Bronxial astmada nafas qisilishi xurujlari uch bosqichga bo’linadi:
Qo’zg’atuvchi ta’siri davri;
Avj olishi davri;
Orqaga rivojlanish davri.
Qo’zg’atuvchi ta’siri davri infektsion-allergik tabiatga ega bronxial astmatik bemorlarda yaqqolroq namoyon bo’ladi: burun-halqum a’zolari tomonidan vazomotor reaktsiyalar (burun oqishi, tinimsiz aksa urish).
Ikkinchi davr (u to’satdan boshlanishi mumkin) ko’krak qafasidagi torlik hissi bilan ifodalanadi, bu erkin nafas olish imkonini bermaydi. Nafas olish keskin va qisqa bo’lib, nafas chiqarish uzoq va shovqinli bo’ladi. Nafas olish baland ovozli xirillash, yopishqoq balg’amli yo’tal yuzaga kelib, bu nafas olish aritmiyasini keltirib chiqaradi.