Asosiy ishlab chiqarish fondlarining yillik o’rtacha qiymati quyidagicha aniqlanadi:
Fishga tush. x i1 Fishdan chiqish xi2
F = F1 + ——————; ————————; 12 12
Bunda: F1 – asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil boshidagi qiymati, so’m;
Fishgatush.; Fishdanchiqish. – yil mobaynida ishga tushirilgan (hisobdan chiqarilgan) asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati, so’m;
i1, i2 – ishga tushirilgan (hisobdan chiqarilgan) vaqtdan
keyingi to’liq oylar soni.
KIRISH………………………………………………………………………...
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni oshiruvchi asosiy yo’nalishlar.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini xalq xo’jaligi miqyosida baholash qiyin. Bu muammoning yechimi mahsulot ishlab chiqarishning oshishiga, aholi istemolini to’laroq qondirilishiga, mamlakatda uskunalar badlansining oshishiga, mahsulot tannarxining kamayishiga, ishlab chiqarish rentabilligining oshishiga olib keladi.
Asosiy fondlardan nisbatan to’laroq foydalanish yangi quvvatlarni jalb qilish kabi ehtiyojlarning kamayishiga olib keladi.
Asosiy fondlardan foydalanishning yaxshilanishi ularning aylanish tezligining oshganligini ham bildiradi.
Xullas, asosiy fondlardan samarali foydalanish iqtisodiy islohotlarning muhim vazifasi hisoblangan - chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshishi, raqobat sharoitida mahsulotlarning tez realizasiya qilinishi bilan ham chambarchas bogliq.
Asosiy fondlardan samarali foydalanish ularning samaradorligini oshirishga ta’sir qiluvchi intensiv va ekstensiv omillardan qanchalik to’liq foydalanilayotganligiga bogliq. Asosiy fondlardan foydalanishning ekstensiv o’sishi bir tomonidan kalendar davrda uskunalardan foydalanish vaqtini oshirishni taqozo qilsa, ikkinchi tomondan uskunalarning umumiy qiymatida ishlayotgan uskunalar hissasini oshirishni taqozo qiladi.
Uskunalaran foydalanish vaqtini oshirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilar:
bo’sh turib qolishlarni kamaytirish maqsadida uskunalarni ta’mirlash sifatini oshirish, o’z vaqtida asosiy ishlab chiqarishni ishchi kuchi bilan, xom- ashyo bilan, yonilgi va yarim fabirkatlar bilan ta’minlab turish;
Kun mobaynida uskunalarning bekor turib qolishini qisqartirish, ularning ish koeffisiyentini oshirish.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo’li