Budjet nazorati



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Takrorlash
 
va
 
munozara
 
uchun
 
savollar
 
1.
Moliya organlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning me’yoriy-xuquqiy asoslarini aytib 
bering? 
2.
Moliya organlarida qo’llaniladigan birlamchi xujjatlari nimalardan iborat? 
3.
Moliya organlarida qo’llaniladigan hisob registrlari haqida nimalarni bilasiz? 
4.
Moliya organlarida qo’llaniladigan buxgalteriya schyotlari tasnifini tushuntirib bering? 
5.
Moliya organida buxgalteriya hisobini tashkil etish ma’suliyati kimga yuklatilgan? 
6.
Moliya organi bosh buxgalteri majburiyatlarini aytib bering? 


7.
Bosh buxgalterning xuquqlarini aytib bering? 
8.
Bosh buxgalterning javobgaligi nimalardan iborat? 
 


13-mavzu: Moliya organlarida byudjetlarni tuzish va tasdiqlashning nazorati 
Reja:
1.
Moliya organlarida byudjetlarni tuzish va tasdiqlash nazoratining asoslari 
2.
Davlat moliyaviy nazorati printsiplari, shakllari, turlari va usullari 
3.
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy 
nazorati 
4.
Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan 
amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati 
1.
 
Moliya organlarida byudjetlarni tuzish va tasdiqlash nazoratining 
asoslari
Davlat moliyaviy nazorati byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining 
moliyaviy nazorat ob’ektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish 
va unga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Davlat moliyaviy nazorati: 
respublika darajasida — O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetining, 
davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining va respublika byudjetidan 
moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg’armalarining 
shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan; 
mahalliy darajada — Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar 
va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, Qoraqalpog’iston Respublikasi 
byudjetidan, 
viloyatlar 
va 
Toshkent 
shahar 
mahalliy 
byudjetlaridan 
moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg’armalarining 
shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi. 
Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat 
moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan 
nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi. 


Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat moliyaviy nazoratini amalga 
oshirishga: 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining; 
davlat moliyaviy nazorat organiga byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari 
buzilganligi faktlari to’g’risida ma’lumotlar kelib tushgan hollarda davlat 
moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida yo’l qo’yiladi. 

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin