon-tuman kabi.
So„zlarning qo„llanishini faolashtirish uchun yozma ishlar o„tkazilayotganda ham
o„quvchilar e‟tiborini ayrim so„zlarni boshqasi bilan almashtirishlari ta‟kidlandi.
Masalan, 1-sinfda rasmlar asosida og„zaki hikoya tuzayotgan o„quvchilarning nutq
elementlari biri-biridan farqli bo„lishi –biri ikkinchisining so„zini qaytarmasligi talab
qilinadi. Masalan, shirinsuxan so„zi o„rnida shirinso„z, nasim-tonggi yel (shamol),
tanbeh berdi –dashnom berdi, zilol suv-tiniq suv, kichik mo„jaz, tik-adl, nafis-nozik,
ishbilarmon –ishning ko„zini biladigan kabi...
Yozma bayon yozishga tayyorlanish jarayonida ham (2-sinf) so„zlarni boshqasi bilan
almashtirishga, kitobiy so„zlar tanlashga e‟tibor berish lozim. Darsliklarda bola
hissiyotiga ta‟sir qiluvchi ko„chma ma‟nodagi badiiy ifodalar ko„p qo„llangan, ular
ustida maqsadga muvofiq ishlash o„quvchi nutqini jozibador qiladi, ularning nutqiy
adabiy tilga yaqinlashtiradi.
YANGI PAYDO BO‘LGAN SO‘Z MA’NOLARI USTIDA
ISHLASH.
•
Yangi paydo bo„lgan so„z ma‟nolari ustida ishlash.
Bunday so„zlar darslikda kam qo„llaniladi. Bunday
so„zlarning bolalar hayoti bilan bog„liq bo„lganlarini
ajratib olib “Bilib qo„ygan yaxshi” rubrikasi ostida
ishlansa o„quvchining nutqi zamon bilan baravar
rivojlanib boradi.
GRAMMATIK ATAMALAR MA’NOSI BILAN
TANISHTIRISH.
•
Grammatik atamalar ma‟nosi bilan tanishtirish.
Grammatik atamalarning avvalo to„g„ri talaffuzi, imlosi
o„rgatiladi. Shundan so„ng misollar asosida uni mazmuni
ochiladi. Qoidani o„qitish va mashqlar bajarish orqali
atama ma‟nosini to„laqonli anglashlariga erishiladi.
Lug„at ustida ishlashda quyidagi metodik usullardan
foydalaniladi:
So„z ma‟nolarini taqqoslash va ularni sharhlash. Bu usul
ko„chma ma‟noli so„z
va iboralar
, paronim so„zlar, shakli
bir xil so„zlar ma‟nosi, imlosi, talaffuzini izohlashda
qo„llaniladi.
Urush-urush: ikki kishining janjallashib qolishi –urish; ikki
xalq, ikki davlat orasidagi jang-urush.
Bu so„zlarning talaffuzi ham ikki xil.
Dostları ilə paylaş: |