Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining asosiy belgilari va milliy modellari
Reja:
1. O‘tish davrining mazmuni. Bozor
iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari
2. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari
va xususiyatlari
3. Respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish
va uning asosiy yo‘nalishlari
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri –mamuriy buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o‘zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir. Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha yo‘llari umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo‘linadi:
Rivojlangan mamlakatlar yo`li
Rivojlanayotga n mamlakatlar yo`li
Sobiq
sotsialistik mamlakatlar yo`li
sotsializm g‘oyalarini
samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mexanizmi bilan qo‘shib olib borish yo‘li
O‘tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Tarkibiy o‘zgarishlar. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish. Bozor xo‘jaligiga mos bo‘lgan aholini ijtimoiy himoyalash tizimini shakllantirish. Institutsional o‘zgarishlar.
Erkinlashtirish – bu xo‘jalik hayotining barcha sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat.
Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish. Bu yo‘nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:
barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi;
bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi;
kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma’muriy to‘siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo‘llab-quvvatlash va tarmoqqa kirishidagi to‘siqlarni pasaytirish;
tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyosatini tartibga solish va boshqalar.