Manbalarning xabar berishicha, xristianlik yaxudiylik muhitida vujudga kelgan. Shu bois xristianlikning shakllanishida yaxudiylikning ta’siri salmoqlibo’lgani, shubhasiz. Xristianlikning asosiy g’oyasi- Isoning odamzodning haloskori ,,messiya’’ ekanligiyaxudiylikda mavjud bo’lib, oxiratgayaqin kelishi kutilayotgan xaloskorhaqidagita’limotdan kelib chiqqandir.
Xristianlik jamoasining shakllanishi, aqidalarining tartibga solinishi, cherkov munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar tuzumining vujudga kelishi milodning IV asr boshlarida, ya’ni 324yili xristianlik Rim imoeriyasida davlatdini deb e’lon qilinganidan so’ng amalga oshirildi.
Xristianlik cherkovining Katolik va Provaslav ( ortodoks) cherkovlariga ajralib ketishi Rim papasi va Istanbul patriarxining xristian olamida yetakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida vujudga keldi. Ajralish jarayoni Rim imperiyasinining g’arbiy va sharqiy tafovutlari o’sib chuqurlashib borayotgan asrlardayoqboshlangan edi. 867- yillar orasida papa Nikolay va Istabnulpatriarxi Fetiy orasida uzil-kesil ajralish ro’y berdi va bu ajralish 1054-yili rasman tan olindi.
Provoslav (ortodoks) oqimi
Provaslov oqimi xristianlik uch asosiyb yo’nalishlaridan o’laroq, tarixdan uning sharqiy shaxobchasi sifatida shakllandi. Bu oqim asosan, Sharqiy Yevropa, Yaqin sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. Provoslav atamasi yunoncha ortodoksiya atamasidan olingan bo’lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Provoslaviyaning kitobiy asosalri Vizantiyada shakllandi, chunki buyo’nalishi u yerdagi hukmron din edi.
Provoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o’rin egallaydi. Cherkov ta’limotiga ko’ra bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bo’ladi