Ishlab chiqarish samaradorligi — korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega boʻlgan resurslarni qoʻllagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab boʻlgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini koʻrsatadi.
Miqdoriy jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan mehnat miqdori bilan oʻlchash mumkin, lekin mehnat sarfini aniq oʻlchash ancha qiyin. Shu sababli, ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish vositalaridan va kapitaldan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi. Korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligining umumlashgan koʻrsatkichi tovar ishlab chiqarish surʼatlarining oʻsishi hisoblanadi, undan tashqari puldagi harajatlar birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot hajmi, balans foydaning asosiy va aylanma fondlar yigindisiga nisbati, toʻla tannarx koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega.
Mehnat unumdorligining oʻsishi surʼatlari, mehnatni tejash va mahsulot hajmi oʻsishida mehnat unumdorligi hissasi kabi koʻrsatkichlardan ham foydalaniladi. Ishlab chiqarish samaradorligi texnik samaradorlik (ishlab chiqarish hajmi), iqtisodiy samaradorlik (mehnat unumdorligi, mehnat resurslari, asosiy fondlar, aylanma resurslar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurslar, foyda) hisobiga shakllanadi.
Ishlab chiqarish samaradorligini hisoblashdan maqsad samaradorlikka nimalar hisobiga erishilganini aniqlash va yana qanday omillar evaziga uni oshirish mumkinligini belgilashdan iborat.
Shavkat Mirziyoyev kichik sanoat hududidagi erkaklar kostyumi, kurtka va palto ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Zamin kiyim sanoat» korxonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Qiymati 24 milliard so‘mga teng loyihaga ko‘ra yiliga 10 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi va 300 ming dollar miqdoridagi mahsulotlar eksportga chiqariladi. 300 kishi ish bilan ta'minlanadi. – Bu sanoat hududi o‘rni yaqin yillarda ham qaqrab yotgan dashtlik bo‘lgan. Qo‘li gul inson mehnati samarasi bilan bu yerda ulkan ishlab chiqarish obektlari barpo etilyapti. Shulardan biri ko‘p turdagi mahsulotlari bilan ichki va tashqi bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Usman Brothers brendini ilgari surayotgan «Zamin kiyim sanoat» tikuvchilik korxonamiz.
“Yuksalish” kichik sanoat hududi 117 gektar maydonni egallagan. Mazkur sanoat majmuasida qurilish materiallari, mashinasozlik va metallga ishlov berish, elektrotexnika, to‘qimachilik va tikuvchilik kabi yo‘nalishlarda umumiy qiymati 1 trillion 208 milliard so‘mlik 95ta loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bugungi kungacha 66,9 milliard so‘mlik 32 ta loyiha ishga tushirilgan bo‘lib, 311,1 milliard so‘mlik ishlab chiqarish quvvatiga erishildi. Mazkur loyihalar to‘liq ishga tushsa, 7 ming 300ta ish o‘rni yaratilib, yiliga 7,8 million dollarlik mahsulotlar eksport qilinadi. Davlat rahbarining o‘zi ishlab sanoatni yaxshi tushunishi sohamizga oid kichik masalalargacha qiziqib so‘rashidan bilinadi. Bizga tashrif chog‘ida ham prezidentimiz xomashyo qayerdan olinayotgani, mahalliylashtirish foizlari, ish o‘rinlari yaratish rejalari bilan qiziqdi. Tikuvchilarimizdan ham hol-ahvol so‘rab ko‘ngillarini ko‘tarib qo‘ydi. Asosiy ishlarni bajaruvchilar shularda, xursand bo‘lib qolishdi.
Shuningdek davlatimiz rahbari kelgusi rejalarimiz bilan ham qiziqdi. Ishlab chiqarish hajmini yaqin yillardayoq kamida ikki karra oshirishimiz bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim qildik. Nasib qilsa, bu rejalarni ham amalga oshirib yuzimiz yorug‘ bo‘ladi.
Ismatilla Usmonovdan tekstil sohasida Namangan viloyati oldinlab ketishi siri haqida so‘raganimizda qisqa qilib javob berdi: – Shahrimiz azaldan tikuvchilikda ilg‘or bo‘lgan. Buning siri oddiy – mehnat. Namanganni hozir bejiz “Tekstil poytaxti” deyishmaydi. Ko‘z tegmasin, tikuvchilarimiz mahorati dunyoning har qanday nuqtasida xijolat qilmaydigan darajaga yetib qoldi. Biz olti aka-ukamiz va dadamiz boshchiligida asosan shu yo‘nalishda tadbirkorlik qilamiz.