Bozor
—
1)
sotuvchilar bilan xaridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash
munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro
bogʻlovchi mexanizm. B. obʼyekti nafligi bor tovar va
xizmatlar, subʼyekti esa B. ish
tirokchilari (sotuvchi va
xaridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning
tashkilot,
idoralari
va
boshqalardan
iborat.
B.
ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida
ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. B.da
tovarlar bilan oldisotdi munosabatlari tovar ishlab
chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi
qonunlariga binoan amalga oshiriladi. B. ishtirokchilari
sotuvchi hamda xaridor maqomiga ega boʻladilar. B.da 2
jarayon amalga oshadi: biri
—
tovarlarni sotish, bunda
tovar pulga almashadi, yaʼni T—
P; ikkinchisi
—
tovarni
xarid etish, pulni tovarga ayirboshlash, yaʼni P—
T.
Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan narxlarda olib
boriladi. B. iqtisodiyotda ishlab chiqarishni isteʼmol bilan
bogʻlash (yaratilgan tovarlar
va xizmatlar B.ga chikali, u
yerda sotilgach, isteʼmolga kelib tushadi); kiymatning
tovar shaklidan pul shakliga aylantirish; ishlab
chiqarishning uzluksizligini taʼminlash (yaratilgan tovarlar
va xizmatlar B.da sotilgach, tushgan pulga ishlab chiqarish
uchun
zarur
iqtisodiy
resurelar,
chunonchi
asbobuskunalar, mashinalar, yokilgʻi, ish kuchi sotib olinib,
ishlab chiqarishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.);
iqtisodiyotni tartiblash (nimani, qanday ishlab chiqarish,
kim uchun ishlab chiqarish); mamla
katlar oʻrtasida
iqtisodiy hamkorlik oʻrnatish singari vazifalarni bajaradi.
Bunda talab va taklif, shunga muvofiknarliing oʻzgarishiga
qarab ishlab chiqarish yuritiladi. Talab oshib narx oʻssa,
ishlab chiqarish koʻpayadi, aksincha, taklif oshib talab
kamaysa, ishlab chiqarish qisqaradi.
B. oʻz ishtirokchilari mavqeiga qarab erkin va monopol
B.ga ajraladi. Erkin B.da sotuvchilar ham, xaridorlar ham
koʻp boʻlib, narxlar talab va taklif negizida shakllanadi.
Monopol B.da ozchilik sotuvchilarning hukmronligi
o
ʻrnatilgan boʻlib, narxlar faqat shularning manfaatidan
kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunday B.lar raqobotning
sustligi yoki umuman boʻlmasligi bilan ajralib turadi.
Ayirboshlash obʼyektining moddiy shakli jihatidan olganda
isteʼmol tovarlari va xizmatl
ar, resurslar, mehnat, moliya,
intellektual tovarlar, qurolaslaha, ishlab chiqarish
vositalari, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, ilmiy gʻoyalar,
texnikaviy ishlanmalar va mehnat (ish kuchi) B.lari mavjud.
B. oʻz qamrov doirasiga qarab mahalliy, mintaqaviy
, milliy
va jahon B.lariga boʻlinadi. Tovarlarning chetdan
kelishkelmasligiga qarab ochiq B., yopiq B. (ichki B.) singari
turlari uchraydi. Oldisotdi miqdori, yaʼni tovar aylanmasi
hajmining oʻzgarishiga qarab kengayuvchi B. vatorayuvchi
B.ga boʻlinadi.
Amal qilish tarzi jihatdan tartibsiz (stixiyali), rejali tashkil
etilgan va boshqariladigan B.lar mavjud. Stixiyali B.dan
tartibli, rejali tashkil etilgan B.ga oʻtish madaniylashgan
jamiyatga xos. Hozir hech bir mamlakatda tartibsiz B.
hukmron emas, aksincha boshqariladigan B. yetakchi
mavqega ega. Iqtisodiyot oʻsgan sari B. turlari koʻpayadi,
chunki sotiladigan tovarlar va xizmatlar xilmaxil boʻlib
boradi, xaridor ham oʻz daromadi, didi, umuman
talabehtiyojiga qarab tabaqalashadi, B.da sotiladigan
tovarlar va xizmatlar summasi ortib boradi.
2). Savdo-sotiqqilinadigan muayyan joy, maydon. B.lar
qad. Rim va Yunonistonning Milet, Pergam va boshqa
shaharlarida toʻgʻri toʻrtburchakli maydonda 3 yoki 4
tomoni qator ustunli savdo rastalari va omborlar,
ibodatxonalar, ustaxonalar va boshqalardan iborat
boʻlgan. B. maydonlari shahar majmua (agora,
forum)larining bir qismi hisoblangan. Har bir mamlakat
B.larining meʼmorligi va qurilishi iqlim sharoiti, iqtisodi,
geografik oʻrni va savdo sohasidagi anʼanalar bilan bogʻli
q
boʻlgan. Oʻrta Yer dengizi havzasida qadimda ochiq
maydonlarda, Sharqda esa usti yopiq B.lar rivojlangan
("suq", "asvok", "chorsu"; Turkiya va Eronda "xon",
"bediston" nomi bilan yuritilgan).
Yevropada B.lar maxsus reja asosida qurilgan (Parijdagi
markaziy B., 1850 va boshqalar). Rossiyada ixtisoslashgan
B. ("Gostiniy dvor")lar asosan, 1
—
2 qavatli, old tomoni
koʻpincha ravoqlar yoki ustunlar qatoridan iborat
bostirma boʻlgan (SanktPeterburgdagi B., 1761—
85;
Yaroslavldagi B., 1813
—
18 va boshqalar).
|