Bugdoy osimligi biologiya. Normetova. Sh



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/43
tarix03.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#124352
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
nt7Vbrbqbc12uKo8qWkr3ZgoL7teja2Z2vubbFS1

Favqulodda vaziyat – odamlar qurbon bo’lishi, ularning sog’lig’i yoki atrof 
tabiiy muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishi hamda 
odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo’lgan yoki 
olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida 
muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat. 
 
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish – 
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, 
vositalari tizimi, sa’y – harakatlari majmui. 
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish – oldindan o’tkazilib, favqulodda 
vaziyatlar ro’y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro’y 
bergan taqdirda esa odamlar sog’lig’ini saqlash, atrof tabiiy muhitga 
yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan 
tadbirlar kompleksi. 
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish - favqulodda vaziyatlar ro’y 
berganda o’tkazilib, odamlar hayoti va sog’lig’ini saqlash, atrof tabiiy muhitga 
yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek 
favqulodda vaziyatlar ro’y bergan zonalarni halqaga olib, xavfli omillar tasirini 


66 
tugatishga qaratilgan avariya – qutqaruv ishlari va kechiktirib bo’lmaydigan 
boshqa ishlar kompleksi. 
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida 
qo’yilgan dadil qadamlardan biri – avval Mudofaa vazirligi qoshida fuqaro 
muhofazasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining, so’ngra esa shu boshqarma 
negizida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi PF – 
1978 Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkil etilishi bo’ldi. 
Vazirlik faoliyat yurita boshlagandan so’ng aholi va hududlarni favqulodda 
vaziyatlardan muhofaza qilish sohasining huquqiy asosini tashkil etuvchi bir qator 
qonuni va qarorlar qabul qilindi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin