ONA TILI
46. Qaysi gapda birgalik nisbatdagi yasama fe’l qatnashgan?
A)Vodil qishlog‘ining choyxonasi yo‘l boshidagi ikkita katta keksa chinorning soyasida joylashgan.
B)O‘tgan yili qishloq jamoasi choyxonani ta’mirlashdi, obod qilishdi.
C)Past-baland chorpoyalarda qip-qizil, ozoda gilamlar ustida odamlar guruhguruh bo‘lib choy ichishadi, chaqchaqlashadi.
D)O‘ng tomondagi chorpoyada to‘rt-besh kishi o‘tirib, qah-qah urib kulishadi.
47 Ravish yasovchi qo‘shimchalarni toping.
A)-a, -ak, -garchilik, -at B)-a,-an,-i,-ur
C)-cha, -lab. -an, -larcha
D)-larcha,-tacha, -gacha, -an
48. Hech kimdan kam emassan, kam bo‘lmagaysan, Yerda qolsang, oftob bo‘lib kulmagaysan,
Qachon belni mahkam tortib bog‘lagaysan?
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
Berilgan she’riy parchadagi gaplar haqidagi to‘g‘ri hukmni aniqlang?
A)berilgan she’riy parchadagi gaplarning barchasi tarkibidagi kesimlar yasama so‘z bilan ifodalangan.
B)berilgan she’riy parchadagi gaplarning barchasi eganing ishtirokiga ko‘ra egasi ma’lum gap hisoblanadi.
C)berilgan she’riy parchadagi gaplarning barchasi tarkibida kesimga bevosita tobelangan vositasiz to‘ldiruvchilar qatnashgan.
D)berilgan she’riy parchadagi gaplarning barchasi tarkibida faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so‘zlardan iborat hollar qatnashgan.
49. Imlo qoidasiga ko‘ra xato yozilgan so‘zni toping.
A)daf’atan B) mas’uliyat C) ta’qiqlamoq D) ra’y
50. Quyida berilgan so‘zlarning nechtasidan sifat yasovchi qo‘shimcha bilan omonim bo‘la oladigan qo‘shimcha yordamida ot yasash mumkin?
arava, o‘yin, yosh, kech, oqshom, tayan, bos
A) yettitasidan B) beshtasidan
C) to‘rttasidan D) oltitasidan
51. Sen gar uchqur saman bo‘lsang ham, yetaman. Ushbu gapdagi yasama so‘zga aloqasi bo‘lgan so‘zdan yasalgan so‘z qo‘llangan javobni toping.
A) Uchqur pichoq bilan o‘yib oldi.
B)Otgan o‘qi uchli bo‘lganligi uchun sanchildi
C)Akmalning uchuvchi bo‘lish orzusi bor.
D)Biz katta uchlikni tashkil qilamiz.
52. Bunday betakror mumtoz ashulalarni iste’dodli hofizlar ijro etishadi, chunki bu qo‘shiqlarning sehrini va jozibasini tinglovchiga yetkazib berish oson emas.
Ushbu qo‘shma gapning ergash gap qismida gap bo‘laklari nechta so‘z birikmasini hosil qilgan?
A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta
53. Qaysi ismning ma’nosi “baxti quyosh kabi porloq” ma’nosini bildiradi?
A)Anvar B) Feruza C) Akmal D) Xurshida
54. Fe’l yasovchi va ot yasovchi qo‘shimcha ta’sirida so‘zning tovush tarkibida ikki xil fonetik o‘zgarish ro‘y bergan so‘z qo‘llangan gapni aniqlang.
A)Yalqov va dangasalar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi.
B)Men shunaqa biroz yig‘loqman.
C)Mahbus mislsiz qiynoqlarga ham indamay dosh beribdi.
D)Ammamning uyida sayroqi qushlar ko‘p.
55. Olmoshning to‘rt ma’noviy guruhiga mansub so‘zlar qatnashgan javobni belgilang.
A) Mana buni aytsa bo‘lar Eng oliy, zo‘r muammo! O‘rab oldi uni beshov, Miq etmasdi u ammo.
B)Qanchadan qancha ajdodlarimiz orzu qilgan kunlar siz-u bizga nasib etdi.
C)Anovi kungi yosh mehmonni senga maqtasam, achchig‘landing, ammo kelib- kelib bu kun seni o‘shanga berdilar.
D) Birovning do‘stlar-u xorijlari bor, Mening hech kimim yo‘q, - o‘zingdan boshqa.
Dostları ilə paylaş: |