D)Yaxshilikka yaxshilik qaytarish kerakligini esingdan chiqarma.
4. Tarkibida jarangsiz undoshni jarangli jufti bilan almashtirib yangi so’z hosil qilish mumkin bo’lgan so’zlar?
A) tarz, tovon, ganch B) tom, solih, qarz
C)toq, sog’, xiyla D) don, o’z, dil
5. Kishi qanchalik ma’rifatli bo’lsa, u o’z vatani uchun shunchalik foydalidir.
Ergashgan qo’shma gap turini ko’rsating.
A)ega ergash gapli qo’shma gap
B)hol ergash gapli qo’shma gap
C)to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap
D)aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap
6. Qaysi gapda qo’shimchalar ta’siri bir so’zning tovush tarkibida ikki xil fonetik hodisalar yuz bergan? 1) Inson o’z umrining hisobli bo’lishini hamisha kech anglaydi. 2) Jo’jalarning sanog’ini bilmadim. 3) Davr qiynoqlari vaqtincha – hali hammasi oldinda.
4) Radiodan o’ynoqi musiqa yangradi.
A)1,3 B)1,2 C) 2,4 D) 3,4
7. Qaysi gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan so’z mavjud?
A)Universitet faoliyati to’g’risidagi tashviqot ishlarini olib borishda faol qatnashdik.
B)Sarvar juda qo’rqib ketganidan voqeaning butun tafsilotini unga birma-bir gapirib berdi.
C)Har doim onam tayyorlagan shirin-shirin taomlarni tanavvul qilish xush yoqadi.
D)Mana shu nuqtalardan qarab, men bu “soddadil”, “yuvosh” va “gunohsiz” sart qiziga eng oliy jazo talab qilaman.
8. Qaysi gapda paronimlarni qo’llash bilan bog’lq xatolik mavjud?