Bo’yicha foiz stavkalar va unga ta’sir qiluvchi omillar


  Ssuda  kapitallari  bozori  va  uning  segmentlari.  Qisqa  muddatli  pul  bozorida



Yüklə 458,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix10.05.2022
ölçüsü458,04 Kb.
#57018
1   2   3   4   5   6   7   8
11-mavzu. Kredit bo’yicha foiz stavkalar va unga ta’sir qiluvchi

2.  Ssuda  kapitallari  bozori  va  uning  segmentlari.  Qisqa  muddatli  pul  bozorida 

kreditlar bahosining shakllanishi. 


Kredit resursovlari bozori bu – turli to’lov vositalariga talab va taklif mavjud bo’lgan 

bozorlarning  umumiy  belgilanishidir.  Kredit  bitimlari  qoidaga  ko’ra,  pul  qarz  oladigan  va 

qarz beradigan kredit institutlari (banklar va b.) yoki qimmatli qog’ozlar bozorida sotiladigan 

va sotib olinadigan turli qarz majburiyatlari harakati vositasida ifodalanadi. 

Demak,  kredit  resurslari  bozori  korxonalar  tasarrufiga  investitsiyalar  uchun 

mablag’lar taqdim etadi va aynan shu erda iqtisodiyotning pul mablag’lari ortiqcha bo’lgan 

sektorlaridan  ularning  etishmovchiligi  his  etilayotgan  sektorlarga  pul  mablag’lari  ko’chib 

o’tishi  ro’y  beradi.  Kredit  bozorida  korxonalar  o’z  investitsiyalarini  moliyalashtirish  uchun 

pul  qarz  oladi;  ba’zida  korxonalar  pulni  qarz  beradi,  lekin  qoidaga  ko’ra,  ishlab  chiqarish 

sektori berishdan ko’ra ko’proq oladi. 

Shu sababli aytish mumkinki, kredit resurslari bozorining asosiy  vazifalaridan biri  – 

aholining  jamg’armalari  va  bo’sh  mablag’larini  vositachi  shaxslarga  investitsiyaga 

yo’naltirish hisoblanadi. 

Kredit bozorining institutsional strukturasi 

Kredit bozorining mohiyati unda qanday kapital: o’zining  yoki o’zgalarning kapitali 

foydalanilishiga  bog’liq  emas,  ya’ni  bankir  faqat  o’z  kapitali  yordamida  ish  olib  boradimi 

yoki undan deponentlangan kapital yordamidami – buning ahamiyati yo’q. 

Kredit bozorining rivojlanish qonuniyatlari, foydalanish xarakteri va mazmuni ishlab 

chiqarishning  kapitalistie  usuli  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlari  bilan  belgilanadi.  O’z 

navbatida,  ushbu  bozorning  mohiyati  u  davlat-monopolistik  kapitalizmi  zamonaviy 

mexanizmida bajaradigan muayyan rolni belgilab beradi. 

Kredit bozori ishlab chiqarish va tovaraylanmasining o’sishiga, mamlakat ichkarisida 

kapital  harakatiga,  pul  jamg’armalarining  kapital  qo’yilmalarga  aylanishiga,  ilmiy-texnika 

inqilobini amalga oshirishga, asosiy kapitalni yangilashga xizmat qiladi. Bu ma’noda bozor 

turli  ishlab  chiqarish  bosqichlarini  bilvosita  ifodalaydi,  u  erdan  qo’shimcha  pul  resurslarini 

oladigan moddiy ishlab chiqarish sohasining o’ziga xos tayanchini bilvosita ifodalaydi. 

Banklar orasidagi resurslarni jalb qilish uchun raqobatli kurashda muhim vosita bo’lib 

turlicha foiz siyosati hisoblanadi, chunki qo’yilgan mablag’larga daromad olish mijozlarning 

qo’yilma qo’yishga undovchi muhim omil hisoblanadi. Depozit foiz stavkalari darajasini har 

bir tijorat banki O’zbekiston Respublikasi Markaziy  Banki hisob stavkasi, pul bozori holati 

va  o’zining  depozit  siyosatidan  kelib  chiqib,  mustaqil  ravishda  belgilaydi.  Depozit 

schetlarining  alohida  ko’rinishlari  bo’yicha  daromad  hajmi  qo’yilma  muddati,  summasi, 

hisobvarag’ini  amal  qilish  xususiyati,  xizmatlar  hajmi  va  xarakteri  va,  nihoyat,  mijozning 

qo’yilma shartnomasi shartlariga amal qilishiga bog’liq. 

Talab  qilingungacha  bo’lgan  depozitlar  bo’yicha  hisobvaraqalari  egalari  tomonidan 

joriy  operatsiyalarni  amalga  oshirish  uchun  ishlatiladi  va  ular  qoldiqning  nomuntazamligi 

bilan xarakterlanadi. Shuning uchun bunday schetlar guruhi daromadlik darajasi bilan ajralib 

turadi. Yuridik shaxslarga ochilgan talab qilinguncha hisobvaraqalaridagi mablag’lar qoldig’i 

bo’yicha  foizlar  umuman  to’lanmasligi  mumkin.  Bunday  foyda,  odatda,  mijozlarni  hisob 

kassa xizmatlari uchun to’lov mablag’larini talab qilinguncha hisobvaraqalarda mablag’larni 

minimallashtirish  va  ortiqcha  summalarni  qo’yilmalarning  daromadliroq  shakllariga 

joylashtirishga undaydi. 

Jismoniy shaxslar uchun ochilgan talab qilinguncha varaqalar bo’yicha foizlar deyarli 

majburiy  tartibda  o’rnatiladi,  ammo  u  bo’yicha  daromad  hamisha  muddatli  qo’yilmalarga 

qaraganda pastroq bo’ladi. Muddatli qo’yilmalar bo’yicha foiz stavkasi hajmini o’rnatishdagi 

muhim omil bo’lib, mablag’lar joylashtirilgan muddat hisoblanadi. 

Markaziy  bank  emissiya  markazi  sifatida  makroiqtisodiy  darajadagi  pul  aylanishi 

hamda bank tizimining likvidliligi nuqtai nazaridan tijorat banklarining ular tomonidan jalb 

qilingan mablag’lardan foydalanish imkoniyatlarini doimiy ravishda tartibga solib turadi. 



Nazariy  jihatdan  zamonaviy  bank  tizimida  naqd  pulsiz  aylanishlarning  rivojalanishi 

natijasida  dastlabki  shakllantirilgan  depozitlarni  (dastlabki  yoki  real  depozitlar  Markaziy 

bank  tomonidan  chiqarilgan  naqd  pullar  asosida  shakllanganlikni  taqozo  qiladi) 

cheklanmagan tarzda bir bankdan ikkinchi bankka o’tkazish, shu bilan birga, tijorat banklari 

tomonidan  berilayotgan  kreditlarni  cheksiz  oshirish  imkoniyati  mavjud.  Xorijiy  nazariyada 

bu  jarayon  depozit  multiplikatsiyasi  (ya’ni  mablag’larning  bir  bankdan  boshqasiga 

zanjirsimon shaklda o’tkazilishi) va kredit ekspantsiyasi deb nom olgan. 

Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan majburiy zaxira talablari bank tizimida depozit 

va kreditlarni oshirishning bevosita cheklovchisi bo’lib xizmat qiladi. 

 


Yüklə 458,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin