Budjet hisobi



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/150
tarix25.12.2023
ölçüsü3,75 Mb.
#197137
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   150
7-Budjet-hisobi.-M.Ostonaqulov-2008-Darslik

Zak. 211
33


Kelib tushgan summani mazkur budjctning daromadlariga o ‘tkazish 
uchun yetarli asos b o ‘lmasa yoki kclib tushgan summani budjct tasnifining 
qaysi bo‘linm asiga o ‘tkazishning imkoniyati bo‘lmasa, bunday summa 
aniqlanmagan tushum , dcb ataladi.
Respublika budjetiga kelib tushgan noaniq summalar hisobi va 
aniqlanishi bilan hamda qaysi budjctning daromadiga ulaming tegishliligi 
noma’lum b o ‘lgan holatlarda bunday tushumlami aniqlash bilan bank 
muassasasi shug‘ullanadi.
Mahalliy budjetlarga kelib tushgan noaniq summalaming hisobini 
va ulami aniqlash bilan tegishli mahalliy moliya organlari olib boradi. 
Bunday m ablag‘lar kelib tushganda tegishli mahalliy moliya organida 
quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 1 1 - « M a h a l l i y b u d je t m a b l a g ‘la r i d e p o z i t h is o b v a r a g ‘i» s u b s c h y o ti;
K r e d it 0 4 1 - « A n i q l a n m a g a n t u s h u m l a r » s u b s c h y o ti.
Agar bu summ alar mazkur mahalliy budjet daromadlari emasligi 
aniqlansa, u holda bu summalar qaytariladi. Aniqlanmagan tushum 
qaytarilganda tegishli mahalliy moliya organida quyidagi buxgalteriya 
provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 4 1 - « A n i q l a n m a g a n t u s h u m l a r » s u b s c h y o ti;
K r e d it 0 1 1 - « M a h a l l iy b u d je t n i a b l a g 'I a r i d e p o z i t h is o b v a r a g ‘i» s u b s c h y o ti.
Agar aniqlanmagan tushumlar sifatida hisobda turgan summa 
mazkur budjet daromadlariga tegishli ekanligi aniqlansa, u holda tegishli 
mahalliy m oliya organi buxgalteriya xizmatida bu xo‘jalik operatsiyasini 
quyidagi buxgalteriya provodkasi bilan rasmiylashtiriladi:
D e b e t 0 4 1 - « A n i q l a n m a g a n t u s h u m l a r » s u b s c h y o ti;
K r e d it 0 4 0 - « B u d j e t d a r o m a d l a r i » s u b s c h y o ti.
Aniqlanmagan tushumlar mahalliy budjetning hisobvarag'iga kelib 
tushgan kunidan boshlab bir oy mobaynida, dekabr oyida kclib tushganlari 
esa 31 dckabrgacha aniqlanilmasa, u holda bu summalar 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Davlat budjeti tasnifining 12-«Yig‘imlar va har xil nosoliq 
daromadlar» bo‘limining 25-«Boshqa tushumlar» paragrafi bo‘yicha 
daromadlarga o ‘tkaziladi. Mahalliy moliya organi buxgalteriya xizmatida bu 
xo‘jalik operatsiyasi bo‘yicha quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
2.2. Aniqlanmagan tushumlar hisobi
34


D e b e t 0 4 1 - « A n i q l a n m a g a n t u s h u m la r » s u b s c h y o t i ;
K r e d it 0 4 0 - « B u d j e t d a r o m a d l a r i » s u b s c h y o ti.
2.3. Vaqtincha mahalliy budjet daromadlariga
o ‘tkazilgan summ alar hisobi
042-«Vaqtincha mahalliy budjet darom adlariga o ktkazilgan sum- 
malar» subschyotiga Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat budjetiga 
va mahalliy budjetlarga umumdavlat soliqlari va daromadlaridan 
ortiqcha ajratilgan summalar bo‘yicha respublika budjetiga b o ig an
majburiyatlar yil oxiridagi yakuniy operatsiyalar yordamida hisobga 
olinadi. Yil mobaynida ushbu budjetlarga ortiqcha qilingan ajratmalar 
summalari «Daromadlar» kitobining (5-shakl) alohida qatorida 040- 
«Budjet daromadlari» subschyotida hisobga olinadi. 0 ‘tgan yil bo‘yicha 
umumdavlat soliq va daromadlaridan mahalliy budjetlar tomonidan 
olingan ortiqcha ajratmalar bo‘yicha qarzlami to ‘lash (qaytarish) uchun 
yangi yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi bank m uassasalari tomonidan 
mahalliy budjet m ablag‘lari depozit hisobvarag* idan hisobdan chiqarilgan 
summalar 042-«Vaqtincha mahalliy budjet darom adlariga o‘tkazilgan 
summalar» subschyotining debetiga o ‘tkaziladi.
2.4. Daromadlarning analitik hisobi
Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat budjeti va mahalliy budjetlarga 
kelib tushgan daromadlar va aniqlanmagan tushum lar summalarining 
analitik hisobi «Daromadlar» kitobida (5-shakl) olib boriladi. Uning 
«mundarija» qismida, mazkur budjetga kelib tushadigan daromadlarning 
barcha turlari, ya’ni budjet tasnifining bo'lim i, bobi va paragrafi, 
daromadning har bir turining to‘liq nomi va kitobda daromadning u yoki 
bu turiga bcrilgan kitob varaqlarining raqami k o ‘rsatiladi.
Davlat budjeti daromadlarining analitik hisobi asosida, bu hisob 
qaysi moliya organiga yuklatilganligidan qat’iy nazar, budjet daromadlari 
tasnifi yotadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjeti va mahalliy budjetlar 
daromadlarining analitik hisobini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Moliya vazirligi va mahalliy (viloyat, shahar, tum an) moliya organlari
35


