vositalari holatini quyidagicha tahlil qilib o’tishimiz mumkin. 2008 yilda asosiy vositalarni boshlang’ich qiymati 374057 ming so’mni qilgan bo’lib 2009 yil oxiriga kelib esa, 381211ming so’m bulganligi asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati 101,9%ga oshirgan. 2010 yilda bu ko’rsatkichni -242001 ming so’mga kamayganligini ko’rishimiz mumkin bu esa 2009 yilga nisbatan 36,5%ga o’zgargan. Asosiy vositalarni eskirish summasini ham 2008 yilga nisbatan 2009 yilda 18200 ming so’mga oshganligi 115,1%ni tashkil qilgan. 2010 yilda esa 2009 yilga nisbatan kamayganligini izog’lab o’tamiz ya’niy -107486 ming so’mga kamaygan.” Samgeoltexservis”Mgjda namunali xolatda emas.Korxonada asosiy vositalarni yangilash talab etiladi.
Korxonada faoliyatni rivojlantirish uchun asosiy vositalar yetarli darajada bo’lishi lozim. Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik ko’rsatkichlarni tahlil qilganda, korxona xodimlarining asosiy vositalarining faol qismi bilan qanday ta’minlanganligiga katta ahamiyatga ega. Chunki ishchilar qanchalik mehnat qurollari bilan yaxshi va to’liq ta’minlangan bo’lsa, shuncha mehnat unumdorligi yuqori bo’ladi. Xodimlarning fond bilan qurollanganlig darajasi (Fq) asosiy vositalarning faol qismi summasining xodimlar soniga nisbati bilan topiladi va har bir xodimga qanchalik asosiy vositalarning faol qismi summasi to’g’ri kelishini ifodalaydi.
“Samgeoltexservis” MChJning 2008 yilda sotilgan mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 2494 ming so’mni tashkil qilib. 2010 yil oxiriga kelib 19774 ming so’m bo’lganligi sotilgan mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlar hajmini + 17780 ming so’mga oshganligi 2009 yilga nisbatan 8 martaga oshganligini ijobiy baholab o’tamiz. Korxona o’z mablag’lari qiymati ham 2009 yilga nisbatan oshganligini kurishimiz mumkin, ya’niy 2009 yilda 437760 ming so’m bo’lib 2010 yilda 531316 ming so’mni tashkil qilgant. Bu esa o’z navbatida 2009 yilga nisbatan +153556 ming so’mga oshgan. Korxonada xodimlar sonini tahsil qilganimizda 2009 yilda 33 kishini tashkil qilib 2010 yilda 35 kishi ya’niy 2
ko’payganligi bilan izohlash mumkin. Korxonada asosiy fondlarning sotilgan maxsulotdagi sig’imin kamayganligini ko’ramiz buni esa ijobiy baholab o’tamiz. 2009 yilda bu ko’rsatkich 151,417 tiynni tashkil qilib 2010 yilda 6,211 tiyni bo’lganligi -145,206 tiyni kamayishiga olib kelgan. Korxonada xodimlarni asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi 2009 yilda 8617,6 so’mni tashkil qilib 2010 yilga kelib 3114,3 so’mni tashkil qilgan. Bu esa o’tgan yilga nisbatan -5503,3 so’m kamaygan bu holat o’z navbatida 36,1%ni tashkil qildi. O’z mablag’larining asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi 2009 yilda 8,626 so’m bo’lgan 2010 yil oxiriga kelib 0,707 ya’niy -8,419 so’mga kamaygani korxonada asosiy vositalar bilan izohlaymiz.