Miqdorlarga doir masalalar yechishda ko‘rgazmali qurollarning ahamiyati
Miqdorlar haqidagi tasavvurlarni to‘g‘ri va puxta shakllantirishda ko‘rgazmalilikning turli vositalari ya’ni geometrik figuralar modellari-yu har xil chizmachilik o‘lchash asboblaridan keng foydalanish kerak. Kesma uzunligi tushunchasi predmetlarni uzunligi bo‘yicha taqqoslash asosida kiritiladi. Masalan: o‘qituvchi bolalarga 2 bo‘lak lentani ixtiyoriy uzunlikdagi 2 ta qog‘oz palaska va hakazolarni ustma-ust qo‘yish yo‘li bilan taqqoslashni taklif qilish mumkin. Amaliy ishlar bunda ularning so‘zlar yordamida ifodalari bilan kuzatiladi. Uzunliklar bo‘yicha “teng”, uzunliklari bo‘yicha “teng emas” so‘zlarining mazmunlari “Bir xil”, “Uzunroq”, “Qisqaroq” kabi tushunarliroq so‘zlar orqali aniqlanadi.
O‘quvchilar santimetr haqida ayoniy tasavvur olishlari uchun, ular o‘qituvchi raxbarligida santimetrning bir qancha modelini tayyorlashlari lozim. Buning uchun katakli qog‘oz varog‘idan eng bir katta teng bo‘lgan uzun paloska qirqishlari kerak. Paloskalarni ustma-ust qo‘yib, bolalar ular o‘zaro teng ekaniga ishonch xosil qiladilar. Bunday paloskalarning har biri santimetrning modeli ekanligini tushuntiriladi. Santimetr modeli yordamida o‘quvchilar
1. Berilgan kesmani o‘lchash
2. Berilgan uzunlikdagi kesmani yasash malakasini xal qilishni o‘rganib olishlari kerak.
O‘qituvchi 1 metrni yog‘och chizg‘ichni ko‘rsatadi va bu chizg‘ich metrning modeli ekanligini aytadi. Metr bilan tanishtrishda bolalarga 1 metrli yog‘och chizg‘ichni ko‘rsatibgina qolmay u bilan qanday o‘lchashni ko‘rsatishi bunda bolalarning o‘zlari sinfning doskaning, eshikning eni va bo‘yini mustaqil topa oladigan bo‘lishi muhimdir. Bolalar millimetr bilan keyinroq esa kilometr bilan tanishadilar. Kilometr bilan tanishtirilganda uzunlik o‘lchovining bu birligi haqida tasavvurni shakllantirish maqsadida er ustida amaliy ishlar o‘tkazish tavsiya etiladi. Bu maqsadda o‘quvchilar o‘qituvchi boshchiligida 1 kilometrga yoki 500 metrga teng masofani o‘qishlari va bu masofani qancha vaqtda o‘tganliklarini aniqlashlari foydalidir.
O‘tilgan masofani yo qadamlar bilan ruletka o‘lchov lentasi bilan o‘lchaydilar.
3-sinfda o‘lchov birliklari mustahkam
1 km = 1000 m 1 dm = 10 sm
1 m = 10 dm 1 sm = 10 mm
1 m = 100mm = 1000 mm
Bu jadvalni o‘quvchilar esda saqlab qolishlari kerak. Har – xil predmetlarning so‘zlar orqali ifodalari bilan kuzatib borishgan. “Engil”, “Og‘irroq”, “Bir xil og‘irlikda”. Bolalar 1 - sinfda tanishadigan birinchi massa birligi kilogrammdir. Birinchi darsning o‘zidayoq pallali tarozida har – xil predmetlrni 1, 2, 5 kg li toshlari naborida foydalanib tortish bilan tanishtirish kerak.
Navbatdagi darsda xajm (sig‘im) o‘lchov birligi “litr” bilan tanishadilar ya’ni 1 litrli banka krujka kabilar bo‘lishi kerak. 2 – sinfda o‘quvchilarni savdo tarozisini tanishtirish tavsiya etiladi. Oziq – ovqat magaziniga ekskursiyaga olib chiqib “Massa o‘lchovlari” kg, s, tonna kabilar bilan tanshadi. “Vaqt o‘lchovlari” mavzusini o‘rganishda bolalar vaqt o‘lchovining asosiy birliklari haqida aniq tasavvurgaega bo‘lishlari kerak. Bular yil, oy, xafta, sutka, soat, minut.
1. Tabel kalendar. Bu har bir o‘quvchida bo‘lishi kerak. Joriy yil uchun bunday tabel kalendarni o‘quvchilarni o‘zlari o‘qituvchilarni rahbarligida mehnat darslarida tayyorlaydilar.
2. Soatlar demonstratsion modeli darslikda berilgan mashqlarni ko‘pchiligi siferblash bilan ishlashni talab qilganligi uchun har bir o‘quvchi modellarni tayyyorlagan bo‘lishi kerak.
3. Maktab o‘quvchilarn kundalik rejimi jadvallari “Vaqt” o‘lchovlari mavzusini o‘rganish vaqtiga qadar o‘quvchilar xafta bilan tanish bo‘ladilar.
- Bu yil 1 yanvar, 21 mart, 1 sentyabr xaftaning nechanchi kuniga to‘g‘ri keladi.
- Yilda uchinchi bo‘lib keluvchi oyning nomi nima? kabi
Sutka tushunchasi sutkaning bolalarga tanish bo‘laklar bo‘lgan ertalab, kunduzi, kechqurun, tun tushunchalari orqali kiritiladi. Mamlakatimiz xayotidan olingan misollar, zavod va fabrikalar 1-minutda bir ish kunida qancha maxsulot ishlab chiqarish haqidagi son ma’lumotlar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
1 asr – 100 yil 1 sutka – 24 soat
1 yil – 12 oy 1 soat – 60 minut
1 oy - 30 yoki 31 sutka 1 minut – 60 sekund
Fevral oyi 28 yoki 29 sutka.
“Miqdorlar” mavzusiga oid dars ishlanmalaridan namunalar.
3 – sinf. Matematika darsi.
Mavzu: Tonna, sentner (395-405 misollar)
1. Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o‘quvchilarni yirik massa birliklari sentner va tonna bilan tanishtirish.
b) tarbiyaviy: Inson mehnatini qadrlashga o‘rgatish.
2. Dars uslubi: suhbat, ko‘rgazmalilik
3. Dars tipi: yangi bilim berish.
4. Dars jixozi: darsga oid ko‘rgazmali qurollar, ko‘rsatmalar.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism: davomad: o‘quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.
O‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazish.
Bir yilda nechta fasl va nechta oy bor?
Hozir yilning nechanchi oyida turibmiz?
Noyabr oyida necha kun bor?
Bugun noyabr oyining nechanchi kuni.
2. Uyga vazifani tekshirish.
a ) Uyga berilgan vazifa aniqlanadi.
b ) Vazifa tekshiriladi, misollar og‘zaki so‘raladi.
- 50 500 dan nechaga kichik
- 400 100 dan nechaga katta.
3. YAngi mavzu ustida ishlash.
A ) 395 – 396 misollar og‘zaki bajariladi.
395 – misol.
360 + 40 = 400 510 + 400 = 910
460 – 40 = 420 830 – 600 = 230
396 – misol.