Axborotnoma. Ko’p hollarda xizmat axborotlari tuziladi. Ular
informatsion, tashabbus asosida va hisobot shaklida bo’lishi mumkin.
Informatsion xizmat axborotnomalarida asosan taftish rejasiga amal qilinishi,
uni o’tkazish muddatlari chegaralariga rioya qilinishi va boshqa ma’lumotlar
keltiriladi.
Tashabbus asosidagi axborotnomalarni tuzishdan maqsad boshqaruv tizimini
ma’lum chora tadbirlarni amalga oshirishga yo’naltirishdan iborat. Bunday
ma’lumotnomalarda ko’rilishi kerak bo’lgan aniq chora tadbirlar ko’rsatiladi va
ularni echish yo’llari belgilanadi.
Hisobot shaklidagi axborotnomalar belgilangan va taklif etilgan vazifalarni
bajarilganligi xaqidagi ma’lumotlarni umumlashtiriladi.
2. Budjet tashkilotlarida tekshirish natijalarini moddalar bo’yicha rasmiylashtirish Smeta-shtat intizomini buzish. Quyidagilar smeta-shtat intizomini buzishdir:
noto’g’ri ma’lumotlar asosida va normativlarga nisbatan oshirib ko’rsatilgan
byudjetdan ajratiladigan mablag’larni xarajatlar smetasiga kiritish;
xodimlarning belgilab qo’yilgan cheklangan umumiy soniga, xodimlarning
toifalari o’rtasidagi o’zaro nisbat normativlariga, namunaviy shtat normativlariga
rioya etmaslik;
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalarini shakllantirish
va ulardan foydalanish tartibiga rioya etmaslik;
tarifikatsiya ro’yxatlarini tuzishning belgilangan tartibi va normativlariga
rioya etmaslik.
Byudjet hisobini va moliyaviy hisobotni yuritish tartibini buzish. Boshlang’ich hisob hujjatlarining mavjud emasligi, byudjet hisobi va
moliyaviy hisobot ma’lumotlarining boshlang’ich hisob hujjatlarining
ma’lumotlariga nomuvofiqligi, byudjet hisobi va moliyaviy hisobotlarda
operatsiyalar va mol-mulkning to’liq aks ettirilmaganligi byudjet hisobini va
moliyaviy hisobotni yuritish tartibini buzishdir.