3- Debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risida ma’lumot.
Debitorlik va
kreditorlik qarzlar to’g’risida ma’lumot tashkilotning hisobot davri oxiriga
budjet va budjetdan tashqari mablag’lari hisobidan mavjud debitorlik va
kreditorlik qarzlari to’g’risidagi axborotni umumlashtirish uchun tuziladi.
Tekshirish davomida hisobotda aks ettirilgan barcha turdagi debitor va
kreditorlik qarzdorliklari analetik hisob ma’lumotlari bilan solishtirilishi va
tahlil qilinishi kerak. Ular quyidagi gruxlardan iborat:
“1-gr. bo’yicha jami. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar” qatorida
xarajatlar iqtisodiy tasnifining 1-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va
elementlari bo’yicha mavjud debitorlik qarzlar aks ettiriladi.
“2-gr. bo’yicha jami. Ish haqiga qo’shimchalar” qatorida xarajatlar
iqtisodiy tasnifining 2-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari
bo’yicha mavjud debitorlik qarzlar aks ettiriladi.
“3-gr. bo’yicha jami. Kapital qo’yilmalar” qatorida xarajatlar iqtisodiy
tasnifining 3-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo’yicha
mavjud debitorlik qarzlar aks ettiriladi.
“4-gr. bo’yicha jami. Boshqa xarajatlar” qatorida xarajatlar iqtisodiy
tasnifining 4-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va element-lari bo’yicha
mavjud debitorlik qarzlar aks ettiriladi.
“Xarajatlar guruhlari bo’yicha jami” qatorida yuqoridagi 4 ta xarajat
guruhlari bo’yicha jami debitorlik qarzlar aks ettiriladi.
“To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha” qatorida
yuqoridagi xarajat guruhlari bo’yicha aks ettirishning imkoni bo’lmaydigan
quyidagi hisob-kitoblar natijasida yuzaga kelgan debitorlik qarzlar aks ettiriladi:
-
bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalarida (bolalar bog’chalari va
yaslilarda) saqlanganligi;
-
bolalarning musiqa va san’at maktablarida o’qitilganligi;
-
tarbiyalanuvchilarning maktab-internatlarda va boshqa ta’lim muassasalarida
saqlanganligi;
-
ish joyida ovqat bilan ta’minlanganligi uchun xodimlar bilan va boshqa shu
kabi hisob-kitoblar natijasida yuzaga kelgan debitorlik qarzlar.
Mazkur debitorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl) va balans (1-
shakl)da aks ettirilgan 156 – “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-
kitoblar” subschyotining hisobot davriga mavjud debet qoldig’iga mos bo’lishi
lozim.
“Pensiya jamg’armasi hisobidan amalga oshiriladigan to’lovlarni
hisoblanishi bo’yicha” qatorida tashkilotlarning budjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasi hisobidan amalga oshiriladigan hisoblangan to’lovlar bo’yicha
debitorlik qarzlari aks ettiriladi.
“Kamomadlarga doir hisob-kitoblar bo’yicha” qatorida pul mablag’lari va
tovar-moddiy qimmatliklar kamomadlari bo’yicha, hamda aybdor shaxslar
hisobiga yozilgan va belgilangan tartibda undirib olingan tovar-moddiy
qimmatliklar qiymati bo’yicha yuzaga kelgan debitorlik qarzlari, shuningdek
boshqa hisob-kitoblar hisobi aks ettiriladi. Mazkur debitorlik qarzlar “Bosh
jurnal kitobi” (308-shakl) va balans (1-shakl)da aks ettirilgan 170 –
“Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining hisobot davriga mavjud
debet qoldig’iga mos bo’lishi lozim.
“Talabalar bilan to’lov-kontrakt mablag’lari yuzasidan hisob-kitoblar
bo’yicha” qatorida ta’lim muassasalarida talabalar bilan to’lov-kontrakt
mablag’lari bo’yicha, jumladan, to’lov-kontrakt mablag’larining hisoblanishi
natijasida yuzaga kelgan debitorlik qarzlar aks ettiriladi. Mazkur debitorlik
qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl) va balans (1-shakl)da aks ettirilgan 175
– “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar” subschyotining to’lov-kontrakt
mablag’larining hisoblanishi natijasida talabalardan yuzaga kelgan debitorlik
qarzlar qismi bo’yicha hisobot davriga mavjud debet qoldig’iga mos bo’lishi
lozim.
“Yuqori va quyi tashkilotlar o’rtasidagi boshqa hisob-kitoblar bo’yicha”
qatorida yuqori mablag’ taqsimlovchilar bilan ularga qarashli bo’lgan
muassasalar o’rtasida xarajatlar smetasining ijrosi jarayonida vujudga keladigan
turli hisob-kitoblar, jumladan, markazlashgan tartibda berilgan moddiy
aktivlarga doir operatsiyalar bo’yicha yuzaga kelgan debitorlik qarzlar aks
ettiriladi. Mazkur debitorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl) va balans
(1-shakl)da aks ettirilgan 180 – “Yuqori va quyi tashkilotlar o’rtasidagi boshqa
hisob-kitoblar” subschyotining hisobot davriga mavjud debet qoldig’iga mos
bo’lishi lozim.
“Yuqoridagi aks ettirilganlardan tashqari boshqa hisob-kitoblar bo’yicha
debitorlik qarzlar” qatorida yuqorida keltirilmagan boshqa debitorlik qarzlar aks
ettiriladi.
“Hammasi” qatorida tashkilotning barcha mavjud debitorlik qarzlari aks
ettiriladi.
“Kreditor qarzdorlik” qismida tashkilotning barcha mavjud kreditorlik
qarzlari aks ettiriladi.
“1-gr. bo’yicha jami. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar” qatorida
xarajatlar iqtisodiy tasnifining 1-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va
elementlari bo’yicha mavjud kreditorlik qarzlar aks ettiriladi.
“2-gr. bo’yicha jami. Ish haqiga qo’shimchalar” qatorida xarajatlar
iqtisodiy tasnifining 2-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari
bo’yicha mavjud kreditorlik qarzlar aks ettiriladi.
“3-gr. bo’yicha jami. Kapital qo’yilmalar” qatorida xarajatlar iqtisodiy
tasnifining 3-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo’yicha
mavjud kreditorlik qarzlar aks ettiriladi.
“4-gr. bo’yicha jami. Boshqa xarajatlar”» qatorida xarajatlar iqtisodiy
tasnifining 4-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo’yicha
mavjud kreditorlik qarzlar aks ettiriladi.
“Xarajatlar guruhlari bo’yicha jami” qatorida barcha 4 ta xarajat guruhlari
bo’yicha jami kreditorlik qarzlar aks ettiriladi.
“Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha bo’ladigan mablag’lar
yuzasidan hisob-kitoblar bo’yicha” qatorida tashkilotning ixtiyoriga vaqtin-
chalik tushgan va ma’lum shartlar bajarilgandan keyin qaytarilishi lozim bo’lgan
summalar hisobi bo’yicha yuzaga kelgan kreditorlik qarzlar aks ettiriladi.
Mazkur kreditorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl) va balans (1-
shakl)da aks ettirilgan 155-“Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha
bo’ladigan mablag’lar bo’yicha hisob-kitoblar” subschyotining hisobot davriga
mavjud kredit qoldig’iga mos bo’lishi lozim.
“To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha” qatorida
yuqoridagi xarajat guruhlari bo’yicha aks ettirishning imkoni bo’lmaydigan
quyidagi hisob-kitoblar natijasida yuzaga kelgan kreditorlik qarzlar aks
ettiriladi:
-
bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalarida (bolalar bog’chalari va
yaslilarda) saqlanganligi;
-
bolalarning musiqa va san’at maktablarida o’qitilganligi;
-
tarbiyalanuvchilarning maktab-internatlarda va boshqa ta’lim muassasalarida
saqlanganligi uchun ota-onalar bilan;
-
ish joyida ovqat bilan ta’minlanganligi uchun xodimlar va boshqa shu kabi
hisob-kitoblar.
Mazkur kreditorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl) va balans (1-
shakl)da aks ettirilgan 156 – “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-
kitoblar” subschyotining hisobot davriga mavjud kredit qoldi-g’iga mos bo’lishi
lozim.
“Budjetga to’lovlar bo’yicha budjet bilan hisob-kitoblar bo’yicha (1 va 4-
guruhda ko’rsatilganlaridan tashqari)” qatorida tashkilotlar tomo-nidan mahsulot
(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va realizatsiya qilishdan qonunchilikka muvofiq
budjetga hisoblangan va to’lanishi lozim bo’lgan soliq va boshqa majburiy
to’lovlar, shuningdek mazkur shaklning 1 va 4-guruhlarida aks ettirilmagan
boshqa budjet bilan hisob-kitoblar natijasida hisobot davriga yuzaga kelgan
kreditorlik qarzlar aks ettiriladi.
“Boshqa budjetdan tashqari jamg’armalar bilan hisob-kitoblar bo’yicha (1,
2 va 4-guruhda ko’rsatilganlaridan tashqari)” qatorida realizatsiya qilingan
mahsulotlar (ish, xizmatlar)ning haqiqiy hajmidan Pensiya jamg’armasiga
qonunchilikka muvofiq majburiy ajratmalari, shuningdek 1, 2 va 4-guruhlarida
aks ettirilmagan boshqa budjetdan tashqari jamg’armalar bilan hisob-kitoblar
bo’yicha kreditorlik qarzlar aks ettiriladi.
“Talabalar bilan to’lov-kontrakt mablag’lari yuzasidan hisob-kitoblar
bo’yicha” qatorida ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt mablag’larining
hisoblanishi va to’lanishi natijasida talabalar bilan hisob-kitoblar bo’yicha
yuzaga kelgan kreditorlik qarzlar aks ettiriladi. Mazkur kreditorlik qarzlar “Bosh
jurnal kitobi” (308-shakl) va balans (1-shakl)da aks ettirilgan 175 – “Talabalar
bilan boshqa hisob-kitoblar” subschyotining to’lov-kontrakt mablag’larini
hisoblanganiga nisbatan ortiqcha to’lanishi natijasida talabalar bilan hisob-
kitoblar natijasida yuzaga kelgan kreditorlik qarzlar qismi bo’yicha hisobot
davriga mavjud kredit qoldig’iga mos bo’lishi lozim.
“Yuqori va quyi tashkilotlar o’rtasidagi boshqa hisob-kitoblar bo’yicha”
qatorida yuqori mablag’ taqsimlovchilar bilan ularga qarashli bo’lgan
muassasalar o’rtasida xarajatlar smetasining ijrosi jarayonida vujudga keladigan
turli hisob-kitoblar, shuningdek markazlashgan tartibda berilgan moddiy
aktivlarga doir operatsiyalar bo’yicha yuzaga kelgan kreditorlik qarzlar aks
ettiriladi. Mazkur kreditorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl) va balans
(1-shakl)da aks ettirilgan 180-“Yuqori va quyi tashkilotlar o’rtasidagi boshqa
hisob-kitoblar” subschyotining hisobot davriga mavjud kredit qoldig’iga mos
bo’lishi lozim.
“Yuqoridagi aks ettirilganlardan tashqari boshqa hisob-kitoblar bo’yicha
kreditorlik qarzlar” qatorida yuqorida keltirilmagan boshqa kreditorlik qarzlar
aks ettiriladi.
“Hammasi” qatorida tashkilotning barcha mavjud kreditorlik qarzlari aks
ettiriladi.
“Jami qarzdorlik” ustuni bo’yicha tashkilotning budjet va budjetdan
tashqari mablag’lari hisobidan hisobot davriga mavjud debitorlik va kreditorlik
qarzlarning jami summasi ko’rsatiladi.
“Budjet hisobidan” ustunida budjet mablag’lari bo’yicha yuzaga kelgan
qarzdorlik ko’rsatiladi. “Budjetdan tashqari mablag’lar” ustunida esa, budjetdan
tashqari mablag’lari bo’yicha vujudga kelgan jami qarzdorlik summasi
ko’rsatiladi.
Agarda, yuzaga kelgan debitorlik qarzni budjet va budjetdan tashqari
mablag’lar hisobiga aniq ajratishning imkoni bo’lmasa, u holda ushbu debitorlik
qarz budjet mablag’lari bo’yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlari
summasidan oshmagan holda budjet mablag’lari hisobidan ko’rsatiladi.
Debitorlik qarzning qolgan (budjetdan oshgan) qismi budjetdan tashqari
mablag’lar hisobiga yoziladi.
Agarda, yuzaga kelgan kreditorlik qarzni budjet va budjetdan tashqari
mablag’lar hisobiga aniq ajratishning imkoni bo’lmasa, u holda ushbu
kreditorlik qarz budjet bo’yicha qoldiq limit mablag’i doirasida iqtisodiy
xarajatlar tasnifining tegishli moddasi bo’yicha budjet hisobidan ko’rsatiladi.
Kreditorlik qarzning qolgan (budjet limitidan oshgan) kismi budjetdan tashqari
mablag’lar hisobiga yoziladi.
“Shundan muddati o’tgan qarzdorlik – jami” ustunida “Jami qarzdorlik”
ustunida ko’rsatilgan qarzdorlikdan muddati o’tkazib yuborilgan, qonun
hujjatlarida belgilangan muddatlarda so’ndirilmagan qarzning umumiy
summasi, “Budjet hisobidan” ustunida budjet mablag’lari hisobiga vujudga
kelgan qismi, “Budjetdan tashqari mablag’lar hisobidan” ustunida esa, budjetdan
tashqari mablag’lari hisobiga vujudga kelgan qismi ko’rsatiladi.
“Shundan Respublika tashqarisida”» ustunida muddati o’tgan
qarzdorlikning O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi qismi
ko’rsatiladi.
“Izoh” ustunida qo’shimcha izohlar keltiriladi.
Zarurat tug’ilgan taqdirda tashkilotlarga hamda hisobot oluvchilarga
(tegishli moliya organlariga) ushbu hisobot shaklida hisobot oluvchilar
tomonidan qarzdorlik bo’yicha talab qilingan qo’shimcha ma’lumotlar olish
imkonini beruvchi qo’shimcha rekvizitlar qo’shish huquqi beriladi.
Dostları ilə paylaş: |