Budjet nazorati


Mavzuni mustaqil o’zlashtirish



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
Mavzuni mustaqil o’zlashtirish 
Faning xususiyati, magistrantlarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab 
ishchi o’quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular magistrantlarga mustaqil 
ravishda o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini 
ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli 
bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va 
axborot manbalarini ko’rsatish lozim. 
Topshiriqni bajarish jarayonida magistrantlar mustaqil ravishda o’quv 
adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzu bo’yicha Loyiha ishi, taqdimot va 
slaydlar, keys stadilar tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o’zlashtirish qiyin bo’lsa, 
savollar paydo bo’lsa, adabiyotlar etishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va 
h.k.) o’qituvchidan maslahatlar oladilar. 
Mustaqil o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha tayyorlangan matn kafedrada 
himoya qilinadi. 
 
Mustaqil ishlarni baholash tartibi 
Magistrantlarni reyting asosida baholash tizimida mustaqil ishning 
bajarilishi yakuniy sinov sifatida xizmat qiladi. Albatta, mustaqil ishning 
magistrantlar tomonidan bajarilish muddati, yozma yoki Ilmiy loyiha ishlariga 
qo'yilgan talabga qay darajada javob berilishi, tavsiya etilgan adabiyotlardan 
qanday foydalanganligi baholash me'zonida nazarda tutiladi. Mustaqil ishning 
bajarilishini nazorat qilish oraliq nazoratlarda olib boriladi. Mustaqil ishlarning 
baholash me'zoni quyidagicha tashkil etish mumkin: 
Magistrantlar uchun - oraliq nazoratga ishchi dastur bo'yicha maksimal 
24(12/12) ball belgilangan bo'lib, shundan mustaqil ta'lim soatlarida bajargan 
ishlari, qilgan taqdimoti hamda budjet nazorati bo'yicha berilgan mustaqil ta`limni 
bajarishi uchun maksimal 10(5/5) ball hamda mavzular bo'yicha multimedialar 
tayyorlashi, slaydlar, ko'rgazmali qurollar va chizmalar tayyorlashdagi faoliyati, 
Oraliq nazorat uchun maksimal 34 ball belgilangan. 
Magistrant yuqori saviyada va mukammal yozgan mustaqil ishi bilan 
kafedra tavsiyasiga binoan institut yoki respublika darajasida o'tkaziladigan talaba 
va magistrantlarning ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etishi mumkin. 

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin