Budjet jarayoni mazmuni va mohiyati


Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish



Yüklə 261,2 Kb.
səhifə3/3
tarix31.05.2022
ölçüsü261,2 Kb.
#60163
1   2   3
Aliyeva N

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish - korxona rahbariyatining doimiy vazifasidir. Bu vazifani yechish amaliyotda kuyidagi omillar bilan bog’liq bo’ladi:
• bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishning maksimal hajmini ta’minlovchi, optimal ishlab chiqarish jarayonini tanlash;
• iste’molchilar talabini qondirishga yo’naltirilgan mahsulotni sotish va yuqori daromad (foyda) olish;
• aylanma vositalarni tejash imkoniyatini yaratuvchi optimal ishlab chiqarish zahiralarini yaratish.
Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi o’sishining tarkibiy qismlari kuyidagilardan iborat:
• mahsulot sifati va tarkibining yaxshilanishi;
• jonli mexnat unumdorlignning o’sishi;
• material sarfining kamayishi;
• fond samarasining oshishi.
Mezon masalasi iqtisodiy samaradorlik nazariyasining eng muhim sohasi hisoblanadi. Falsafiy ma’noda mezon - bu, asosiy o’lchov, muhim farqli belgi, asosiy nuktai nazardir. Shular asosidagina u yoki bu sohadagi bizning bilimlarimizning ob’ektiv haqiqatligini, to’g’riligini va ishonchliligini aniqlash, hakiqatni anglashmovchiliklardan farq kilish mumkin.
Ishlab chiqarishning asosiy maqsadiga erishish uchun barcha resurslardan oqilona foydalanish, tayyorlanadigan mahsulotning har bir birligiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish kerak. Demak, samarani o’lchaganda
mezon sifatida jami ijtimoiy mehnatni tejash, uning unumdorligini oshirish qabul etiladi.
Ishlab chiqarishning umumiy (mutlaq) samaradorligi deganda, xarajatlar va resurslarning ayrim turlari bilan solishtirilgan yoki taqqoslangan iqtisodiy samaraning umumiy miqtsori tushuniladi.
Xulosa:
Mehnat unumdorligi-mehnat samaradorligi va natijadorligining barcha jihatlarini aks ettirmaydi, masalan, u mehnat sifatini hisobga olmaydi, bundan tashqari, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish zarurligini ifodalamaydi.Mehnat unumdorligi tushunchasiga o’z ahamiyati jihatidan yaqin, lekin mazmunan yanada kengroq bo’lgan tushuncha mehnat samaradorligi tushunchasidir. Mehnat samaradorligi eng kam mehnat xarajatlari bilan yuqori mehnat natijadorligiga erishish darajasini ifodalaydi. Mehnat unumdorligi-bu xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichidir. Mehnat samaradorligi tushunchasi esa unumdorlik tushunchasidan kengroq bo’lib, u iqtisodiy jihatlar (aslida mehnat unumdorligi) dan tashqarii yana psixofiziologik va ijtimoiy jihatlarni ham o’z ichiga oladi.

.

Foydalanilgan adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O’zbekiston 2014.
O’zbekiston Respublikasining “Raqobat to’g’risida”gi Qonuni. Qonunlar to’plami. T.Adolat, 2011.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risida” gi Farmoni, 2012
Internet saytlar:
WWW.Hozir.org
WWW.Fayllar.org
WWW.Ziyonet.uz
WWW.Wkipediya.org

Etiboringiz uchun raxmat !!!


Yüklə 261,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin