Budjet nazorati


-Boshqa budjetdan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

7-Boshqa budjetdan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot. 
Mazkur hisobot quyidagi budjetdan tashqari mablag’larining harakati 
to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun mo’ljallangan: 
-
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari 
Pensiya jamg’armasining ijtimoiy nafaqalarni to’lash uchun mablag’lari; 
-
o’tgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi; 
-
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan 
tushumlar; 
-
maktabdan tashqari muassasalarda bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan 
tushumlar (musiqa va san’at maktablari); 
-
xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo’yicha hisob-
kitoblardan tushadigan tushumlar; 
-
maktab-internatlar va litseylarda bolalarning ta’minoti uchun ota-onalardan 
tushumlar; 
-
ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirlik va idoralarning budjetdan 
tashqari jamg’armalari; 
-
umumta’lim muassasalarida darsliklar ijarasi to’lovidan tushgan budjetdan 
tashqari mablag’lar; 
-
kapital qo’yilma mablag’lari bo’yicha depozitlar; 
-
turg’un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan 
ovqatlanish uchun undiriladigan to’lovlar; 
-
boshqa ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to’lovi; 
-
budjet tashkilotlarining boshqa budjetdan tashqari mablag’lari; 
-
grantlar, insonparvarlik yordami va texnik ko’maklashish vositalari; 
-
kreditlar. 
Hisobotni tuzishdan oldin tashkilotlar quyidagilarni tekshiradilar: 
-
hisobot choragi mobaynidagi 
barcha 
mazkur budjetdan 
tashqari 
mablag’larining shakllanish manbalariga va sarflanishiga doir birlamchi 
hujjatlarning to’liqligini; 
-
hisob raqamlardan olingan ko’chirmalarni va boshqa tegishli hisob 
registrlarini. 
“Yil boshiga mablag’ qoldig’I” ustuni bo’yicha tashkilotlar hisobot 
shaklida keltirilgan barcha budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha hisobot 
yilining birinchi sanasiga bo’lgan mavjud qoldiq mablag’larni aks ettiradilar. 
“Hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar) – jami” ustunida hisobot 
shaklida keltirilgan barcha budjetdan tashqari mablag’larning turlari bo’yicha 
alohida holda hisobot davrida tashkilotning hisobvaraqlariga kelib tushgan 
tushumlar aks ettiriladi. 


“Xarajatlar yoyilmasi” bo’limi bo’yicha mazkur budjetdan tashqari 
mablag’lar hisobidan hisobot davrida amalga oshirilgan kassa va xarajatlarni 
xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajatlar moddasi, kichik moddasi va elementlari 
bo’yicha har bir budjetdan tashqari mablag’larning turlari bo’yicha alohida 
holda aks ettiradilar. 
Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot 
choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi. 

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin