Bozor iqtisodiyotida narxning regulyatorlik V



Yüklə 176,97 Kb.
səhifə7/10
tarix14.10.2023
ölçüsü176,97 Kb.
#155032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
7-mavzu

* Tovarlarnidavlat foydasiga voz kechish”, “yoq qilish”, “vaqtincha saqlashbojxona rejimlariga rasmiylashtirganlik uchun bojxona yigimlari undirilmaydi.
Dastlabki, vaqtinchalik, toliq bolmagan va davriy deklaratsiyalash orqali tovarlar rasmiylashtirilganda, bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigim faqatgina dastlabki deklaratsiyalashda bir marta undiriladi;
** BHM — bazaviy hisoblash miqdori;
*** Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirayotgan xodim xizmat olib boradigan bojxona posti va unga biriktirilgan bojxona ombori, erkin ombor hamda boj olinmaydigan savdo do‘koni bojxona rasmiylashtiruvi joylari hisoblanadi;
**** Bojxona organlari ish vaqtidan tashqari (18.00 — 9.00) vaqt bu, bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirgan payt (BYuDning “D” grafasiga bojxona organi tomonidan belgi qo‘yilgan vaqt) hisoblanadi;
***** Bojxona organi tomonidan bir soatdan kam bo‘lgan vaqt sarf qilingan taqdirda, bojxona yig‘imi bir xodimning to‘liq bir soat ish vaqti uchun undiriladi;
****** Sud qaroriga asosan davlat foydasiga o‘tkazilgan yoki yo‘q qilinadigan tovarlarni saqlaganlik uchun yig‘im undirilmaydi;
******* Tovarni tasniflanishi bo‘yicha dastlabki qaror bekor qilinganda, o‘zgartirilganda yoki qaytib olinganda uni qabul qilganlik uchun to‘lov qaytarilmaydi;
******** Umumiy hisoblangan yig‘imlar qiymati, transport vositasini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirgandagi to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari summasidan oshmasligi shart.
Tovarlar va transport vositalarining qonun hujjatlarida belgilanadigan bojxona qiymati import bojini, aktsiz solig‘ini va tegishli bojxona yig‘imlarini hisoblab chiqarish uchun asos bo‘ladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojxona qiymati asos bo‘lib, unga to‘lanishi lozim bo‘lgan boj, aktsizga tortiladigan tovar bo‘yicha esa, aktsiz solig‘ining summasi ham qo‘shiladi.
Bojxona to‘lovlari deklarant tomonidan to‘lanadi.Har qanday manfaatdor shaxs, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘lovchining o‘rniga bojxona to‘lovlarini to‘lashga haqli.
Bojxona to‘lovlari bojxona deklaratsiyasi qabul qilingunga qadar yoki qabul qilinishi bilan bir vaqtda to‘lanadi.Tovarlar notijorat maqsadlari uchun olib o‘tilayotganda bojxona to‘lovlari bojxona deklaratsiyasini qabul qilish bilan bir vaqtda to‘lanadi.
Bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatining o‘tishi bojxona deklaratsiyasini topshirish muddati tugaganidan keyingi kundan boshlanadi.
Bojxona to‘lovlari bojxona organiga, xalqaro pochta jo‘natmalarida yuborilayotgan tovarlarga nisbatan esa, aloqa korxonalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilaydigan tartibda to‘laydi.
Bojxona to‘lovlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilgan bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida to‘lanadi.
O‘z vaqtida to‘lanmagan bojxona to‘lovlari o‘tgan muddatdan qa’tiy nazar undiriladi va undirilmagan summadan 0,033 foiz miqdorida peniya undiriladi.

Ortiqcha to’langan yoki undirilgan bojxona to’lovlarining summalarini qaytarish bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona rasmiylashtiruvida avval hisoblangan bojxona to’lovlariga tuzatishlar kiritish yo’li bilan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi “Bojxona Kodeksi”ning 357-moddasi.


Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining, shuningdek bojxona rejimlariga muvofiq qaytarilishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarining summalari qaytarilishi yoxud to‘langan paytdan boshlab yoki bunday to‘lovlar undirilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida to‘lovchining talabnomasi bo‘yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda kelgusi to‘lovlar hisobiga o‘tkazilishi lozim.

Yüklə 176,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin