Buddaviylikning asosiy manbalari



Yüklə 45,31 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü45,31 Kb.
#201499
1   2   3
BUDDAVIYLIKNING ASOSIY MANBALARI42

Buddiylikning tarqalishi. Barcha jahon dinlari kabi buddaviylik ham ijtimoiy taraqqiyot natijasida va turli mamlakatlardagi ijtimoiy guruhlar tuzumlarning xususiyatlariga qarab, turli mazhablarga bo‘linib ketgan.
Buddaviylikda bir necha mazhablar paydo bo‘lgan. Bulardan eng yirigi I - asrda undan ajralib chiqqan hinayana ("kichik arava", tor yo‘l ma'nosida) Shri Lanka, Birma kabi mamlakatlarda keng tarqalgan; maxayana ("katta arava", keng yo‘l ma'nosida) Tibet, Xitoy, Yaponiya, Mongoliyada hamda Oltoy va Uzoq
Sharqda yashovchi ba'zi xalqlar o‘rtasida keng tarqalgan.
Buddaviylikka xos mazhablardan biri Tibet Mongoliyada tarqalgan bo‘lib, u lamaizm degan nom bilan yuritiladi. Buddaviyliknnng bu mazhabi mahalliy xalqlar o‘rtasida qadimdan mavjud bo‘lgan diniy tasavvur va urf-odatlarni o‘zlashtirgan.
Lamaizmda buddaviylikka xos tasavvurlar bilan bir qatorda, Buddaning yana kaytib kelishi va yer yuzida adolatli hokimiyat o‘rnatishi to‘g‘risidagi rivoyatga keng o‘rin berilgan. Lamaizmni ko‘chmanchi, qoloq, savodsiz xalq hayotiga moslashtirishga urinish mavjud, va undagi ibodat qilish tartibi ham ancha soddalashtirilgan.
Hindistonda quldorlik tartiblari barham topishi bilan buddaviylik braxmanizmga tobora yaqinlashib borgan, va keyinchalik hinduizmga qo‘shilib ketgan. XI-XII asrlarda buddaviylyak Hindistonda o‘z ta'sirini deyarli yo‘qotgan.
Buddaviylik ta'limotini tartibga solish maqsadida 1871 yilda Birmada buddavistlarning maxsus ibodatxonasida Tripitakaning turli tarjimalari va variantlarini taqqoslash natijasida yagona teksti ishlab chiqilgan edi. Yangi tekst mazmuni 729 ta marmar plitaga tushirilgan edi. Bu yozuvlar saqlangan ibodatxona dunyo buddistlarining muqaddas joyiga aylantirilgan.
Markaziy Osiyo Xalqlarining tarixida buddaviylik muayyan o’rin egallagan. Buddizmning Markaziy Osiyoda tarqalishi miloddan avvalgi II asrlarda grekbaqtriya podshohligining o’rnida qaror topgan Kushon imperiyasining rivojlangan davriga to’g’ri keladi. Kushon imperiyasi o’zining eng gullagan davrida (I-III asrlar) Markaziy Osiyoning bir qismini, Afg’oniston, Pokiston, Shimoliy Hindistonni o’z ichiga olgan. Buddizm Hindistondan markaziy Osiyoga, undan esa buyuk ipak yo’li orqali Xitoy va Uzoq Sharqqa tarqalgan. Budda dinining qadimdan keng hududlarga tarqalganligini Beruniy ham o’z asarlarida eslatib o’tgan: “Budda e’tiqodi janubga tomon Suriya hududigacha tarqalgan edi, so’ng mazdaizm siquvi ostida budparastlar Eron va Iroqdan Balxning janubidagi mamlakatlarga ko’chib o’tganlar”.
O’lkamiz xalqlarining Xindiston bilan Kushon davlati va Eftalit davrida yaxshi yo’lga qo’yilgan savdo-iqtisodiy munosabatlari tufayli hind madaniyati unsurlari bilan Budda dini kirib kelgan. “Buddizm sharqiy Eron va Movarounnahrda qaror topib, Balx hamda Buxorodek azim shaharlargacha etib kelgan.Yorkent, Xo’tan, Qashg’ar, Toshkent, Turfon, Kuchi va Qorashaharda Budda ibodatxonalari qad ko’targan.
Olimlarning ta’kidlashicha, buddaviylik zardushtiylik va moniylik dinlariga ta’siri katta. “Sayyid Nasafiyning e’tiroficha, Budda ta’limoti Zardushtiy an’analarini vujudga kelishiga ta’sir ko’rsatgan”. Lekin, bir guruh mutaxassislar tomonidan zardushtiylik dini dunyoning keng qadimgi dini sifatida qayd etilgan.
Shuning uchun, bu ikki qadimgi dinlarning o’zaro bir-biriga ko’rsatgan ta’siri haqida gapirsak, xaqiqatga Yaqinroq bo’ladi. Ikkinchi guruh olimlarining
Buddaviylik ruhoniylari xalqaro miqyosda uning mavqeini kuchaytirishga harakat qilmoqdalar. Shu maqsadda buddaviylikning‘ turli tashkilotlarini birlashtirmoqdalar, buddistlarning xalqaro konferentsiyalari, s'ezdlarini muntazam o‘tkazmoqdalar.
Buddaviylikning bir necha xalqaro tashkilotlari mavjud. Shulardan eng yirigi Jahon buddistlari qardoshligidir. U 1950 yili tuzilgan. 1956 yilda otaxon buddistlarining bu din paydo bo‘lganligini 2500 yilligi nishonlandi.
Markaziy Osiyoda bir necha yuz mingdan iborat koreys millatiga mansub kishilar yashaydi. Ularning oilaviy-maishiy an'analari, milliy udumlarining ayrim tarkibiy qismlari mahoyana (shimoliy) ko‘rinishdagi buddaviylik ta'sirida shakllangan. Xozirgi vaqtda bu mintaqada, ayniqsa, O‘zbekistonda koreys buddistlarni xristianlik ta'siriga olishga qaratilgan harakatlar avj olmoqda.
Takrorlash uchun savollar:
1.Buddaviylik dini qachon va qayerda vujudga kelgan?

  1. Buddaviylikning asoshisi kim?

  2. Ilk Buddaviylik ta'limoti asosi nimalardan iborat?

  3. Xinayana va Maxayana orasidagi asosiy farqlar nimalardan iborat?

  4. Markaziy Osiyoda Buddaviylik tarixini o‘rganishning qanday ilmiy muammolari bor?

  5. Buddaviylikning manbasi qanday nomlanadi?

Yüklə 45,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin