Bozor mukammal raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor bo`ladi, agar unda



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix02.06.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#124131
1   2   3   4   5
Mehnat bozori va korxonalard

(Q)=TR(Q) 

TC(Q)
Agar abtsissa o`qi bo`yicha ishlab chiqariladigan mahsulot hajmini, ordinata o`qi 
bo`yicha - umumiy daromadni joylashtirsak, daromadning masulot hajmiga 
bog`liqligi 

TR

Q)=P

Q) koordinata boshidan chiquvchi nur bilan ifodalanadi. 


Umumiy xarajatlar esa o`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlar yig`indisidan hosil 
bo`ladi. 
Grafikdan ko`rish mumkinki, ishlab chiqarish hajmi kichik bo`lganda, firma 
foydasi manfiy bo`ladi, firma zarar bilan ishlaydi, firmaning daromadi o`zgarmas 
va o`zgaruvchan xarajatlarni qoplash uchun yetarli emas. Ishlab chiqarish hajmi 
oshib borishi bilan firmaning foydasi musbat bo`lib oshib boradi va ishlab 
chiqarish hajmi Q
2
ga teng bo`lganda daromad TR(Q) bilan umumiy xarajat TC 
(Q) o`rtasidagi farq maksimal bo`ladi. Demak, foyda ishlab chiqarish hajmi Q

Q
2
bo`lganda maksimallashadi. Ishlab chiqarish hajmi Q
2
dan oshganda (Q

Q
2

umumiy xarajatlarning o`sishi daromad o`sishiga nisbatan ustunroq bo`lgani uchun 
foyda kamayib boradi. Rasmdan ko`rinib turibdiki, ishlab chiqarish hajmi Q
2
gacha 
bo`lganda firma zarar bilan ishlaydi, nima uchun deganda (TC(Q)

TR(Q) ) Firma 
Q
1
va Q
2
oraliqda foyda oladi va bu foyda Q
2
ga qadar oshib, ishlab chiqarish 
hajmi Q
2
ga teng bo`lganda maksimal qiymatga erishadi. N nuqtada daromad 
chizig`ining burchak koeffitsiyenti 
(chekli daromad MR=

TC/

Q=tg

) umumiy xarajat chizig`ining burchak 
koeffisiyentiga 
(chekli xarajatigaMC=

TC/

Q= tg

) teng MC .

MR
Shunday qilib, firmaning chekli daromadi bilan chekli xarajati birbiriga teng 
bo`lganda foyda maksimal qiymatga erishadi. MC

MR foydani 
maksimallashtirish sharti bo`lib, firma qaysi bozorda (raqobatlashgan, 
monopolistik yoki oligopolistik) faoliyat ko`rsatmasin, u o`z kuchini saqlab qoladi. 
Yuqoridagi mulohazalardan shu kelib chiqadiki, MR(Q)

MC(Q) bo`lganda, firma 
mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishi kerak (har bir qo`shimcha ishlab 


chiqarilgan mahsulot umumiy foydani oshirib boradi), agar MR(Q)

MC(Q)
bo`lsa - ishlab chiqarish hajmini qisqartirish kerak bo`ladi. Maksimallik shartini 
matematik tomondan keltirib chiqarish mumkin: 

(Q)=TR(Q) 

TC(Q) 
Biz ko`rgan edikki, raqobatlashgan bozorda narx bozor tomonidan belgilanadi va 
unga firma ta‘sir qila olmaydi. Bunday bozorda harakat qilayotgan firmaning talab 
chizig`i gorizontal chiziqdan iborat bo`lib, uning chekli daromadi narxga teng, 
ya′ni MR= P . Demak, raqobatlashuvchi firma foydasini maksimallashtirish sharti 
(qoidasi) shundan iboratki, firma ishlab chiqarish hajmini shunday tanlashi 
kerakki, bu hajmda narx chekli xarajatga teng bo`lsin: P=MC
Raqobatlashgan bozorda faoliyat ko`rsatayotgan firma foydasini 
maksimallashtirish (muvozanat holati) sharti deyiladi, ya′ni raqobatlashuvchi 
firmaning chekli mahsulot qoidasini ifodalaydi. Ushbu qoidaga ko`ra firma 
mahsulot ishlab chiqarish hajmini chekli xarajat narxga teng bo`lgunga qadar 
oshirishi mumkin. Demak, MC

P bo`lsa, ishlab chiqarishni oshirish mumkin va 
bu oshirish MC

P bo`lguncha davom etishi kerak..
Raqobatlashgan firma foydasini maksimallashtirish sharti yordamida biz firmaning 
muvozanat holatini belgilovchi nuqtani grafik orqali aniqlashimiz mumkin. 
Rasmda E nuqta raqobatlashuvchi firmaning qisqa muddatli oraliqdagi muvozanat 
holatini ifodalaydi. Bu nuqtada bo`lib, ushbu nuqtada firma foydani 
maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi Q* ga erishadi. 


Rasmda umumiy daromad ( TR(Q)

TRC(Q) ) 0Pe EQ * to`rtburchak yuzasiga, 
umumiy xarajat esa 0ABQ * to`rtburchak yuzasiga teng. Umumiy maksimal foyda 
(max

(Q)=TR(Q) 

TC(Q)) AP
e
EB yuza bilan ifodalanadi va bu yuza quyidagi 
formula bo`yicha hisoblanadi: 

=(P

ATC) 


Ishlab chiqarish hajmi Q* dan kichik bo`lganda Q
0

Q* chekli daromad chekli 
xarajatdan ko`p demak, ishlab chiqarish hajmini oshirib qo`shimcha foyda olish 
imkoniyati bor. Rasmda ikki karra shtirxlangan SFE yuza ishlab chiqarish hajmi 
Q
0
ga kamaygandagi yo`qotilgan foydani ifodalaydi. 
Ishlab chiqarish hajmi Q * dan yuqori bo`lganda, ya′ni Q
1

Q * da chekli 
xarajatlar chekli daromaddan yuqori. Bu holda, ishlab chiqarish hajmini 
qisqartirish umumiy xarajatlarni qisqartirishga olib keladi. Rasmdagi ESK 
uchburchak yuzasi Q
1
miqdorda mahsulot ishlab chiqarish natijasida yo`qotilgan 
foydani ifodalaydi 
Xulosa qilish mumkinki, narx o`rtacha umumiy xarajatdan qancha yuqori bo`lsa, 
firmaning foydasi shuncha ko`p bo`ladi. Buni quyidagi grafikda ko`rish mumkin. 


Rasmda, boshlang`ich narx P0 bo`lganda umumiy foyda P0 A0 B0 E0 to`rtburchak 
yuzi bilan ifodalansa, narx oshib P1 bo`lganda umumiy foyda qiymati ham oshadi 
va P1 A1 B1 E1 to`rtburchak yuzi bilan ifodalanadi. Shuni ham eslatish o`tish 
joizki, firma qisqa muddatli oraliqda har doim ham foydani 
maksimallashtiravermaydi. Ko`p hollarda o`zgarmas xarajatning oshib ketishi 
umumiy o`rtacha xarajatni ham oshirib yuboradi. 
Natijada, foydani maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi Q
e
da narx P 
o`rtacha umumiy xarajatdan kichik bo`ladi, ya′ni ATC(Q)>P va shuning uchun 
BE ishlab chiqarishning o`rtacha yo`qotishiga (zarariga) teng. Shtrixlangan PEBM 
to`rtburchak yuzi firmaning umumiy yo`qotishini bildiradi. Lekin, firma qisqa 
muddatli oraliqda zarar ko`rsa ham kelajakda narx oshishi yoki ishlab chiqarish 
xarajatlarini kamaytirishi evaziga foyda olish maqsadida ishni davom ettiradi. 
Umuman olganda, raqobatlashuvchi firma qisqa muddatli oraliqda ishlab 
chiqarishni davom ettirishi yoki davom ettirmasdan ishlab chiqarishni to`xtatishi 
to`g`risidagi qarorni qabul qilishda firma o`z daromadini umumiy o`rtacha xarajat 
bilan emas, balki faqat o`rtacha o`zgaruvchan xarajat bilan taqqoslaydi. Nima 
uchun deganda, o`zgarmas xarajatlar sarflanib bo`lingan va ularni firmani 
yopganda ham kamaytirib bo`lmaydi. Shuning uchun ham narx o`rtacha 
o`zgarruvchan xarajatdan yuqori bo`lib, o`rtacha umumiy xarajatdan past 
bo`lganda firma kelajakda foydaga chiqish maqsadida ishlab chiqarish zarar ishlasa 
ham o`z faoliyatini davom ettiradi va shu bilan birga umumiy zararni 
minimallashtirishga harakat qiladi. Nima uchun deganda, bu narx o`rtacha umumiy 
xarajatdan kichik ( ATC>P ) bo`lgani bilan, u firmaning o`zgaruvchan xarajatlarini 
(xomashyo sarfi, ish haqi) qoplaydi, bundan tashqari o`zgarmas xarajatning ham 
ma′lum qismini qoplaydi. 
Umumlashtirib aytadigan bo`lsak, raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan 
firma qisqa muddatli oraliqda xarajatlari bilan daromadlarini taqqoslagan holda 


foydani maksimallashtirishda chekli mahsulot va ishlab chiqarishni to`xtatish 
qoidasiga amal qiladi. Chekli mahsulot qoidasiga ko`ra firma mahsulot ishlab 
chiqarish hajmini chekli daromad bilan chekli xarajatni tengligini ta′minlaydigan 
darajada ushlab turishga harakat qiladi (MC.

MR )
Ishlab chiqarishni to`xtatish qoidasiga ko`ra firmaning iqtisodiy foydasi har qanday 
ishlab chiqarish hajmida noldan kichik bo`lsa, ya′ni AVC(Q)>P firma yopiladi 
(ushbu bozordan ketadi, faoliyatini tugatadi). 
B nuqta firmaning yopilish nuqtasi hisoblanadi. Yuqoridagi qoidalar firma uchun 
umumiy xarakterga ega. Firma qaysi bozorda faoliyat ko`rsatishidan qat`iy nazar 
ushbu qoidalar o`z kuchini saqlaydi. A nuqta firmaning zararsiz ishlash nuqtasi 
deyiladi, bu nuqtada P
e
= min ATC(Q) bo`lib, firma zarar ham ko`rmasdan, foyda 
ham olmasdan ishlashini ifodalaydi. 
Firmaning taklif chizig`i har bir mumkin bo`lgan narxlarda firma qancha miqdorda 
mahsulot ishlab chiqarib taklif qilishini ifodalaydi. Yuqorida ko`rdikki, firma 
mahsulot ishlab chiqarishni narx chekli xarajatga teng bo`lgunga qadar oshiradi va 
narx o`rtacha o`zgaruvchan xarajatdan kichik bo`lsa, ishlab chiqarishni to`xtatadi 
(firma yopiladi). Demak, firmaning noldan yuqori hajmdagi ishlab chiqarish 

0



taklif chizig`i chekli xarajatning (MC) o`rtacha o`zgaruvchan xarajatning 
minimumidan yuqorida yotgan qismi bilan ustma-ust tushadi. AVC minimumidan 
yuqori bo`lgan har qanday narx P' da foydani maksimallashtiradigan ishlab 
chiqarish hajmi Q' ni grafik orqali aniqlashimiz mumkin. 


Raqobatlashgan bozorda narxning oshishi bozordagi firmalarni ishlab chiqarish 
hajmini oshirishga undaydi, shuning uchun ham raqobatlashgan firmaning qisqa 
muddatli oraliqdagi taklif chizig`i o`suvchi bo`ladi. Endi raqobatlashgan bozorda 
qisqa muddatli oraliqdagi tarmoq muvozanatini qaraymiz. Ma`lumki, bir turdagi 
(bir xil ehtiyojni qondiradigan) tovarlarni ishlab chiqaradigan firmalar birgalikda 
tarmoqni tashkil qiladi. U holda tarmoq taklifi tarmoqni tashkil qiluvchi 
firmalarning takliflari yig`indisidan iborat bo`ladi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin