Z a k . 2 1 1
17
Moliya organlarida q o ‘llaniladigan buxgalteriya hujjatlariga yozuvlar
yozuv qurilmalari yordam ida amalga oshiriladi. Ikki yoki undan ko‘proq
nusxalarda tuziladigan buxgalteriya hujjatlari, yozuv mashinkasi
bo‘lmaganda, nusxa k o ‘chiradigan qog‘oz ostida sharikli ruchka pastasi
bilan to‘ldiriladi. Buxgalteriya hujjatlaridagi b o ‘sh qatorlar chizib
chiqiladi. Buxgalteriya hujjatlarida qirish va izohlanmagan tuzatishlar
qilishga yo‘l qo‘yilm aydi. Buxgalteriya hujjatlaridagi xatolami, noto‘g ‘ri
yozilgan matnni yoki summani ustidan chizib va chizilganning ustiga
to‘g‘ri matnni yoki summani yozish yo‘li bilan to ‘g ‘rilanadi. Ustidan
ingichka chiziq keyinchalik avval yozilganlarni o'qish mumkin bo‘lishi
uchun chiziladi. Buxgalteriya hujjatidagi xatoni tuzatish «tuzatilgan»
degan yozuv bilan izohlanishi va tuzatilgan sana ko‘rsatilgan holda
hujjatni avval imzolagan shaxslaming imzolari bilan tuzatilganligi
tasdiqlangan b o ‘lishi kerak. Kassa va bank hujjatlarida tuzatishlar
qilishga yo‘l q o ‘yilm aydi. Bu talablarga javob bermaydigan hujjatlar
haqiqiy emas, deb hisoblanadi.
Moliya organi buxgalteriya xizmatiga kelib tushgan boshlang‘ich
hujjatlar, albatta, shakl b o ‘yicha (barcha rekvizitlar va imzolaming borligi)
hamda m azm uni b o ‘yicha (hujjatlashtirilayotgan operatsiyalaming
qonuniyligi, ayrim olingan ko‘rsatkichlarning mantiqan o‘zaro bog‘liqligi)
tekshirib
chiqiladi.
Hujjatlardagi
ma’lumotlaming
ishonchliligiga,
boshlang‘ich hujjatlaming o ‘z vaqtida va sifatli tuzilganligiga ushbu
hujjatlami tuzgan va imzolagan shaxslar javob beradilar. Buxgalteriya
hisobiga qabul qilingan hujjatlar har kunlik barcha operatsiyalar bo‘yicha
274-shakldagi umumiy memorial-order rasmiylashtiriladi.
Tekshirilgan va buxgalteriya hisobiga olish uchun qabul qilingan
hujjatlar operatsiyalam ing amalga oshirilgan sanasi bo‘yicha xrono-
logik tartibda tartiblashtiriladi va tegishli memorial-ordcrlar bilan
rasmiylashtiriladi.
Memorial-orderlar operatsiyalar amalga oshirilishi bilan, ammo
hujjatlar olingan kundan keyingi kundan kechikmasdan tuziladi va bosh
buxgaltcr tomonidan imzolanadi.
Memorial orderlar hisobga olish registrlariga yozilishidan avval
birinchi sonidan boshlab ketma-kct tartibda, har oy uchun alohida-
alohida raqamlab chiqiladi.
18
Наг bir hisobot oyi tugagandan solng barcha memorial-orderlar,
ularga tegishli hujjatlar birgalikda xronologik tartibda yig‘ilgan va
kitob qilingan bo‘lishi kerak. Hujjatlar uncha ko‘p bo'lm agan taqdirda
ulaming uch oyligini birga q o ‘shib kitob qilish mumkin. Kitobning
muqovasiga: moliya organining nomi; kitobning nomi va tartib raqami;
hisobot yili (yil va oy); memorial-ordcrlaming boshlang‘ich va oxirgi
raqami; kitobdagi varaqlar soni yozib qo‘yiladi.
Hujjatlarning saqlanishi, ulam ing rasmiylashtirilishi va arxivga bcrili-
shini bosh buxgalter ta’minlaydi. Hujjatlar, ular arxivga topshirilgunga
qadar, maxsus xonalarda yoki yopiladigan shkaflarda bosh buxgalter
tomonidan tayinlangan shaxsning javobgarligida saqlanishi kerak. Moliya
organining buxgaltcriya arxivida buxgalteriya hujjatlarining kitoblari
bclgilangan muddat davomida saqlanadi. Buxgalteriya hujjatlarining
kitoblarini buxgaltcriya arxivida saqlash muddati tugagandan so‘ng
bclgilangan tartibda tegishli davlat arxiviga topshiriladi. Buxgalteriya
hujjatlarining kitoblari arxivga topshirilganligiga dalil bo ‘ladigan
hujjatlar buxgalteriyada doimiy saqlanadi.
U yoki bu sabablarga muvofiq buxgaltcriya hujjatlari yo‘qolsa
yoki o‘g ‘irlansa, u holda m oliya organi rahbari bu holatni tegishli
dalolatnoma bilan rasmiylashtirishi va yozma tarzda moliya organi
joylashgan hududdagi huquqni muxofaza qilish organlariga va yuqori
moliya organiga xabar bcrishi kerak.
M oliya organida maktab ta ’limi fondi budjetining ijro ctilishi bo‘yicha
buxgalteriya operatsiyalarini yozib borish uchun asos b o ‘lib quyidagi,
bclgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar xizmat qiladi:
1) budjctdan tashqari maktab ta ’limi fondi daromadlari va xarajat-
larining paramctrlari;
2) moliyalashtirish miqdorlari o ‘zgarganligi to‘g ‘risida m a’lumotno-
ma-xabamoma (17-mtj shakl);
3) farmoyish (5-mtj shakl);
4) o‘zaro hisob-kitoblar b o ‘yicha xabamoma (11-mtj shakl);
5) maktab ta’limi fondi maxsus hisobvaraqlaridagi m ablag‘lar
harakati to‘g‘risida m a’lumotnoma;
6) maktab ta’limi fondi m ablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasi
bajarilishi to‘g‘risida oylik va choraklik hisobotlar;
19
7) 0 ‘zbekiston Rcspublikasi Markaziy banki va tijorat banklari
muassasalarining maktab ta’limi fondi mablag‘lari hisobidan kapital
qo‘yilm alar va boshqa tadbirlami moliyalashtirish bo‘yieha hisobotlari;
8) memorial order (274-shakl);
9) O ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalarining mak
tab ta’limi fondi mablag‘lari maxsus hisobvarag‘idan k o ‘chirmalari,
0 ‘zbekiston Rcspublikasi Markaziy banki muassasalarining maktab
ta’limi fondi hisobvaraqlaridagi m ablaglar qoldiqlari to‘g ‘risidagi
hisobotlari;
10) m aktab ta’limi fondi m ablag‘larining ijro etilishi bilan bog‘liq
boshqa hujjatlar.
5 . D A V L A T B U D J E T I I J R O S I N I H I S O B G A O L IS H D A
Q O ‘L L A N I L A I ) I G A N B U X G A L T E R I Y A R E G I S T R L A R I
Davlat budjeti ijrosi bilan bog‘liq opcratsiyalar buxgalteriya
registrlariga mcmorial-orderlar va hujjatlar asosida yoziladi.
Qoraqalpog‘iston Rcspublikasi davlat budjeti va mahalliy budjetlar
ijrosining buxgalteriya hisobini olib borish uchun Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Moliya vazirligida va mahalliy moliya organlarida quyidagi
buxgalteriya rcgistrlari qo‘llaniladi:
1) «Bosh-jurnal» kitobi (1-f-shakl);
2) «Budjct mablagMari oluvchilarning budjet mablagMari bo‘yicha
talab qilib olgunga qadar asosiy dcpozit hisobvaraqlari va kassa
xarajatlari» kitobi (3-f-shakl);
3) «Boshqa budjetlar bilan hisob-kitoblar» kitobi (4-f-shakl);
4) «Daromadlar» kitobi (5-f-shakl).
Budjet ijrosi buxgalteriya hisobini olib borishda hisoblash tex-
nikasini q o ‘llash 0 ‘zbekiston Rcspublikasi Moliya vazirligini avtomat-
lashtirilgan hisoblash markazi tomonidan markazlashtirilgan tartibda
ishlab chiqilgan dasturlar asosida amalga oshiriladi.
Yangi yilning buxgalteriya kitoblari har bir moliya organida joriy
yilning 31 dekabridan kechikmasdan tayyorlanadi. Har bir kitobda, unga
yozuvlar qilishdan avval uning barcha varaqlari raqamlanadi. Kitobning
oxirgi varag‘ining orqasiga moliya organi bosh buxgalteri tomonidan
«M azkur kitobda hammasi b o i i b ___ ta varaq raqamlangan», deb yozib
20
qo‘yiladi. Har bir kitobga: moliya organining nomi, kitobning nomi va
hisobot yili yozib qo‘yiladi. Barcha kitoblarda (bosh-jurnal kitobidan
tashqari) unda ochilgan subschotlaming mundarijasi, «Daromadlar»
kitobida esa-b u d jet tasnifining tcgishli budjctga tushadigan daro-
madlaming bo'linmalarini nomlari yoziladi.
6 . D A V L A T B U D J E T 1 I J R O S I N I N G H I S O B I B O ‘Y I C H A
Y A G O N A S C H Y O T L A R R O ‘Y X A T 1 V A B A L A N S I
Barcha moliya organlari budjet ijrosining buxgalteriya hisobini
ikki yoqlama yozish tizimi va 0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya
vazirligi tomonidan tasdiqlangan y o ‘riqnomasiga muvofiq yagona
schyotlar ro‘yxati bo‘yicha yuritadi. 0 ‘zbckiston Respublikasi M oliya
vazirligi tomonidan tasdiqlangan moliya organlaridagi budjet ijrosining
buxgalteriya hisobi bo'yicha yo‘riqnomada schyotlar ro‘yxati va schyotlar
korrespondensiyasi bclgilanadi, ayrim opcratsiyalarni hisobga olish
tartibi aniqlanadi, budjet ijrosining buxgalteriya hisobi uchun m oliya
organlari tomonidan qo‘llaniladigan registrlar va hujjatlaming shakllari
kcltiriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya vazirligi tomonidan budjet
ijrosining joriy buxgalteriya hisobi uchun barcha moliya organlariga
yagona schyotlar ro‘yxati (rcjasi) belgilangan.
Dostları ilə paylaş: |