Savol: Pifagor U deganda kimni nazarda tutgan?
Javob: Faylasuf.
3. Qadimgi Yunonistonda erkaklar xotini yoki xizmatkor ayolni bozorga olib borganida ulardan umuman gapirmaslikni talab qilishar ekan.
Savol: Xotini yoki xizmatkor ayol nega gapirmasliklari kerak edi?
Javob: Chunki ayollarning og‘zida tanga pullar bo‘lgan.
Izoh: O‘sha paytda tanga pullarni og‘izlarida olib yurishgan. Puli borligini bildirmaslik uchun ularga gapirish ta’qiqlangan edi.
4. Bundan taxminan 20 yillar avval Yaponiyada bir tovar sotadigan avtomatlar paydo bo‘lgan edi. Ular asosan temiryo‘l vokzallari hududida joylashgan bo‘lib, avtomatdagi sotilmagan tovar 1 kunda 3 marta yangisiga almashtirib turilgan.
Savol: Ushbu avtomatlarda nima sotilgan?
Javob: Gullar.
Izoh: Odatda, insonlar tanishlarini kutib olish uchun gullar sotib olishadi. Avtomatning vokzal hududida joylashgani bejiz emas. Sotilmay qolgan gullar esa yangisiga almashtirilgan.
5. Maʼlumotlarga ko‘ra, inson insult bo‘lganida miyaning zararlangan joyiga sog‘lom, qonga boy qismidan qonni taqsimlash jarayoni boshlanar ekan. Bu jarayon bir afsonaviy ingliz qahramoni nomi bilan atalar ekan.
Savol: Ushbu qahramonni yozib bering.
Javob: Robin Gud.
Izoh: Bilasiz, Robin Gud qaroqchilik yo‘li bilan boylarni talab, moddiy boyliklarni kambag‘allarga tarqatgan. Insult paytida ham shunga o‘xshash hodisa yuzaga kelar ekan, ya’ni miyaning qonga boy qismlaridan zararlangan joylariga qon taqsimlanar ekan.
6. Bu yangilik haqida eshitgan odamlar undan foydalanish til saratoni bilan kasallanish mumkinligi haqida mish-mish tarqatishgan ekan.
Savol: Ushbu yangilikni 2 so‘z bilan yozib bering.
Javob: Pochta markasi.
Izoh: Avvallari pochta markasining orqa tarafini til bilan namlantirib, so‘ng yopishtirilgan. Hozirda esa maxsus yelimdan foydalaniladi.
7. Ma’lumki, jundan qilingan mahsulotlar kichrayadi. Avstraliyalik olimlar bunga qarshi vosita ixtiro qilishgan. Ushbu vositaning tarkibiga molibden, sulfat va yana boshqa komponentlar kirar ekan.
Dostları ilə paylaş: |