amalga oshiradi. Analitik hisob daromadlarning har bir turi b o ‘yicha 
alohida-alohida budjet daromadlari tasnifining har bir bo‘limi bo‘yicha 
olib boriladi.
M emorial-order va kelib tushgan daromadlar to‘g ‘risidagi m a’lumot- 
nomalarga asosan bu kitobning «Kredit» ustuniga, har bir daromad turi 
uchun belgilangan qatorlar bo‘yicha yozuvlar qilinadi. Davlat soliqlari 
va daromadlaridan orliqcha ajratilgan summalar ushbu kitobga alohida 
qator bo‘yicha yoziladi. Noto‘g ‘ri yoki ortiqcha tushgan daromadlar, 
«Debet» ustunida xronologik tartibda yoziladi. Bu yozuvda mcmorial- 
ordeming tartib raqami, daromadlarning bo‘limi, bobi, paragrafi 
hamda summasi k o ‘rsatiladi. Oy tugashi bilan ushbu opcratsiyalar bir 
xi! alomatlarga ega bo‘lgan daromadlarning qaytarilgan summaiari 
bo‘yicha operatsiyalar debet «Oy bo‘yicha jam i» ustunining tegishli 
qatorlarida, har bir daromad turi bo‘yicha qaytarilgan umumiy 
summalar tartiblashtiriladi, so‘ngra joriy oy bo‘yicha, yil boshiga va 
040-«Budjet darom adlari» subschyoti bo‘yicha jam i hisoblab chiqiladi. 
Qaytarilayotgan summa mazkur daromad turi bo‘yicha yil boshidan 
buyon tushgan tushumlardan oshib ketgan hollarda (masalan, tugagan 
yil uchun qayta hisoblashlar bo‘yicha yil boshida qaytarilganda) hosil 
bo‘lgan manfiy qoldiq «Yil boshidan jami» ustuniga qizil siyoh bilan 
yoziladi. Aniqlanm agan tushumlar summasi «Daromadlar» kitobiga 
(5-shakl) 041-«Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti bo‘yicha yoziladi. 
Kitobning bir varag‘idagi qatorlar soni oylik operatsiyalami yozish uchun 
yctarli bo‘lmasa, u holda olingan daromadlar alohida turlari bo‘yicha 
kitobning keyingi varaqlaridan foydalaniladi.
M amlakat respublika budjeti darom adlarining kundalik analitik 
hisobini yu ritish bank muassasalariga yuklatilgan. Bank m uassasalari 
budjet 
darom adlari 
tasnifining hamm a 
b o ‘linmalari 
b o ‘yicha 
respublika budjeti darom alarining analitik hisobini olib boradi va har 
oyda respublika budjetiga tushgan darom adlar haqida hisobotni tuzib, 
0 ‘zbekiston R espublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi. 0 ‘zbekiston 
Rcspublikasi M oliya vazirligida 0 ‘zbckiston Respublikasi M arkaziy 
banki hisobotiga asosan, tugagan oyning budjet tasnifining hamma 
b o ‘linmalari um um iy jam i bo‘yicha «Darom adlar va xarajatlar hisobi
36


uchun har oylik vedom ost(yoki kitob)lar»da (5-m f-shakl) tugagan oy 
uchun darom adlarni analitik hisobi olib boriladi. «Darom adlar va 
xarajatlar hisobi uchun har oylik vedom ost(yoki kitob)lar» (5-m f- 
shakl) asosida m cm orial-order tuziladi, so ‘ng «Bosh-jurnal» kitobiga 
(1-shakl) yoziladi.

Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin