Issiqlik nasosli bug`latkichlar. Ayrim paytlarda texnologik sabablarga ko`ra, ko`p korpusli bug`latish qurilmalarini qo`llab bo`lmaydi. Masalan, yuqori temperaturalarga chidamsiz eritmalarning sifat ko`rsatkichlarini saqlab qolish uchun issiqlik nasosli, bir korpusli bug`latkichlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir. 14-rasmda bug`latkich 1 va oqimchali kompressor 2 dan iborat bir korpusli bug`latish qurilmasi keltirilgan.
Bunday qurilmalarda ikkilamchi bug` bosimi isituvchi bug` bosimigacha
injektorli kompressorda siqiladi. So`ng, siqilgan bug` siqish uchun bug`latkichga yo`naltiriladi. Demak, issiqlik nasosli bug`latish qurilmalarida ikkilamchi bug` temperaturasi isituvchi bug` temperaturasigacha ko`tariladi, ya’ni kompressorga sarflangan energiya, ikkilamchi bug` temperaturasini oshirishga ketadi.
Temperatura depressiyasi kichik bo`lgan eritmalarni bug`latish uchun issiqlik nasoslarini qo`llash juda o`rinli va ko`p korpusli bug`latish sxemalarida isituvchi bug`ni tejash imkonini beradi.
Issiqlik nasosiga sarflanadigan energiya miqdori isituvchi va ikkilamchi bug`lar to`yinish temperaturalari farqiga proporstionaldir. Shuning uchun, temperatura depressiyasi katta bo`lgan eritmalarni, ushbu usulda bug`latish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas.
Odatda, issiqlik nasosli bug`latish qurilmalari va erituvchining qaynash temperaturalarining farqi 5..15 °C bo`lgan hollarda qo`llash mumkin. Demak, eritmaning qaynash temperaturasi katta bo`lsa, ushbu usul ishlatilmaydi. Bunga sabab, ikkilamchi bug`ni isituvchi bug` bosimigacha siqish uchun ko`p energiya sarf bo`lishidir.
Texnologik qism
Biz 39% dan 61% gacha konsentratsiya oralig'ida qaynayotgan NaNO3 eritmasi muhitida barqaror bo'lgan strukturaviy materialni tanlaymiz. Bunday sharoitlarda issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsienti lst = 25,1 Vt / m˚K bo'lgan X17 markali po'lat mos keladi. Uning korroziya tezligi yiliga 0,1 mm dan kam.