Budjet nazorati


 Budjet tashkilotlarida tekshiruv natijalarini umumlashtirish hamda



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
3. Budjet tashkilotlarida tekshiruv natijalarini umumlashtirish hamda 
rasmiylashtirish 


Budjet tashkilotlarida tekshirish natijalarini umumlashtirishda tekshirishni 
turi va xususiyati inobatga olinadi. Tekshirishni turiga binoan uning natijalari 
quyidagi shakllarda umumlashtirilishi mumkin: 
Umumuslubiy –
1.
taftish – dalolatnoma, axborotnoma; 
2.
audit –auditorlik xulosasi va auditorlik hisoboti; 
3.
tahlil – ma’umotnoma. 
Xajmiga binoan –
1.
to’la yoki qisman tekshirilganda-dalolatnoma yoki ma’lumotnoma; 
2.
kompleks tekshirilganda dalolatnoma; 
3.
aniq mavzu (ob’ekt) bo’yicha-ma’lumotnoma, xulosa yoki dalolatnoma; 
4.
tanlov asosida – dalolatnoma yoki tahliliy xulosa; 
Dalolatnoma.
Budjet tashkilotlarida asosiy tekshirish usuli – kompleks taftish 
hisoblanadi. Bunday tekshirish yuqori tashkilotlar tomonidan rejalashtiriladi va 
uning natijalari dalolatnoma yordamida rasmiylashtiriladi. Dalolatnomalar boshqa 
umumlashtiruvchi xujjatlardan farq qilib yuridik xujjat bo’lganligi tufayli ikki 
tomonlama, ya’ni taftish guruhi raxbari va tekshirilayotgan tashkilot raxbari hamda 
bosh hisobchi tomonidan imzolanadi. 
Tekshirilayotgan tashkilot raxbari va bosh hisobchisi tekshirish dalolatnomasi 
ma’lumotlariga e’tiroz bildirsa, u holda o’z e’tirozlarini yozma ravishda 
qonunchilikda belgilangan muddatda taqdim etib dalolatnomani imzolashi kerak. 
Tekshiruv jarayonida katta miqdorda aniqlangan kamomadlar yoki boshqa 
jinoiy xarakterga ega bo’lgan hato va kamchiliklar aniqlansa oraliq dalolatnomasi 
tuziladi hamda tekshirish belgilagan tashkilot qaroriga asosan huquqni himoya 
qilish organlariga oshiriladi. 
Tekshirilayotgan tashkilot raxbariyati aniqlangan hato va kamchiliklar 
bo’yicha taftish yakunlanishiga qadar ularni bartaraf qilish yuzasidan chora-
tadbirlar amalga oshirishi kerak. 
Tekshirish dalolatnomasi tuzilmasini shakllantirishda idoraviy yo’riqnomalar 
va tashkilotni tarmoq xususiyatlari inobatga olinadi. Dalolatnoma kirish va asosiy 
qismdan iborat bo’ladi. Dalolatnomaning kirish qismida taftishning xususiyati, 
dalolatnoma tuzilgan joy va sana, uni belgilagan tashkilot xaqida qisqacha izoh, 
taftish guruhining tarkibi, taftish davri, tekshirish ob’ekti xaqida qisqacha 
ma’lumot, tekshirilayotgan tashkilotda birinchi va ikkinchi imzo huquqiga ega 
bo’lgan shaxslar ko’rsatiladi. Bundan tashqari, kirish qismida kassa va bank 
operatsiyalaridan tashqari operatsiyalarni tanlab olib tekshirilganligi xaqidagi 
ma’lumot kiritilishi kerak. Albatta, tanlab olish shartlari tekshiruv guruhining 
raxbari tomonidan belgilanadi va amalga oshiriladi. 
Tekshirish natijalari bo’yicha tahliliy jadvallar, bir xil turdagi kamchiliklar 
bo’yicha jamlanma qaydnomalar, tushuntirish xatlari, schyotlar bo’yicha qoldiq 
qaydnomalari tuziladi va tekshirish dalolatnomasiga ilova qilinadi. Har bir ilova 
bo’yicha tekshirish dalolatnomasida izohlar keltirilishi shart. 
Tekshirish dalolatnomasiga barcha tushuntirishlar, schyotlar bo’yicha 
qoldiqlar qaydnomasi ochilgan holda bosh hisobchi va raxbar tomonidan 


imzolanib ilova qilinadi. Tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari 
moliyaviy hisobot ma’lumotlarining to’liqligi, to’g’riligi hamda o’z vaqtida 
taqdim qilinishi yuzasidan javobgardirlar. 
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan taftish dalolatnomasi natijalari 
barcha Mehnat jamoasi oldida muxokama qilinadi. Muxokama natijalari 
protakollashtiriladi va dalolatnomaga ilova qilinadi. Bu tuzilgan dalolatnoma 
realizatsiyasi jarayonining dastlabki qismi hisoblanadi. 
Dalolatnoma realizatsiyasining asosiy qismi taftish belgilagan tashkilot 
tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, ko’p hollarda taftish natijalari vazirlik, 
qo’mita va boshqarmalarning kollegiya majlislarida ko’rib chiqiladi va 
ma’muriy chora tadbirlar belgilanadi. 

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin