Bo’yicha foiz stavkalar va unga ta’sir qiluvchi omillar


Kapital bozorida o’rta va o’zoq muddatli kreditlar bahosining shakllanishi



Yüklə 458,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix10.05.2022
ölçüsü458,04 Kb.
#57018
1   2   3   4   5   6   7   8
11-mavzu. Kredit bo’yicha foiz stavkalar va unga ta’sir qiluvchi

3. Kapital bozorida o’rta va o’zoq muddatli kreditlar bahosining shakllanishi. 

Kredit bozorining funktsiyalari uning mohiyati va kapitalistik xo’jalikda bajaradigan 

roli,  shuningdek,  kapitalistik  ishlab  chiqarish  munosabatlarini  takror  ishlab  chiqarish 

bo’yicha vaziflalar bilan belgilanadi. 

Kredit bozorining beshta asosiy funktsiyasini ajratib ko’rsatish lozim: 

- kredit orqali tovar muomalasiga xizmat ko’rsatish; 

-  korxonalar,  aholi,  davlat,  shuningdek,  xorijiy  mijozlarning  pul  jamg’armalarini 

jamg’arish va to’plash; 

-  pul  fondlarini  bevosita  ssuda  kapitaliga  aylantirish  va  undan  ishlab  chiqarish 

jarayoniga xizmat ko’rsatish uchun kapital qo’yilmalar ko’rinishida foydalanish; 

-  davlat  va  iste’mol  xarajatlarini  qoplash  uchun  kapital  manbalari  sifatida  davlat  va 

aholiga xizmat ko’rsatish; 

kapital  markazlashuvini  jadallashtirshi,  kuchli  moliya-sanoat  guruhlari 



shakllanishiga ko’maklashish. 

Kredit bozorining aytib o’tilgan funktsiyalari ishlab chiqarishning kapitalistik usulini 

qo’llab-quvvatlash,  davlat-monopolistik  kapitalizmi  iqtisodiy  tizimining  faoliyatini 

ta’minlashga yo’naltiriladi. 

Pul  kapitali  jamg’arilishi  va  harakatini  aks  ettirar  ekan,  kredit  bozori  uning  pul 

shaklidagi  qiymati  harakati,  kredit  resurslari  va  qimmatli  qog’ozlar  ko’rinishida  turli  pul 

fondlari  hosil  bo’lishi  va  foydalanilishi  bilan  uyg’unlikda  bog’langan  bo’ladi.  Bozor 

vositasida  kapitalistik  ijtimoiy  ishlab  chiqarishning  rivojlanishiga,  uning  ijtimoiy-iqtisodiy 

munosabatlarga  ta’siriga  sarflanadigan  pul  fondlari  harakati,  hajmi  va  yo’nalishini  aniqlash 

va o’lchash mumkin. 

Kimoshdi  savdolari  turli  usullar  bilan:  amerikacha  va  gollandcha  tizim,  shuningdek, 

qat’iy  belgilangan  foiz  stavkasi  bilan  o’tkazilishi  mumkin.  Kimoshdi  savdosi  o’tkazishning 

amerikacha  usulida  talabnoma  banklar  tomonidan  taklif  etiladigan  foiz  stavkalari  bo’yicha 

qondirliadi.  Rossiya  Federatsiyasida  bank  talabnomalarida  taklif  etilayotgan  foiz  stavkasi 

Markaziy  bank  tomonidan  taklif  etilgan  minimal  stavkadan  past  bo’lishi  mumkin  emas. 

Bunda foiz stavkasi minimal stavkaga teng bo’lgan talabnoma sotilmagan kreditlar qoldig’iga 

proportsional  ravishda  qondiriladi.  Gollandcha  usulda  barcha  talabnomalar  qondirilgan 

talabnomalar  ro’yxatiga  (otsechenie???  stavkasi  bo’yicha)  kiritiladigan  oxirgi  foiz  stavkasi 

bo’yicha  qondiriladi.  Qat’iy  belgilangan  foiz  stavkali  kimoshdi  savdosida  barcha 

talabnomalar  qondiriladi.  Biroq,  bunday  stavkada  talabnomalar  umumiy  miqdori  kimoshdi 

savdosiga  taklif  etilgan  kredit  hajmidan  oshib  ketganida  talabnomalar  qisman  qondiriladi. 

Qondirilgan talabnomalar darajasi kimoshdi savdosi krediti umumiy hajmining talabnomalar 

miqdoriga nisbatiga mos keladi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan  tasdiqlangan  1996  yil  20 

apreldagi  41-sonli  Kredit  resurslari  kimoshdi  savdosini  o’tkazish  Tartibiga  muvofiq 

O’zbekiston  Respublikasi  valyuta  birjasida  (O’zRVB)  moliyaviy  vositalarni  so’mda  va 

xorijiy valyutada joylashtirish bo’yicha kimoshdi savdolari o’tkazish tartibi belgilangan. 



Kimoshdi savdolarida quyidagi turda operatsiyalar amalga oshiriladi: 

-  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  (bundan  keyin  -  Markaziy  bank) 

kreditlarini kimoshdi savdosida joylashtirish; 

- depozit omonatlarini kimoshdi savdosida joylashtirish; 

- banklararo kreditlarni kimoshdi savdosida joylashtirish. 

Kredit resurslari kimoshdi savdosini amalga oshirishdan asosiy maqsad ichki moliya 

bozorini sog’lomlashtirish va mustahkamlash hisoblanadi. 

 


Yüklə 458,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin