IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. (10 daqiqa) “O‘z o‘rningni top!” o‘yini
O‘quvchilarga har xil so‘zlar tarqatiladi. O‘quvchilar so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib gaplar tuzadilar. Bu mashq o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlashga bir qadar yordam beradi. Masalan, 1. Onamga, men, yumushlarida, uy, yordamlashman. 2. Bola, odobli, manzur, elga va boshqalar.
Guruhlarda ishlash.
Darslikda berilgan topshiriq guruhlash va tahlil usulida bajariladi.
Topshiriq. Quyida berilgan so‘roqlar asosida gap tuzing: kim?, qachon?, qayerga?, nima bilan?, nima qildi? Guruhlarga darslikda berilgan 113-mashqni shartiga ko‘ra bajarishlari vazifa qilib topshiriladi. Bunda o‘quvchilar berilgan jadval asosida gaplar tuzishga harakat qiladilar.
114-mashq shartiga asosan gaplardagi so‘zlarning so‘rog‘ini aniqlab, qavslar ichiga so‘rog‘ini yozadilar. Masalan: Bir kuni ( ) bog‘ga ( ) shamol ( ) kiribdi-da ( ), bir joyga ( ) berkinib olib ( ), gullarni ( ) tomosha qila boshlabdi ( ).
115-mashqda o‘quvchilar so‘zlarni o‘rni-o‘rniga qo‘yib, gaplar hosil qiladilar.
116-mashqda matndagi ostiga chizilgan so‘zlarning so‘roqlari aniqlanadi.
“Teskari test” metodi 1. …………………………………………………………………………..? A) gap bo‘laklari ikki turli bo‘ladi B) bosh bo‘laklar: ega va kesim C) gap bo‘laklari D) ikkinchi darajali bo‘laklar: hol, to‘ldiruvchi va aniqlovchi
Grammatik topishmoqlar Tugal mazmun bildirar, So‘nggida nuqta bo‘lar. (Gap)
Gapga bor bosh bo‘laklar, Biri doim hukmron. Ega, ergash bo‘laklar,
Unga ergashar hamon. Ergash va bosh bo‘laklar, Bular ekan qaysilar?