Bozor va tavakkalchilik. Reja Bozor tushunchasi va uning vazifasi Tavakkalchilikni o‘lchash



Yüklə 61,84 Kb.
səhifə2/3
tarix02.06.2023
ölçüsü61,84 Kb.
#123912
1   2   3
Bozor va tavakkalchilik. Reja Bozor tushunchasi va uning vazifas

Tavakkalchilikni o‘lchash.
Tavakkalchilikni o‘lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog‘liq. Amerikalik olim F.Nayt (1885-1974) ehtimolni ikki turga bo‘ladi: matematik, ya’ni oldindan aniqlash mumkin bo‘lgan ehtimol va statistik ehtimol. Birinchi tur ehtimolga tanganing raqam yoki gerb tomonini tushish ehtimoli 1/2 ga tengligi yoki o‘ynaydigan olti qirrali toshning oltita raqamidan bittasini tushishi ehtimolining 1/6 ga tengligi misol bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi turdagi ehtimolni empirik, ya’ni faraz qilish yo‘li orqali aniqlash mumkin. Masalan, korxonaga xom ashyoni vaqtida yetib kelmaslik ehtimoli faraz qilinganda, ushbu faraz qilingan raqam baholovchining bilimiga, tajribasiga asoslanadi. Negaki, ushbu voqeaning takrorlanishi to‘g‘risida statistik ma’lumotlar yo‘q. Ehtimol subyektiv ravishda aniqlanganda, bitta hodisani har xil insonlar har xil qiymatdagi ehtimol bilan baholaydi.
Yuqoridagi misolda voqeaga ta’sir qiluvchi tasodifiy omillar ko‘p va ularning hammasini bartaraf qilish mumkin emas. Bundan tashqari, bu yerda teng ehtimolli alternativ variantlarning yo‘qligi ehtimolni matematik hisob-kitoblar orqali aniqlashga imkon bermaydi.
Birinchi turdagi ehtimolni ob’ektiv ehtimol desak, u iqtisodiyotda kamroq uchraydi, ikkinchi turdagi ehtimoldan subyektiv ehtimol bo‘lib, biznesga xosdir. Ham obyektiv va ham subyektiv ehtimollar tavakkalchilik darajasini ifodalashda va tanlashda foydalaniladi. Obyektiv ehtimol o‘rtacha qiymatni aniqlashga yordam bersa, subyektiv ehtimol olinishi mumkin bo‘lgan natijalarning o‘zgaruvchanlik mezonini aniqlashga yordam beradi. Tavakkalchilikni miqdoriy aniqlash uchun biror voqea yoki hodisaning olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini va bu oqibatlarning ehtimolini bilish kerak bo‘ladi.
Kutiladigan miqdor - bu mumkin bo‘lgan barcha natijalarning o‘rtacha o‘lchangan qiymatlari. Bu yerda har bir natijaning ehtimoli ushbu mos qiymatlarning takrorlanish chastotasi yoki o‘lchovi.
bu yerda - mumkin bo‘lgan natija;
- ushbu natijaning paydo bo‘lish ehtimoli, .
Masalan, korxona yangi mahsulot ishlab chiqarmoqchi, agar korxonaning yangi mahsuloti bozorda muvaffaqiyatga erishsa, har bir aksiyaga 1000 so‘m olish mumkin, agar muvaffaqiyatga erishmasa, bir aksiya uchun 100 so‘m olinadi. Korxona mahsulotining bozorda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli 0,6 ga teng bo‘lsa, kutiladigan dividend qiymati quyidagicha aniqlanadi:so‘m/aksiya.


Yüklə 61,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin