Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi.
Narx shakllanishi – tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxning bir qator omillar taʼsirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy maʼnoda — Narx shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa koʻrinishlari orqali) hamda iqtisodiy fa-oliyat subʼyektlarining oʻzlari taʼsir koʻrsatadi. Tor maʼnoda — firmalarning oʻz narx strategiyasini ishlab chiqishi. Narx shakllanishining 3 asosiy — erkin, maʼmuriy va aralash tiplari mavjud. Erkin Narx shakllanishi talab va taklif asosida yuzaga keladi. Barcha tovarlar va xizmatlar narxlarining bevosita maʼmuriy belgilanishi maʼmuriy, erkin va maʼmuriy Narx shakllanishining turli nisbatlarda qoʻllanilishi aralash Narx shakllanishideb yuritiladi. Narx shakllanishi jarayoni tovar ishlab chiqaruvchi firmadan boshlanib, bozor narxi oʻrnatilgach, tugallanadi.