tuzilmasining, birinchi o’rinda uning aktiv qismini - mashina va asbob-uskunalarni ko’paytirishga yo’naltirilgan takomillashtirishdan manfaatdor bo’lishi lozim. Ularning ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori shunchalik katta bo’ladi va aksincha.
Korxona asosiy fondlarining turlar bo’yicha tuzilmasi, ko’p jihatdan kapital qo’yilmalarning texnologik tuzilmasi orqali, jumladan, ularning yangi qurilish va qayta ta’mirlash, amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta qurollantirish bilan avvaldan belgilab qo’yilgan bo’ladi. Asosiy fondlarning turlar bo’yicha tuzilmasiga ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentrasiya qilish darajasi ham katta ta’sir o’tkazadi. Yirik korxonalar, ishlab chiqarishni fondlar bilan ta’minlashda va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishda kichik va o’rta korxonalarga qaraganda ko’proq imkoniyatga ega. Biroq kichik korxonalar harakatchanroq, ularning boshqaruvi moslashuvchanroq bo’lib, natijada ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish osonroq kechadi.
Asosiy fondlar alohida guruhlari o’rtasidagi nisbat asosiy fondlarning qaysi guruhi uchun mablag’ sarflanishi jamiyat uchun ahmiyatsiz emas. Chunki korxonalarni ishlab – chiqarishda asosiy o’rin egalaydigan va ularning ishlab chiqarish imkoniyatlarini xarakterlaydigan asosiy fondlarning aktiv qismi - mashina va jihozlarning ko’payishi qiziqtiradi.
Asosiy fondlar aktiv qismining normal ishlashini ta’minlaydigan binolar, inshootlar, inventarlar asosiy fondlarning passiv qismiga kiradi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatida jihozlar hissasining oshishi boshqa teng sharoitlarda ishlab chiqarishning o’sishiga va fondlar qaytimining oshishiga olib keladi.
Shuning uchun aosiy fondlar strukturasini to’g’ri tashkil etish ishlab chiqarishning o’sishiga, tannarxning pasayishiga va korxona pul mablaglarining ortishga olib keluvchi shart sifatida qaraladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari strukturasiga asosiy ta’sir qiluvchi omillar