Bu elementlarning umumiy soni 33 ta b



Yüklə 223,59 Kb.
səhifə12/22
tarix02.01.2022
ölçüsü223,59 Kb.
#47678
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bu elementlarning umumiy soni 33 ta b-fayllar.org

Vanadiy. Atom belgisi 23, atom massasi 50, 9414. Tabiatda ikki barqaror izotopi 50V va 51 V ma’lum. 1869 yilda G. E. Rosko tomonidan olingan. Er po’stlog’idagi massasi bo’yicha miqdori 0, 015 % ni tashkil etadi.

Vanadiy tarkibida vanadiy bo’lgan temir va polimetall rudalardan olinadi. U odatda, rudalardan vanadiyning temir bilan qotishmasi—ferrovanadiy yoki vanadiy angidridi V2O5 xolida olinadi. Toza vanadiy metalini V2O5 yoki VCI3 ni kaytarib yoki VCI3 ni termik dissotsiatsiyalab xosil qilinadi.

Toza xolda vanadiy kumushsimon kulrang plastik metall, 1900 °C da eriydi. Unga suv, dengiz suvi, ishqor eritmalari ta’sir qilmaydi. Tuz va suyultirilgan kislota eritmalari (HCI, HNO3, H2SO4)ga ham befarqdir. 300 °C dan yuqorida vanadiy havo kislorodi, galogenlar, vodorod bilan, 700 °C dan yuqorida esa azot va uglerod bilan reaksiyaga kirishadi. Vanadiy ftorid kislota, nitrat kislota va zar suvida eriydi. U o’z birikmalarida ikki, uch va besh valentli bo’ladi.

Vanadiyning VO, V2O3, VO2 va V2O5 kabi oksidlari ma’lum. Yuqori oksidi bo’lgan V2O5 kislota tabiatiga ega, dioksidi VO2 esa amfoterdir. Quyi oksidlari bo’lgan VO va V2O3 lar asos xossalariga ega. Oksidlari orasida V2O5 va uning xosilalari katta ahamiyatga ega.

Vanadiy (U)- oksidi yoki vanadat angidrid V2O5 tuq-sarik. rangli, ishqorlarda erib, metavanadat kislotasi HVO3 ni xosil qiladi.

Vanadat angidrid sulfat kislota olish jarayonida kata­lizator sifatida, maxsus shishalar, glazur va lyuminoforlar tayyorlashda qo’llaniladi.




Yüklə 223,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin