Bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`zbek modeli


Pul tizimi va uning tarkibiy qismlari



Yüklə 2,46 Mb.
səhifə4/4
tarix24.10.2023
ölçüsü2,46 Mb.
#161101
1   2   3   4
1454461 — копия

Pul tizimi va uning tarkibiy qismlari.
  • Pul tizimi tushunchasi va uning turlari.
  • Pul tizimi mamlakatda tarixan tarkib topgan va milliy qonunchilik bilan tasdiqlangan pul muomalasini tashkil qilish shaklidir. Hozirgi pul tizimi XVI–XVII asrlarda vujudga kelgan.
  • Muomaladagi pul turlariga qarab, vaqt o`tishi bilan pul muomalasining 2 tizimi ajralib chiqqan. Ular quyidagilar:
  • 1. Metall tangalar muomalada bo`lgan pul tizimi. Bunda oltin va kumush tangalar muomalada bo`lgan, qog`oz pullar esa birinchi talab bilanoq metall pullarga almashtirilib berilgan. Metall tangalar bir yoki ikki xil metalldan zarb qilingan. Agar tangalar faqat bir xil metalldan, ya`ni oltin yoki kumushdan zarb qilinsa-monometall, aksincha, ikki xil metalldan, ya`ni oltin va kumushdan zarb qilinsa bimetall pul tizimi deyiladi. Bulardan tashqari muomalada mis chaqalar, kredit va qog`oz pullar ham mavjud bo`lgan. Ammo ularning salmog`i juda kam bo`lgan.
  • 2. Kredit va qog`oz pullar muomalada bo`lgan pul tizimi. Bu tizimda oltin va kumush muomaladan batamom chiqarib yuborilgan, qog`oz pullar esa oltin yoki kumushga almashtirilib berilmagan.
  • Mamlakat Markaziy banki tomonidan muomalaga chiqarilgan banknotlar milliy pul birligiga aylangan. Pul muomalasida naqd pulsiz hisob - kitoblar ustun bo`lgan. Pul muoamalasi davlat tomonidan tartibga solib turilgan. Bu pul tizimi 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy tangligi natijasida vujudga kelgan va hozirgi davrda barcha mamlakatlarda amal qilmoqda.
    • O`zbekiston Respublikasi pul tizimi va uning o`ziga xos xususiyatlari
    • O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida tanilishi uning mustaqil pul tizimiga ega bo`lishini taqozo etdi. Mustaqil pul tizimi tashkil topishining I-bosqichi 1993 yildan boshlab, muomalaga «so`m-kupon»larning chiqarilishi, II-bosqichi esa 1994 yil 1 iyuldan boshlab muomalaga milliy valyuta «so`m»ning kiritilishi hisoblanadi.
    • O`zbekiston Respublikasi pul tizimi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 1995 yil 21 dekabrda qabul kilingan «O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g`risida»gi, 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to`g`risida»gi qonunlariga muvofiq amal qilmoqda.
    • O`zbekiston Respublikasining pul birligi – so`m,. So`m O`zbekistonda yagona cheklanmagan va qonuniy to`lov vositasi hisoblanadi.
    • O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki muomalaga banknot va tangalar chiqarishda mutlaq huquqqa ega bo`lib, mamlakatda pul muomalasi holatiga javobgardir.
    • Markaziy bank banknot va tangalarning yangi namunalarini tasdiqlaydi, ularning tasvirini ommaviy axborot vositalari orqali e`lon qiladi. Hozirda muomalada 100,200,500,1000 5000, 10000, 50000, va 100000so`mliklar amal qilmqda.
    • O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul, kredit va valyuta boshqaruvi, naqd pulsiz hisob-kitoblar va xalqaro hisob- kitoblarni amalga oshirish, milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartib- qoidalarini va boshqalarni ishlab chiqadi, hamda joriy etadi..
    • Xulosa:
    • Mustaqillik yillarda O’zbekiston oldingidan tubdan farq qiluvchi yangi iqtisodiy munosabatlarga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning navbatdagi bosqichlariga o’tib bormoqda. Bozor iqtisodi asosida tovar-pul munosabatlari yotadi.
    • Tovar-pul munosabatlari – tovar ishlab chiqarish, tovarlarning ayirboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarni ifoda qiladi. Umumiy ekvivalent vazifasini turli mamlakatlarda turli tovarlar - qoramol, tuz, don, mo`yna va boshqalar bajarganlar. Tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonining tobora rivojlanib borishi hududlar hamda mamlakatlar o`rtasida savdo- sotiq va tovar ayirboshlash zaruratini yuzaga keltirgan. Agar tarixga nazar tashlasak, mamlakatlar o`rtasida savdo- sotiq, xalqaro iqtisodiy aloqalar va kredit munosabatlari asta- sekin rivojlanib brogan. Bu jarayon barcha mamlakatlar tomonidan tan olinadigan va qabul qilinadigan yagona jahon pulini keltirib chiqargan. Bu vazifani asrlar davomida oltin bajarib kelgan. Ya`ni mamlakatlar o`rtasidagi hisob-kitoblar, tovarlar va xizmatlar uchun to`lovlar bir mamlakatdan boshqa mamlakatga quyma shaklidagi sof oltin to`lash vositasida amalga oshirilgan. Pul muomalaga tovar aylanishi ehtiyojiga qarab chiqarilishi lozim. Amalda esa, qog`oz pullar bundan tashqari byudjet taqchilligi va davlatning boshqa harajatlarini qoplash uchun ham chiqariladi. Natijada, muomalada tovarlar bilan ta`minlanmagan pul paydo bo`ladi. Bu o`z navbatida narx-navoning o`sishi, ya`ni pulning qadrsizlanishiga olib keladi.

    Yüklə 2,46 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin